Farrux Sayfiyev
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Farruh Karimovich Sayfiyev (ruscha: Сайфиев, Фаррух Каримович1991-yili 17-yanvar, Samarqand[1]) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Fargʻonaning „Neftchi“ f
Remove ads
Faoliyati
Farruh Sayfiyev professional futboldagi ilk faoliyatini 2012-yili Qarshining Nasaf klubida boshlagan. U ushbu klubdagi dastlabki birinchi mavsumida faqat bir marta maydonga tushdi. Keyingi mavsumda esa 16 ta oʻyinda maydonga tushib jamoasi sharafini himoya qilib, raqiblar darvozasini 2 marta ishgʻol qildi[2][3]. 2014-yilgi mavsumda esa u jamoaning asosiy tarkibidan oʻrin oladigan boʻldi va 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta golga mualliflik qildi. Nasafdagi ushbu muvafaqqiyatlaridan keyin u terma jamoa murabbiyini eʼtiboriga tushgan. 2017-yilgi mavsumda eng yaxshi qanot himoyachilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan[4].
2017-yil 27-dekabr „Paxtakor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi va 2018-yildan Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi futbolchisig aylandi[5]. „Paxtakor“ jamoasi tarkibida 6 mavsum davomida oʻynadi va 5 marta Oʻzbekiston Sperligasi chempioniga aylandi. Bu davrda „Paxtakor“ klubida 190 dan oshiq oʻyin oʻtkazdi va 11 ta gol muallifiga aylandi. 2022 va 2023-yilgi Oʻzbekiston Superligasi oʻyinalarida eng koʻp assist amalga oshirgan futbolchilardan biri boʻlgan[6][7].
2024-yil 30-yanvarda Namanganning „Navbahor“ jamosiga oʻtganligi eʼlon qilingan[8].
Remove ads
Terma jamoadagi faoliyati
U Oʻzbekiston olimpiya futbol terma jamoasi safida oʻynagan, misol uchun, 2014-yilgi Osiyo oʻyinlarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.
Terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2014-yili 20-avgustda Ozarbayjon terma jamoasi bilan boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan[9][10].
Terma jamoa murabbiyi Mirjalol Qosimov 2015-yilgi Osiyo kubogida qatnashgan milliy terma jamoa safiga uni ham qoʻshdi, ammo, u musobaqada Farruh Sayfiyev bironta ham oʻyinda maydonga tushmagan[11].
Milliy terma jamoadag statistikasi
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
Remove ads
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempionati chempioni: (5) 2019, 2020, 2021, 2022, 2023
Oʻzbekiston chempionati 2-oʻrini: 2017, 2018
Oʻzbekiston chempionati 3-oʻrini: 2013, 2014, 2015, 2016[12], 2024
Oʻzbekiston Kubogi sohibi: (3) 2015, 2019, 2020
Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2012, 2013, 2016, 2018, 2021, 2024
Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (3) 2016, 2021, 2022
Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi: 2019
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[13].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads