Aleksandr Kovalyov

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Aleksandr Aleksandrovich Kovalyov (1986-yil 24-sentyabrda tugʻilgan) – Qozogʻistonda tugʻilgan oʻzbekistonlik professional futbolchi, soʻnggi marta Bekobodning „Metallurg“ jamoasida oʻynagan. U himoyachi sifatida oʻynagan.

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

Kovalyev 2010-yilning fevralida Bekobodning „Metalurg“ jamoasida ikki mavsum oʻtkazganidan soʻng „Bunyodkor“ bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi[1]. Kovalyev „Bunyodkor“ safida 2010-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida bir marta maydonga tushgan[2].

Kattalar darajasida u 18 yoshida Toshkentning „Lokomotiv“ jamoasi tarkibida oʻynagan. U Oʻzbekiston chempionatidagi ilk golini 2005-yilning 25-oktyabrida „Qizilqum“ darvozasiga kiritgan. „Lokomotiv“da bir mavsum oʻtkazganidan soʻng Samarqandning „Dinamo“siga oʻtdi, soʻngra „Nasaf“ va Bekobodning „Metallurg“ klublarida toʻp surdi. 2009-yilda Oʻzbekiston terma jamoasiga chaqirilgan, ammo maydonga tushmagan.[3]

2010-yilda u „Bunyodkor“ safida 7ta oʻyinda maydonga tushib, oʻsha mavsumda jamoa mamlakat chempioniga aylangan. Osiyo chempionlar ligasi bahslarida ham ishtirok etgan.

2011/12-yilgi mavsumda u „Enisey“ safida Rossiya birinchi divizionida oʻynagan, 24 ta oʻyinda ishtirok etgan[4]. Oʻzbekistonga qaytgach, sobiq jamoasi – „Metallurg“ (Bekobod)da oʻynadi. 2016-yildan beri u professional darajada oʻynamadi.

2016-yildan beri Kaliningrad viloyatida yashaydi. Oʻzbekiston oliy ligasida 170 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.

Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads