Avengers: Endgame

2019-yilda chiqarilgan film From Wikipedia, the free encyclopedia

Avengers: Endgame
Remove ads

Avengers: Endgame“ (oʻzbekcha manbalarda „Qasoskorlar: Intiho“ oʻlaroq maʼlum[1][7]) — 2019-yilda chiqarilgan superqahramonlik filmi; „Marvel kinematografiya koinoti“ (MKK) mediafranshizasidagi yigirma ikkinchi film[8]; „Avengers: Infinity War“ (2018) filmining mantiqiy davomi. Marvel Comics komikslaridagi ayni nomli superqahramonlar jamoasiga asoslangan. Marvel Studios tomonidan ishlangan, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan esa tarqatilgan. Filmga Anthony va Joe Russolar rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Christopher Markus va Stephen McFeely yozgan. Bosh rollarni Robert Downey Jr., Chris Evans, Mark Ruffalo, Chris Hemsworth, Scarlett Johansson, Jeremy Renner, Don Cheadle, Paul Rudd, Brie Larson, Karen Gillan, Danai Gurira, Benedict Wong, Jon Favreau, Bradley Cooper, Gwyneth Paltrow va Josh Brolin ijro etgan.

Qisqa faktlar Rejissyor(lar), Prodyuser(lar) ...

Film premyerasi 2019-yilning 22-aprelida Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan. 2019-yilning 26-aprelidan AQSh, 29-aprelidan esa Oʻzbekiston kinoteatrlarida namoyish etila boshlagan. Umumjahon boʻylab kinoprokatlarda $2,799 milliard mablagʻ toʻplab, tarixdagi eng kassabop filmga aylangan (2019-yilning iyulidan 2021-yilning martigacha). Filmning sikvellari — „Avengers: Doomsday“ va „Avengers: Secret Wars“ mos ravishda 2026- va 2027-yilda chiqarilishi rejalashtirilgan.

Remove ads

Rollarda

Oʻzbekcha dublyaj

  • Tarjimon: Davron Abdullayev
  • Rejissyor va ovoz rejissyori: Jamshid Tangliberdiyev
  • Rejissyor yordamchisi: Raʼno Suyunova
  • Montaj ustasi: Hamidulla Latipov
  • Texnik xodim: Muhammadli Rashidov
  • Bekzod Muhammadkarimov
  • Hoshim Arslonov
  • Muhammadjon Xoʻjayev
  • Elbek Mirzohidov
  • Zulximor Moʻminova
Remove ads

Musiqasi

Batafsil maʼlumot №, Nomi ...
Batafsil maʼlumot №, Nomi ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads