Heartless

The Weekndning 2019-yilgi singli From Wikipedia, the free encyclopedia

Heartless
Remove ads

„Heartless「 – kanadalik qoʻshiqchi The Weekndning qoʻshigʻi. U 2019-yil 27-noyabrda XO va Republic Records orqali ijodkorning toʻrtinchi studiyaviy albomi, After Hours (2020) ning bosh singli sifatida chiqarildi[3][4][5]. The Weeknd qoʻshiqni Metro Boomin, Illangelo va Dre Moon bilan birgalikda yozgan va ishlab chiqargan[6][7]. Trek electroclash elementlari bilan boyitilgan R&B va trap qoʻshiq hisoblanadi.

Qisqa faktlar The Weeknd singli, After Hours albomidan ...

„Heartless「 tanqidchilarning olqishlariga sazovor boʻldi, ular qoʻshiqni ishlab chiqarilishi, jozibador musiqasi va The Weekndning ovozini alohida maqtashdi. U Canadian Hot 100 roʻyxatida uchinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiq AQShning Billboard Hot 100 reytingida birinchi oʻrinni egallab, The Weekndning chartdagi toʻrtinchi yetakchi qoʻshigʻiga aylandi, shuningdek, 28 ta boshqa mamlakatlardagi chartlarda ham eng yuqori pogʻonadan joy oldi. Amerikalik reper Lil Uzi Vert ishtirokidagi qoʻshiqning vaporwave remiksi 2020-yil 23-martda albomning deluxe nashri bilan birga chiqarildi[8]. 2020-yil 3-aprelda taqdim etilgan remikslar mini-albomining tarkibida Lil Uzi Vert remiksining kengaytirilgan va oddiy versiyasi bor edi[9].

Remove ads

Tarixi va chiqarilishi

The Weeknd birinchi marta 2018-yilning noyabr oyida oʻz chiqishi paytida tomoshabinlarga „Chapter VI was coming soon「 („Tez orada VI bob chiqadi「) deb yangi albom ustida ishlayotganiga shama qilgan edi[10]. 2019-yil davomida chiqarilgan uchta hamkorlikdagi singldan soʻng, u 6-avgust kuni muxlislarini oʻzining toʻrtinchi studiyaviy albomi ustida ishlayotganiga ishontirdi[11]. Keyin, bir muddat sukutdan soʻng, 24-noyabr kuni Mercedes-Benz reklamasida „Blinding Lights「 qoʻshigʻi namoyish etildi[12], bir kun oʻtib „Heartless「 haqidagi xabarlar[13] va uning muqovasi paydo boʻldi[14]. Qoʻshiq premyerasi 2019-yil 27-noyabrda The Weekndning Beats 1 radiosidagi Memento Mori radioshousining yettinchi qismida boʻlib oʻtdi[15]. CR Men nashriga bergan intervyusida The Weeknd „Heartless「 qoʻshigʻi 2018-yilgi My Dear Melancholy mini-albomi chiqqandan keyin „After Hours「 uchun yozilgan birinchi qoʻshiq ekanligini aytib oʻtdi[16].

Remove ads

Matni

"Heartless" qoʻshigʻi matniga koʻra, The Weeknd avvalgi munosabatlaridan hafsalasi pir boʻlganidan soʻng oʻzining maishat va kayf-u safoga berilgan turmush tarziga qaytadi. Butun qoʻshiq davomida u oʻzini buzuqlikka berilib, giyohvandlik va spirtli ichimliklarga haddan tashqari koʻp isteʼmol qiladigan „yuraksiz「 odam sifatida tasvirlaydi[17][18]. Qoʻshiq naqarotida The Weekndning amerikalik reper Future bilan hamkorlikdagi „Low Life「 qoʻshigʻiga ishora qiladigan soʻzlar mavjud: „Low life for life 'cause I'm heartless「[19].

Remove ads

Tanqidiy qabul

Qoʻshiq tanqidchilarning olqishiga sazovor boʻldi. Koʻpchilik uning ishlab chiqarilishi, jozibadorligi va The Weekndning ovozini maqtashdi. Complex trekni 2019-yilning eng yaxshi 39-qoʻshigʻi deb topdi. Singlning roʻyxatdagi oʻrni eʼlon qilingan bayonotda Jessica McKinney qoʻshiqning ishlab chiqarilishi va oʻziga xos muhitini yuqori baholadi[20]. 2020-yil 6-mart kuni Entertainment Weekly „Heartless「ni The Weekndning 11-eng yaxshi singli deb topdi va „qoʻshiqning har bir qismi ajoyib「 ekanligini taʼkidladi[21].

Mukofotlar

Batafsil maʼlumot Yil, Mukofot ...

Tijoriy koʻrsatkichlar

"Heartless" 2019-yil 7-dekabrdagi Billboard Hot 100 roʻyxatida 32-oʻrindan joy oldi va haftaning eng yuqori oʻrin bilan kirib kelgan singliga aylandi[24]. Keyingi haftada u 31 pogʻonaga koʻtarilib, chartda birinchi oʻrinni egalladi va The Weekndning Qoʻshma Shtatlarda ushbu chartda toʻrtinchi marta birinchi oʻrinni egallashiga sababchi boʻldi[25]. Rojdestvo qoʻshiqlari 2019-yil 21-dekabrdagi sonida chartning yuqori pogʻonalariga koʻtarilgani sababli „Heartless「 16 pogʻona pastlab 17-oʻringa tushib ketdi. Bu 61 yillik chart tarixidagi birinchi oʻrindan eng koʻp oʻrin yoʻqotish boʻldi[a]. Keyinchalik qoʻshiq 2020-yil 4-apreldagi chartda After Hours chiqqandan soʻng birinchi oʻntalikka (toʻrtinchi oʻrinda) qaytdi[28]. 2022-yil 5-aprelda „Heartless「 AQShda ikki million nusxada sotilganligi uchun RIAA tomonidan uch karra platina sertifikatiga ega boʻldi[29].

Rolling Stone Top 100 Songs chartida qoʻshiq 14-oʻrinda debyut qildi va ikki kun davomida 11,1 million strimga ega boʻldi[30]. Ikkinchi haftada qoʻshiq birinchi oʻringa koʻtarilib, The Weekndning chartdagi ilk yetakchi qoʻshigʻiga aylandi[31].

Oʻzining vatani Kanadada „Heartless「 Canadian Hot 100 chartida uchinchi oʻrinni egalladi. Buyuk Britaniyada qoʻshiq oʻninchi oʻrinni egalladi va The Weekndning mamlakatdagi yettinchi top-10 likka kirgan hitiga aylandi.

Remove ads

Musiqiy videolar

Qoʻshiq uchun rasmiy vertikal lirik video 2019-yil 2-dekabrda chiqdi. Video Nevada shtati Las Vegas shahridagi Plaza Hotel & Casinoʻda[32][33], Nevada shtati Paradise shahridagi Caesars Palace va Flamingo Las-Vegasda suratga olingan. „Heartless「 qoʻshigʻining rasmiy klipi 2019-yil 3-dekabrda chiqdi. Klip ham Las Vegasda suratga olingan va unda The Weeknd va Metro Boomin suratga tushgan[34]. Videoda ikkalasi mast holatda har xil kazino va bazmlarga borishadi, keyinroq The Weeknd bir qurbaqani yalaydi va unda gallyutsinatsiya boshlanadi[35]. Video The Weekndning Fremont koʻchasi boʻylab yugurishi va qayt qilishi bilan yakunlanadi[36]. Video Anton Tammi tomonidan suratga olingan boʻlib, u Fear and Loathing in Las Vegas nomli filmdan ilhomlangan[37]. Qoʻshiqning Lil Uzi Vert remiksi uchun rasmiy musiqiy video 2020-yil 14-aprelda chiqarilgan[38].

Remove ads

Jonli ijrodagi chiqishlar

„Heartless「ning ilk jonli ijrosi 2019-yil 5-dekabrda The Late Show with Stephen Colbertda boʻlib oʻtdi. Chiqish vaqtida The Weeknd Ed Sullivan teatrining sahna koridorlariga tushib kuylaydi, atrofidagi bino devorlari bukilib, uning atrofida harakatlanadi[39]. Ertasi kuni shu shouda „Blinding Lights「 ham jonli ijroda kuylanadi[40].

Remikslar

Qoʻshiqning birinchi rasmiy remiksi reper Lil Uzi Vert bilan yozilgan va „Heartless (Vapor Wave Remix)「 deb nomlangan[41]. Complex'dan Jessica McKinney hamkorlik haqida shunday deydi: „Yilning ikkita eng yirik albomi chiqarilganidan soʻng, The Weeknd va Lil Uzi Vert gʻalabali yoʻlda ekanligi aniq boʻldi「[41]. Ikkinchi vaporwave boʻlmagan va kengaytirilgan remiks versiyasi 2020-yil 3-aprelda After Hours (Remixes) remikslar mini-albomi tarkibida chiqarildi[42].

Remove ads

Xodimlar

Maʼlumotlar The Weekndning rasmiy vebsayti va Tidal'dan olingan[6][7].

  • The Weeknd – solist, muallif, ishlab chiqarish, dasturlash, klavishlar
  • Metro Boomin – muallif, ishlab chiqarish, dasturlash, klavishlar
  • Illangelo – muallif, production, ishlab chiqarish, klavishlar, muhandis, miksing
  • Dre Moon – muallif, ishlab chiqarish
  • Shin Kamiyama – muhandis
  • Dave Kutch – mastering
  • Kevin Peterson – mastering

Chartlar

Batafsil maʼlumot Chart (2019–2021), Eng yuqori oʻrin ...
Remove ads

Sertifikatsiya

Batafsil maʼlumot Hudud, Sertifikatsiya ...
Remove ads

Chiqarilish tarixi

Batafsil maʼlumot Hudud, Sana ...

Izohlar

  1. 6ix9ine va Nicki Minajning "Trollz" qoʻshigʻi 2020-yil yozida 34 ta oʻrin yoʻqotib yangi rekordni oʻrnatdi[26][27]

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads