Azizbek Haydarov

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Azizbek Saidrahimovich Haydarov (1985-yilning 8-iyulida tugʻilgan) – Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasining sobiq yarim himoyachisi.

Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Haydarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Toʻliq ismi ...
Remove ads

Futbolchilik faoliyati

Futbol faoliyatida birinchi klub jamoasi Lokomotiv Toshkent. Ushbu jamoada Azizbek Haydarov 2005-2007 yillarda oʻynab kelgan.

Klub

Professional faoliyatini 2004-yilda Toshkentning „Lokomotiv「 klubida boshlagan. 2007—2011-yillar va 2018-yilda Toshkentning „Bunyodkor「 jamoasida oʻynagan[1]. 2011-yilning 26-iyulida u BAAning Al-Shabab klubi bilan shartnoma imzoladi va 2017-yilgi mavsumgacha BAA jamoasida oʻynagan[2]. 2017—2018-yillarda BAAning boshqa bir jamoasi „Ajman「 klubida toʻp surgan[3].

2019-yilgi mavsumda Toshkentning „Lokomotiv「 jamoasi bilan shartnoma imzoladi va yarim mavsumdan soʻng futbolchilik faoliyatini yakunlagan[4].

Xalqaro faoliyati

U Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasida oʻynagan va uning sardori boʻlgan.

U 2007-yilda Oʻzbekiston terma jamoasida debyut qilgan. U Osiyo Kubogining uchta final turnirida qatnashgan – 2007-yilda (uchta oʻyinda ishtirok etgan), 2011-yilda (oʻz jamoasining barcha oltita oʻyinida maydonga tushib, yarim finalchiga aylangan) va 2015-yilda (toʻrtta oʻyinda ham ishtirok etgan).

Haydarov 2007-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida 67 ta oʻyinda maydonga tushdi (2015-yil 31-mart holatiga koʻra), shu jumladan, 2010-yyilgi futbol boʻyicha Jahon chempionati saralash bosqichidagi 6 ta oʻyinda.[5][6]

U 2007-yilda Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi sardori boʻlgan. Haydarov Oʻzbekiston terma jamoasi safida 2011-yilgi Osiyo kubogi guruh bosqichida Quvaytga qarshi oʻyinda gol urgan. Gol baʼzan Maksim Shatskix hisobiga yoziladi, uning jarima zarbasini Haydarov 2:1 hisobida gʻalaba qozonish uchun Quvayt darvozasiga yoʻlladi.

Remove ads

Futboldan keyingi faoliyati

2019-yildan 2021-yilgacha OʻFA terma jamoalar markazi boshligʻi sifatida faoliyat olib bordi[7][8]. 2022-yilgi mavsumda „Bunyodkor「 klubi akademiyasi bosh direktori sifatida tayinlandi[9][10].

Terma jamoa uchun gollar

Xalqaro gollar

Olingan ballar va natijalar birinchi navbatda Oʻzbekistonning gollari roʻyxatini koʻrsatadi.
Batafsil maʼlumot №, Sana ...

Yutuqlar

  • Oʻzbekiston chempioni (3): 2008, 2009, 2010
  • Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2007
  • Oʻzbekiston kubogi sohibi : 2008, 2010
  • Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2007, 2009

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads