Django

From Wikipedia, the free encyclopedia

Django
Remove ads

Django[4] veb-ilovalar yaratishda ishlatiladigan erkin va ochiq kodli veb-freymvorkdir[5][6]. Python dasturlash tilida yozilgan. 2003-yilda Adrian Holovaty va Simon Willison tomonidan yaratilgan. Loyiha Django Software Foundation [en] nodavlat tashkiloti tomonidan qoʻllab-quvvatlanadi.

Qisqa faktlar Muallif, Ishlab chiquvchi ...

PBS,[7] Instagram,[8] Mozilla,[9] The Washington Times,[10] Disqus,[11] Bitbucket[12] va Nextdoor[13] kabi saytlar Djangodan foydalanadi.

Remove ads

Djangoning yaratuvchilari

  • Russell Keith-Magee
  • Adrian Holovaty
  • Simon Willison
  • Jacob Kaplan-Moss
  • Wilson Miner

Django soʻzining oʻzi esa fransuz jaz musiqachisi Django Reinhardt sharafiga qoʻyilgan. Uning asl ismi Jean Reinhardt boʻlib, taxallusi Django boʻlgan. Bu soʻz sigan tilida „men uygʻondim「 degan maʼnoni anglatadi.

Django backend vositasi sifatida

Maʼlumki, web-saytlar yaratish bir necha bosqichdan iborat boʻlgan murakkab jarayon boʻlib, turli xil dasturiy vositalarni talab qiladi. Eng avval yaratilajak saytning dizayni yaratiladi. Bunda dizayner photoshop dasturini ishlatib, saytning maketini ishlaydi. Keyin esa frontend mutaxassisi ushbu saytning html kodini yozadi, turli vizual effektlar beradi. Kerakli sahifalar va tugmalarni yaratadi. Shundan soʻng estafeta tayoqchasini backend mutaxassisi oladi. U server va foydalanuvchi oʻrtasidagi muloqotni hamda ma'lumotlar bazasi ishini yoʻlga qoʻyadi. Aynan mana shu bosqichda djangoning yordamidan foydalanishimiz mumkin. Yaʼni server bilan aloqani yoʻlga qoʻyish, maʼlumotlar bazasidan kerakli maʼlumotni chiqarish yoki biron maʼlumotni bazaga kiritish kabi vazifalarni bajaradi.

Djangoni kompyuterga oʻrnatish

Django ni oʻrnatish uchun, kompyuterga birinchi navbatda python oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Shundan soʻng quyidagi buyruq orqali django oʻrnatiladi:

pip install django

Shundan soʻng, bemalol yangi loyiha yaratishni boshlash mumkin. Buning uchun, quyidagi buyruqdan foydalanamiz:

django-admin startproject ''proyekt nomi''

Shunda proyekt nomi nomli papka avtommatik tarzda yaratiladi. Uning ichida manage.py fayli va proyekt nomi deb nomlangan yana bitta papka hosil boʻladi. Aynan manage.py fayli django bilan ishlashda eng muhim fayl hisoblanadi. U orqali eng muhim buyruqlar bajariladi. Masalan, yaratgan proyektimizni ishga tushirib koʻraylik. Buning uchun

cd proyekt-nomi

buyrugʻini berib, kerakli papkaning ichiga kiramiz. Shundan soʻng, manage.py faylini ishga tushiramiz:

python manage.py runserver
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads