AFC Osiyo Kubogi 2015

From Wikipedia, the free encyclopedia

AFC Osiyo Kubogi 2015
Remove ads

AFC Osiyo kubogi 2015 Osiyo kubogining 16-musobaqasi hisoblanadi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan xalqaro futbol musobaqasi sifatida oʻtkazilib kelinadi. Avstraliya 2015-yilning 9-yanvardan 31-yanvargacha ilk bora bu turnirga mezbonlik qildi.[1] Avstraliya terma jamoasi finalda Janubiy Koreya terma jamoasini qoʻshimcha vaqtlarda 2-1 hisobida magʻlub etib, chempionat gʻolibi boʻldi va 2017-yilgi Rossiyada boʻlib oʻtadigan Konfederatsiyalar kubogida qatnashadigan boʻldi.

Qisqa faktlar Osiyo kubogi Avstraliya 2015 Asian cup Australia 2015, Umumiy maʼlumotlar ...
Thumb
AFC Osiyo kubogi 2015 musobaqasida qatnashuvchi davlatlar koʻrsatgan natijalari

Avstraliya 2011-yilning 5-yanvarida rasman musobaqaning mezboni deb eʼlon qilindi. Musobaqa oʻyinlari beshta shaharning (Brisben, Kanberra, Melburn, Nyukasl va Sidney) beshta turli oʻyingohlarida boʻlib oʻtdi. Bu musobaqaga Avstraaliya ilk bora mezbonlik qildi, hamda, ushbu musobaqa ilk bora Osiyo qitʼasidan tashqari boshqa qitʼada boʻlib oʻtdi. Mezbon sifatida, Avstraliya musobaqada bevosita ishtirok etdi, qolgan 15 jamoa (Yaponiya va Janubiy Koreyadan tashqari, chunki ular oʻtgan Osiyo kubogi sovrinlariga ega boʻlib, yoʻllanmalarni avvaldan qoʻlga kiritgan) 2013-yilning fevralidan 2014-yilning mart oyiga qadar boʻlib oʻtadigan va 44ta jamoa ishtirok etadigan saralash bosqichi orqali saralandi.

Remove ads

Mezbon davlatni tanlash

Avstraliya Mezbonlik huquqiga yagona davogar davlat edi va 2011-yil 5-yanvarda bu rasman tasdiqlandi.[2][3]

„Shuni maʼlum qilamizki, Avstraliya Futbol Federatsiyasining saʼy harakatlarini inobatga olgan holda, musobaqaga mezbonlik qilish ishtiyoqi balanligi va futbol infrastrukturasi rivojlanayotgan davlat sifatida, qadamba qadam mezbonlik qilish uchun oʻzida ishonchi oshib borishi va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi ham bunga rozilik bildirgani tufayli Avstraliya davlatini 2015-yilgi Osiyo kubogiga mezbonlik qilishga qodir davlat deb tan olamiz va men bundan bagʻoyatda xursandman「 degan edi OFK prezidenti, Muhammad bin Hammam[4]

Remove ads

Saralash

Thumb
  Musobaqa qatnashchilari
  Musobaqada qatnashmaydi

Osiyo kubogi 2011 AFC musobaqasining birinchi, ikkinchi va uchunchi oʻrinini olgan jamoalar va 2015-yilgi musobaqa mezboni final bosqichga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishgan. Mezbon jamoa 2011-yilgi musobaqada 2-oʻrinni olgani uchun, 4ta avtomatik oʻrin toʻlmadi.[5] Keyin AFC Chaqiruv kubogi shu boʻsh oʻrin uchun futboli rivojlanib kelayotgan uyishmalar oʻrtasida bellashuv oʻtkazib gʻolib jamoani final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri chiqish huquqini qoʻlga kiritadilar.

2012-yilgi va 2014-yilgi Osiyo chaqiruv kubogi gʻoliblari 2015-yilgi Osiyo kubogi final bosqichiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma olishadi.[6] Qolgan oʻrinlar Osiyo kubogiga saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoalar uchun boʻsh boʻlib qolmoqda. Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qaroriga koʻra 20 ta terma jamoa saralash bosqichiga jalb etildi va ular 4 tadan 5 ta guruhga boʻlindilar. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari hamda 5 ta guruh ichidagi eng yaxshi natijaga ega boʻlgan 1 ta 3-oʻrin final bosqichga yoʻllanma olishadi.[7]

Saralangan jamoalar

Quyidagi 16ta terma jamoalar musobaqaga saralandilar.

Batafsil maʼlumot Jamoa, Saralash usuli ...

Qalin raqamlarda yozilganligi oʻsha yili chempion boʻlganligini bildiradi.

Oxirgi qurʼa

Thumb
Qurʼa marasomi Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi.

Musobaqa uchun qurʼa tashlash 2014-yilning 26-martida Sidney opera teatrida boʻlib oʻtdi.[8] 16ta terma jamoalar guruh bosqichi uchun 4ta guruhlarga ajratildi.[9] Jamoalar 4ta savatchalarga 2014-yil mart oyidagi FIFA reytingida tutgan oʻrniga qarab taqsimlandi, Avstraliya mezbon sifatida avtomatik tarzda 1-savatchaning A1 pozitsiyasidan oʻrin egalladi.[10] Qurʼa vaqtida AFC Chaqiruv kubogi 2014 musobaqasi gʻolibi aniqlanmagan edi, shu bois uning oʻrni toʻgʻridan toʻgʻri 4-savatchaga joylandi.

Batafsil maʼlumot 1-savatcha, 2-savatcha ...
Remove ads

Maydonlar

Stadionlar

2015-yilgi Osiyo kubogi uchun 5 ta Sidney, Melburn, Brisben, Kanberra va Nyukasl mezbon shaharlar va 5 ta maydonlar[11] 2013-yilning 27-martida eʼlon qilindi.

Batafsil maʼlumot Sidney, Nyukasl ...

Chiptalar

Chiptalar Osiyo Futbol Konfederatsiyasi rasmiy veb-sayti orqali sotildi yoki 16ta finalchi jamoalar assotsiatsiyalari tomonidan taqsimlandi. 31ta oʻyinga 500,000 dona chiptalar sotuvga chiqarildi.[12] Musobaqa davomida 45,000 dan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurishi bashorat qilindi.[13] Chiptalar 15 dollardan (guruh oʻyinlarida darvozani orqa qismidagi oʻrindiqlar uchun) 150 dollargacha (final uchrashuvida asosiy oʻrindiqlar uchun) farq qiladi. Alohida oʻyin chiptalari bilan bir qatorda muhlislar bitta Maxsus oʻyingohda boʻlib oʻtadigan barcha oʻyinlarni tomosha qilish uchun paketlarni sotib olish huquqiga ega boʻldilar.[14]

Terma jamoa tayanch lagerlari

Oʻyinlar orasida har bir terma jamoa oʻz tayanch lagerlariga ega boʻlishadi. 27ta potensial joylarning ilk roʻyxatidan, milliy assotsiatsiyalar 2014-yilda oʻz joylarini tanlab olishgan edi.[15] Turnir davomida jamoalar oʻsha joylarda mashgʻulotlar oʻtkazishadi va yashashadi, oʻyinlarga oʻz joylaridan sayohat qilishadi.[16]

Batafsil maʼlumot Jamoa, Yetib kelish ...
Remove ads

Translyatsiya

Musobaqa oʻyinlari butun dunyoning 100 dan ortiq TV kanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.[18] 800,000,000 nafar,[12] hamda, TV orqali 2,5 milliard odamlar ushbu turnirni kuzatib borishi moʻljallangan.[19] Quyida ushbu musobaqani yoritish uchun litsenziyaga ega boʻlgan kanallar bilan tanishing.

Batafsil maʼlumot Hudud, Kanal ...
Remove ads

Koptok

2014-yil 1-oktabrda 2015-yilgi Osiyo kubogining oʻyin koptogi Nike Ordem 2 eʼlon qilindi. Koptok sirtida turnirning anʼanaviy ranglari tasvirlangan. Asosiy oq rangdagi toʻp sirti yaqqol qizil rangdagi grafik bezak va yaxshiroq koʻrinishi uchun sariq rangdagi hoshiyalar ham tasvirlangan. Shuningdek, koptokda musboaqa logotipi hamda Nike kompaniyasi emblemasi qora Swoosh tasvirlangan. Koptok toʻgʻri uchish, aniqlik va nazoratlarni inobatga olib yasalgan, hamda, Nike Aerowtrac oʻyiqlari va mikro-tekstura qoplamalari bilan ishlab chiqarilgan. Nike RaDaR (Rapid Decision and Response) koptokni tez uchishi uchun noyob grafik qatlamlardan foydalangan, optimal tegishi uchun 3 qatlamli sintetikadan yasalgan.[22]

Remove ads

Hakamlar

2015-yilning 1-yanvarida AFC musobaqaga yon hakamlar bilan birga 40ta hakamlarni, 3ta zahira hakamlarini va 4ta zahira hakamlarining assistentlarini chaqirdilar. Uchtadan tashkil topgan hakamlar brigadasi (bunday jamoalar 11ta) vatandoshlari bilan kelishgan: bitta asosiy hakam va ikkita yon hakamlari. Qolgan zahira hakamlari ham uchrashuvlarni boshqarishda asosiy hakamlarga koʻmaklashadilar.[23] Shuningdek, musobaqa oʻyinlarini Yangi Zelandiyadan hakamlar brigadasi boshqarib boradi, garchi, Yangi Zelandiya Okeaniya Futbol Federatsiyasi aʼzosi boʻlishiga qaramasdan.

Batafsil maʼlumot Hakamlar, Yon hakamlar ...
Batafsil maʼlumot Zahira hakamlari, Zahira hakamlari assistentlari ...
Remove ads

Tarkiblar

Har bir terma jamoa 2014-yilning 30-dekabriga qadar 23ta futbolchini (3tasi darvozabon) tanlab taqdim etishlari lozim boʻldi.[24]

Guruh bosqichi

Oʻyinlar jadvali 2013-yil 27-martda eʼlon qilingan.[11][25] Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari pley-off bosqichiga chiqadi.

Taybreyklar

Guruhdagi har bir jamoa quyidagicha reytinglanadi:

  1. guruhdagi barcha oʻyinlarda olingan ochkolar;
  2. guruhdagi barcha oʻyinlarda erishilgan toʻplar farqi;
  3. guruhdagi barcha oʻyinlarda kiritilgan gollar soni;

Agar ikki yoki undan ortiq terma jamoalar yuqoridagi asosiy 3 ta mezonlar boʻyicha teng kelsalar, unda ular yana mana bunday mezonlar boʻyicha saralanadi:

  1. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasida olingan ochkolar;
  2. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasidagi erishilgan toʻplar farqi;
  3. guruh bahslarida jamoalar oʻrtasida kiritilgan gollar soni;
  4. penaltilar seriasi agar ikki terma jamoa qatnashgan va har ikki jamoa maydonda boʻlgan taqdirda;
  5. guruh baxslarida olingan sariq va qizil kartochkalar soni;
  6. OFK Tashkiliy Qoʻmitasi tomonidan qur』a tashlash orqali;
Batafsil maʼlumot Guruh stoli uchun kalit ranglar ...

A guruhi

Batafsil maʼlumot Oʻrin, Oʻyn ...
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
(M) ?
9-yanvar 2015
Avstraliya 4-1 KuvaytMelburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
10-yanvar 2015
Janubiy Koreya 1-0 UmmonKanberra stadioni, Kanberra
13-yanvar 2015
Kuvayt 0-1 Janubiy KoreyaKanberra stadioni, Kanberra
Ummon 0-4 AvstraliyaAvstraliya stadioni, Sidney
17-yanvar 2015
Avstraliya 0-1 Janubiy KoreyaSuncorp stadioni, Brisben
Ummon 1-0 KuvaytNyukasl stadioni, Nyukasl

B guruhi

Batafsil maʼlumot Oʻrin, Oʻyn ...
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
10-yanvar 2015
Oʻzbekiston 1-0 Shimoliy KoreyaAvstraliya stadioni, Sidney
Saudiya Arabistoni 0-1 XitoySuncorp stadioni, Brisben
14-yanvar 2015
Shimoliy Koreya 1-4 Saudiya ArabistoniMelburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Xitoy 2-1 OʻzbekistonSuncorp stadioni, Brisben
18-yanvar 2015
Oʻzbekiston 3-1 Saudiya ArabistoniMelburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Xitoy 2-1 Shimoliy KoreyaKanberra stadioni, Kanberra

C guruhi

Batafsil maʼlumot Oʻrin, Oʻyn ...
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
11-yanvar 2015
Birlashgan Arab Amirliklari 1-0 QatarKanberra stadioni, Kanberra
Eron 2-0 BahraynMelburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
15-yanvar 2015
Bahrayn 1-2 Birlashgan Arab AmirliklariKanberra stadioni, Kanberra
Qatar 0-1 EronAvstraliya stadioni, Sidney
19-yanvar 2015
Eron 1-0 Birlashgan Arab AmirliklariSuncorp stadioni, Brisben
Qatar 1-2 BahraynAvstraliya stadioni, Sidney

D guruhi

Batafsil maʼlumot Oʻrin, Oʻyn ...
Manba: Asian Cup Australia 2015
Klassifikatsiya qoidasi: Taybreyklar
12-yanvar 2015
Yaponiya 4-0 FalastinNyukasl stadioni, Nyukasl
Iordaniya 0-1 IroqSuncorp stadioni, Brisben
16-yanvar 2015
Falastin 1-5 IordaniyaMelburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Iroq 0-1 YaponiyaSuncorp stadioni, Brisben
20-yanvar 2015
Yaponiya 2-0 IordaniyaMelburn toʻrtburchakli stadioni, Melburn
Iroq 2-0 FalastinKanberra stadioni, Kanberra
Remove ads

Pley-off bosqichi

Agar lozim boʻlib qolsa, pley-off bosqichida gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha vaqt va penaltilar seriyasini amalga oshirishi mumkin.

Chorak final Yarim final Final
                   
22-yanvar – Melburn        
  Janubiy Koreya (q.v)  2
26-yanvar – Sidney
  Oʻzbekiston  0  
  Janubiy Koreya  2
23-yanvar – Sidney
    Iroq  0  
  Eron  3 (6)
31-yanvar – Sidney
  Iroq (pen.)  3 (7)  
  Janubiy Koreya  1
22-yanvar – Brisben
    Avstraliya (q.v)  2
  Xitoy  0
27-yanvar – Nyukasl
  Avstraliya  2  
  Avstraliya  2 3-oʻrin uchun
23-yanvar – Kanberra
    Birlashgan Arab Amirliklari  0  
  Yaponiya  1 (4)   Iroq  2
  Birlashgan Arab Amirliklari (pen.)  1 (5)     Birlashgan Arab Amirliklari  3
30-yanvar – Nyukasl

Chorak final

Batafsil maʼlumot Janubiy Koreya, 2-0 (Q.v) ...
Muxlislar soni: 23,381
Bosh hakam: Fahad Al-Mirdasi (Saudiya Arabistoni)

Batafsil maʼlumot Xitoy, 0-2 ...
Muxlislar soni: 46,067
Bosh hakam: Kim Jong-hyeok (Janubiy Koreya)

Batafsil maʼlumot Eron, 3-3 (Q.v) ...
Muxlislar soni: 18,921
Bosh hakam: Ben Williams (Avstraliya)

Batafsil maʼlumot Yaponiya, 1-1 (Q.v) ...
Muxlislar soni: 19,094
Bosh hakam: Alireza Faghani (Eron)

Yarim final

Batafsil maʼlumot Janubiy Koreya, 2-0 ...
Muxlislar soni: 36,053
Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya)

Batafsil maʼlumot Avstraliya, 2-0 ...
Muxlislar soni: 21,079

Uchinchi oʻrin uchun

Batafsil maʼlumot Iroq, 2-3 ...
Muxlislar soni: 12,829
Bosh hakam: Nawaf Shukralla (Bahrayn)

Final

Batafsil maʼlumot Janubiy Koreya, 1-2 (Q.v) ...
Muxlislar soni: 76,385
Bosh hakam: Alireza Faghani (Eron)
Remove ads

Statistikalar

Toʻpurarlar

5 gol
  •  UAE Ali Mabkhout
4 gol
3 gol
2 gol
1 gol
1 avtogol

Gol assistentlari

4ta golga assistentlar
  • Avstraliya Massimo Luongo
  • Birlashgan Arab Amirliklari Omar Abdulrahman
3ta golga assistentlar
  •  BHR Faouzi Aaish
  • Eron Andranik Teymourian
2ta golga assistentlar
  • Avstraliya Ivan Franjic
  • Iroq Alaa Abdul-Zahra
  • Yaponiya Shinji Kagawa
  • Iordaniya Abdallah Deeb
  • Janubiy Koreya Cha Du-ri
  • Janubiy Koreya Kim Jin-su
  • Birlashgan Arab Amirliklari Amer Abdulrahman
1ta golga assistentlar

Sovrinlar

Oltin Butsa
  •  UAE Ali Mabkhout
Oltin Qoʻlqop
Turnirning eng yaxshi oʻyinchisi
  •  AUS Massimo Luongo
Halol oʻynagan jamoa

Musobaqada jamoalar erishgan reyting

Futbol statistikasi taomiliga muvofiq, qoʻshimcha vaqtdagi uchrashuvlarda gʻolib va magʻlub jamoalar deya hisoblanadi, penaltilar seriyasiga yetib borgan boʻlsa durang deya hisoblanadi.

Batafsil maʼlumot Oʻrin, Jamoa ...
Remove ads

Rekordlar

Ushbu Osiyo kubogida 26ta uchrashuvda durang natija qayd etilmadi va eng yirik futbol turnirlari orasida rekord oʻrnatdi, bundan oldin Urugvayda boʻlib oʻtgan 1930-yilgi jahon chempionatida 18ta oʻyinda durang qayd etilmagan edi va ushbu rekordni yangiladi.[26]

Ali Mabkhout Osiyo kubogi tarixida eng tez gol urgan futbolchi sifatida rekord oʻrnatdi, Birlashgan Arab Amirliklarining guruh bosqichida Bahraynga qarshi kechgan uchrashuvida, ushbu futbolchi oʻyinning 14-sonyasida gol urdi.[27]

Falastin terma jamoasi ilk bora Osiyo kubogi musobaqasida ishtirok etdi va guruh bosqichining 2-turida Iordaniya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda Jaka Ihbeishehning goli Falastinning Osiyo kubogi musobaqsida ilk goli boʻlib tarixda qoldi.

