Ashkan Dejagah
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Seyed Ashkan Dejagah (forscha: سید اشكان دژآگه; 1986-yil 5-iyulda tugʻilgan) – eronlik professional futbolchi, yarim himoyachi[4][5][6].
2001 va 2009-yillar oraligʻida Germaniya yoshlar terma jamoasi sharafini himoya qilgan. 2009-yilda 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan. 2011-yildan Eron terma jamoasi sharafini himoya qila boshlagan. 2014-yilgi jahon chempionati, 2015-yilgi Osiyo kubogi va 2018-yilgi jahon chempionatining saralash bosqichlarida ishtirok etgan. 2015-yilda Dejagah Navad muxlislari tomonidan Eronning eng yaxshi chap qanot yarim himoyachisi deb topilgan.
Bundesliganing 2004—2005-yilgi mavsumida Hertha futbol klubi safida harakat qilgan. 2007-yilda Volfsburg safiga oʻtgan. 2008—2009-yilgi mavsumda Bundesligada gʻolib boʻlgan. 2012-yilda 2,5 million yevro evaziga Premyer-liganing Fulham klubi bilan 3 yillik shartnoma imzolagan.
Remove ads
Yoshligi
Dejagah Eronning Tehron shahrida tugʻilgan va bir yoshida Germaniyaning Berlin shahriga koʻchib oʻtgan[5]. 16 yoshida Germaniya fuqaroligini olgan[5].
Shaxsiy hayoti
Fulhamdagi faoliyati davomida Angliyaning London shahrida turmush oʻrtogʻi va qizlari bilan istiqomat qilgan[7]. Dejagahning bir qoʻlida Berlin, ikkinchi qoʻlida Tehron tasviri tushirilgan tatuirovkalar, boʻynida esa „Qayerdan ekanligingni hech qachon unutma「 degan ibora bor[5][7]. Uning rafiqasi ozarbayjonlik boʻlib, Bokuda tugʻilib oʻsgan[8].
Yutuqlari
VfL Volfsburg
- Bundesliga: 2008–09[9]
Traktor
- Hazfi kubogi: 2019–20
Germaniya U21
- 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionati : 2009[10]
Individual
- Osiyo kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2019[11]
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads