Brazzers
From Wikipedia, the free encyclopedia
Brazzers (/ ˈ b r æ z ər z /, kompaniya nomi: MG Premium Ltd.) — Kanadaning Monreal, Kvebek shahrida tashkil qilingan pornografik videolar ishlab chiqaruvchi kompaniya. Xozirda kompaniya ofisi aynan shu shaharda joylashgan. Kompaniya shiori „World’s Best HD Porn Site!「[2]. Saytda 2020-yil dekabr xolatiga koʻra 10 036 ta video mavjud boʻlib, ular 33 ta turli xil saytlar tomonidan yuklangan. 2022-yil dekabr oyi holatiga saytlar tarmogʻida 2340 ta porno yulduz (pornoaktrisa va pornoaktyor) lar mavjud bo'lgan[2].
![]() | |
Turi | Pornografik kompaniya va pornografik sayt |
---|---|
Tarmogʻi | Pornografiya |
Egasi | Aylo |
Qachon asos solingan |
22-iyun, 2005-yil Montreal, Quebec[1] |
Hududiy xizmati | Dunyo bo'ylab |
Rahbariyat | Fabian Thylmann |
Mahsulot(lar)i | Pornografik filmlar |
Tarixi
Kompaniya 2005-yilda Monreal investorlari guruhi tomonidan Brazzers Mansef korporativ nomi ostida tashkil etilgan va pornografik saytlarning katta guruhiga kirgan. 2010-yilda Mansef kompaniyani Fabian Tilmanga sotdi va kompaniya nomi Manwin Inc. nomiga oʻzgartirildi[3][4]. 2012-yil dekabr oyida Thylmann soliq toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda gumonlanib Belgiyadan Germaniyaga ekstraditsiya qilindi[5]. 2013-yil oktyabr oyida Thylmann Manwinning aktivlarini, jumladan Brazzers kompaniyasini MindGeek ichki boshqaruv guruhiga sotgan[6]. 2014-yilda Brazzers oʻzining 10 yilligini Nyu-Yorkdagi Times Squareda bilboard yordamida nishonlagan. 2016-yil sentyabr oyida Vigilante Brazzers veb-saytining ma』lumotlar bazasi buzilganligi haqida xabar bergan, bu sayt 2013-yil aprel oyida buzib kirilganidan keyin deyarli 1 million foydalanuvchiga ta’sir qilgan.[7][8][9][10][11].
Logotipi
Brazzers logotipi bir necha marta oʻzgargan, ammo sariq va qora ranglar saqlanib qolgan va brending uchun qoʻshaloq z harflariga urgʻu berilgan[12].
Reytingi
2021-yil iyul holatiga koʻra, Brazzers.com saytida Alexa trafik reytingida 3,576 chi oʻrinda turgan[13].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.