Avstraliya terma jamoasi erkaklar futbol terma jamoalar oʻrtasidagi ikkita konfederatsiya chempioniga aylangan ilk terma jamoa boʻldi, bundan oldin AFCga oʻtishdan oldin Avstraliya OFCning 4 karra chempioni boʻlgan .[28] Tim Cahill va Mark Bresciano ikkita konfederatsiya gʻolibiga aylangan birinchi erkak futbolchilar boʻldi, bundan oldin ular OFC Millatlar kubogi 2004 gʻolibi boʻlishgan edi.[29] Bu gʻalabadan keyin Avstraliya ham AFC Osiyo kubogini, AFC Chempionlar ligasi 2014 musobaqasida Western Sydney Wanderers futbol klubi chempion boʻlgandan keyin, ham AFC Chempionlar ligasi gʻolibligini bir vaqtning oʻzida qoʻlga kiritgan ilk terma jamoa boʻldi.[30][31]

Remove ads

Marketing

Musobaqa sovrini sayohati

Sovrinning sayohati 2014-yil sentabr oyida Xitoydan boshlandi, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Janubiy Koreya va Yaponiyadan keyin Avstraliyaga 2014-yilning dekabr oyida yetib keldi va beshta mezbon shaharda ham boʻldi. [32]

Ochilish marisomi

Thumb
Osiyo kubogi ochilish marosimi

Musobaqaning ilk oʻyini Avstraliya va Quvayt oʻrtasidagi uchrashuvdan oldin 9-yanvarda Melburn toʻrtburchakli stadionida ochilish marosimi boʻlib oʻtadi.[33] Ochilish marosimi sport musobaqa ustalari konsortsiumi Twenty3 Sports + Entertainment va ijodiy texnologiyalar firmasi Spinifex Group tomonidan tashkillashtiriladi. Usbu konsortsium bundan oldin bir qancha yirik xalqaro sport musobaqalarida ishlashgan, jumladan, Qishki Olimpiya oʻyinlari 2010 va Yozgi Olimpiya oʻyinlari 2008 musobaqalari ochilish marosimlarini tashkillashtirgan.[34] Musobaqa ochilish marosimida Avstraliya di-jeyi, xonanda va raqqosasi Havana Brown, Avstraliya hindu-pop guruhi Sheppard, Avstraliya aborigenlar xonandasi Geoffrey Gurrumul Yunupingu, hamda, Avstraliya hip-hop artistlari L-Fresh The Lion, Joelistics va Mistress of Ceremony ishtirok etishadi.[35][36] Shuningdek, mahalliy yoshlar futbol klublaridan 80ta bolalar va 120ta Avstraliyalik raqqosalar, akrobatlar, Avstraliya aborigenlari chiqishlari hamda futbol fristayllari ishtirok etiashadi.[37]

Logotip va ramz

Thumb
Vombat musobaqa ramzi

Ushbu musobaqaning rasmiy logotipi 2012-yili oktabr oyida Melurnda boʻlib oʻtgan maxsus tadbirda ommaga eʼlon qilindi. Logotip Sidney agentligi WiteKite tomonidan ishlab chiqilgan.[38] Logotipda oʻzgacha shakl bilan chizilgan futbolchi koptokni Avstraliya gʻarbiy qirgʻogʻidan butun mamlakat boʻylab Osiyo tomonga tepayotgani tasvirlangan. Koptok, shuningdek, Avstraliyadan Osiyoga yoyilgan Avstraliyaning yozgi quyoshini aks ettirgan. Toʻrtta sariq rangdagi lentalar Avstraliya haritasi shaklini hamda 4ta mezbon shaharni ifodalaydi. Loyiha AFC tomonidan qabul qilingan.[39]

Musobaqa ramzi vombat (hayvon turi) 2014-yil 11-noyabrda Wild Life Sydney zooparkida ommaga taqdim etildi.[40]

Homiylar

Quyida koʻrib turganingizdek, AFC oʻnta rasmiy homiylarni va oltita rasmiy yoqlovchilarni eʼlon qildi.

Batafsil maʼlumot Rasmiy homiylar, Rasmiy yoqlovchilar ...

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads