The Weeknd

kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi From Wikipedia, the free encyclopedia

The Weeknd
Remove ads

Abel Makkonen Tesfaye[a] (talaffuzi: Eybel Makkonen Tesfaye) (amh. , 1990-yil 16-fevralda tugʻilgan) – kelib chiqishi efiopiyalik boʻlgan kanadalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, musiqiy prodyuser va aktyor[2][3]. The Weeknd taxallusi ostida ijod qiladi. U pop musiqasining namoyondalaridan biri sifatida tanilgan boʻlib, yengil lirik tenor ovoz diapazoni va falsetto kuylash uslubi, shuningdek, oʻziga xos alternativ R&B uslubi bilan eʼtirof qozongan. Uning yutuqlari orasida toʻrtta Grammy, yigirmata Billboard Music Awards, yigirma ikkita Juno Awards, oltita American Music Awards, uchta MTV Video Music Awards hamda bitta Latin Grammy Awards mukofoti mavjud.

Qisqa faktlar Umumiy maʼlumot, Tavalludi ...

Tesfaye 2009-yilda oʻz musiqalarini anonim tarzda eʼlon qila boshlagan. U keyinchalik XO nomli yozuv leybliga asos solib, 2011-yilda House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence nomli uchta miksteypni chiqardi. Ushbu toʻplamlardagi alternativ R&B uslubi hamda shaxsiyati atrofidagi sirlilik unga katta shuhrat olib keldi. Oradan koʻp oʻtmay, u Republic Records bilan shartnoma tuzdi va mazkur miksteyplarni Trilogy (2012) nomli toʻplam albomiga birlashtirib qayta chiqardi. Keyingi yili esa u oʻzining ilk studiyaviy albomi – Kiss Landni taqdim etdi. 2013–2014-yillarda bir qator hamkorlikdagi treklar va filmlar uchun saundtreklarda ishtirok etganidan soʻng, Tesfaye oʻziga xos alternativ R&B uslubini yanada ommaviy, pop yoʻnalishiga yaqin ohanglar bilan uygʻunlashtira boshladi. Bu yoʻnalish uning ikkinchi va uchinchi studiyaviy albomlari – Beauty Behind the Madness (2015) hamda Starboy (2016) da yaqqol namoyon boʻldi. Har ikkisi ham AQShning Billboard 200 roʻyxatida birinchi oʻrinda debyut qilgan boʻlib, Billboard Hot 100 chartida birinchi oʻringa chiqqan „Can't Feel My Face“, „The Hills“, „Starboy“ va „Die for You“ singllarini taqdim etdi.

Tesfaye 2018-yilda chiqarilgan ilk mini-albomi – My Dear Melancholy orqali yana alternativ R&B yoʻnalishiga xos, chuqur va hissiyotga boy ohanglarga qaytdi. Ushbu albomga AQSh chartlarida ilk oʻntalikka kirgan „Call Out My Name“ singli ham kiritilgan edi. Keyinchalik, u ketma-ket uch xil davrni ifodalovchi albom trilogiyasi ustida ishlay boshladi va uning birinchi qismi – toʻrtinchi studiyaviy albomi After Hours (2020) da dream pop va new wave janrlariga murojaat qilib, oʻz uslubiga singdirdi. Albom „Heartless“ va „Save Your Tears“ kabi chartlarda yetakchilik qilgan hitlarni, shuningdek, Billboard Hot 100 tarixidagi eng muvaffaqiyatli va eng uzoq vaqt chartda qolgan qoʻshiq – „Blinding Lights“ni taqdim etdi. Tesfaye ijodida dance-pop unsurlarini sinab koʻrishga kirishdi va bu uni trilogiyaning ikkinchi qismi hamda beshinchi studiyaviy albomi – Dawn FM (2022) ni yaratishga olib keldi. Albom tarkibida AQSh chartlarida ilk oʻntalikka kirgan „Take My Breath“ singli ham mavjud edi. 2023-yilda u HBO telekanali uchun yaratilgan The Idol nomli teleserialni hammualliflikda yaratib, unda bosh rolni ijro etdi; biroq u katta bahs-munozaralarga sabab boʻlib, tanqidchilar tomonidan salbiy baholandi. Uning oltinchi studiyaviy albomi va trilogiyaning uchinchi, yakuniy qismi – Hurry Up Tomorrow (2025) esa AQSh da kuchli beshtalikka kirgan „Timeless“ singlini hamda tanqidchilar tomonidan salbiy qarshi olingan shu nomdagi filmni taqdim etdi.

Tesfaye 2011-yilda menejerlar Wassim Slaiby va Amir Esmailian, shuningdek, tez-tez hamkorlik qiluvchi ijodiy direktor La Mar Taylor bilan birgalikda XO yozuv leybliga asos soldi. U 2018-yildan 2022-yilgacha Apple Music 1 radiostansiyasida Memento Mori nomli dasturga mezbonlik qilgan. Baʼzan XO brendi ostida Tesfaye BAPE, Puma va H&M kabi moda kompaniyalari, Nespresso qahva brendi, Paris Saint-Germain futbol klubi hamda Fortnite va Roblox kabi videooʻyinlar bilan hamkorlik qilgan. 2020-yilda u HXOUSE nomli ijodiy inkubatorni yoʻlga qoʻydi (loyiha boshqaruvida bevosita qatnashmasa-da, hamkor sifatida uni qoʻllab-quvvatlab keladi) va 2021-yilda BMT Jahon oziq-ovqat dasturining ezgu niyatlar elchisi etib tayinlandi. Tesfaye turli ijtimoiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlab, irqiy tenglik va oziq-ovqat xavfsizligi masalalarida faol fuqarolik pozitsiyasini bildirgan.

Tesfaye 75 milliondan ortiq yozuv (albom va singllar) sotgan boʻlib, barcha davrlarning, asarlari eng koʻp sotilgan musiqachilaridan biri hisoblanadi. Uning singllari RIAA tomonidan yetti karra „olmos“ sertifikatiga sazovor boʻlgan. Shuningdek, Hot R&B/Hip-Hop Songs chartida bir vaqtning oʻzida yuqori uch oʻrinni egallagan tarixdagi ilk ijodkor sifatida qayd etilgan. U Spotify platformasida 1 milliarddan ortiq strimlarga ega qoʻshiqlari soni boʻyicha rekord oʻrnatgan (28 ta qoʻshiq), ulardan „Blinding Lights“ esa platforma tarixidagi eng koʻp tinglangan qoʻshiqqa aylangan. Time jurnali uni 2020-yilda dunyoning eng kuchli taʼsirga ega shaxslar roʻyxatiga kiritgan. After Hours albomi keyinchalik tarixdagi eng koʻp tinglangan R&B albomiga aylangan. Tesfayening After Hours til Dawn Tour gastrol safari esa tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan R&B tur sifatida qayd etilgan.

Remove ads

Hayoti va faoliyati

1990–2008-yillar: Hayotining dastlabki yillari

Abel Makkonen Tesfaye 1990-yil 16-fevralda Ontario provinsiyasidagi (turli manbalarga koʻra) Toronto[4][5][6][7] yoki Scarborough[8][9][10][11][12][13] shahrida tugʻilgan[b]. U Efiopiyadan koʻchib kelgan muhojirlar Makkonen Tesfaye va Samrawit Hailuning yagona farzandi boʻlib[c], ota-onasi u tugʻilganidan koʻp oʻtmay ajrashishgan[15][16]. Tesfaye Scarborough chekkasida, onasi va buvisi tomonidan tarbiyalangan[17][18]. Otasining ismi anʼanaviy efiopcha „Makonnen“ shakli oʻrniga „Makkonen“ tarzida yoziladi. Fin tilidagi „Makkonen“ familiyasiga oʻxshashlik mutlaqo tasodifdir. Tesfayening patronimiyasining yozilishi esa ehtimol, tipografik xato natijasi yoki anʼanaviy ismning yangicha shaklidir[19]. Tesfaye oʻz buvisidan oʻrgangan ona tili – amhara tilida yaxshi soʻzlashadi[20] hamda fransuz tili boʻyicha ham ravon, chunki u fransuz tili chuqur oʻrgatiladigan maktabda oʻqigan[21]. U, shuningdek, West Hill Collegiate Institute va Birchmount Park Collegiate Institute taʼlim muassasalarida tahsil olgan[22].

Oʻn yetti yoshida Tesfaye maktabni tashlab, ikki doʻsti bilan Parkdale hududidagi bir xonadonga koʻchib oʻtgan. U doʻstlaridan biri, hozirda uning ijodiy direktori boʻlgan eng yaqin doʻsti La Mar Taylor bilan yashagan[23]. Tesfaye doʻstlari bilan gedonistik turmush tarzini kechirgan[17][24] va sahna nomini uydan hafta oxirida (weekendda) ketgani uchun tanlagan[25]. U „weekend“ soʻzidagi soʻnggi „e“ harfini kanadalik pop-rok guruhi The Weekend bilan savdo belgisi mojarosidan qochish maqsadida olib tashlagan[26]. U bu davrda uysizlikni ham boshdan kechirgan va bir necha marotaba hibsga olingan, bular esa uni „aqlini yigʻishtirib olish va eʼtiborini jamlash“ga undagan[27][28]. Shu vaqt mobaynida Tesfaye tez-tez giyohvand moddalar isteʼmol qilgan, jumladan ketamin, kokain, MDMA, gallyutsinogen qoʻziqorinlar va yoʻtal siropi kabilar[29], va u giyohvandlikni musiqa yozishda oʻziga „tayanch vosita“ boʻlganini taʼkidlagan[30]. Hozirgi sahna nomini qabul qilishidan avval u „Bulleez n Nerdz“ nomli hip-hop dueti tarkibida „Kin Kane“ taxallusi ostida ijod qilgan[16] hamda „The Noise“ nomli prodyuserlar jamoasining bir qismi boʻlgan[31][32].

2009–2014-yillar: Trilogy va Kiss Land

Thumb
Tesfayening 2012-yilda Coachella Valley Music and Arts Festivaldagi chiqishi.

2009-yil avgust oyida Tesfaye YouTube platformasiga anonim tarzda musiqalarini joylay boshlagan[33][34]. Keyingi yili u bir ziyofatda prodyuser Jeremy Rose bilan tanishgan. Rose Tesfayening bir instrumental ustida improvizatsiya qilganini eshitgach, uni dark R&B yoʻnalishidagi loyiha ustida birgalikda ishlashga taklif qilgan. Bir necha qoʻshiq yaratgach, ular ijodiy kelishmovchiliklar sababli aloqalarni uzishgan. Biroq Tesfayega ularning birgalikda yaratgan qoʻshiqlaridan foydalanishga ruxsat berilgan, sharti shuki, Rose prodyuser sifatida titrlarda koʻrsatilishi kerak edi[35]. 2010-yil dekabr oyida Tesfaye „xoxxxoooxo“ foydalanuvchi nomi ostida YouTubega „What You Need“, „Loft Music“ va „The Morning“ nomli qoʻshiqlarini joylagan[36][37]. Dastlab uning shaxsi oshkor etilmagan. Bu qoʻshiqlar internetda eʼtibor qozongan va keyinchalik reper Drakening blogidagi postda tilga olingan[35][38]. Mazkur qoʻshiqlar shundan soʻng Pitchfork hamda The New York Times kabi turli ommaviy axborot vositalarida yoritilgan[39].

2011-yilda Tesfaye musiqa sanoati vakillari Wassim „Sal“ Slaiby va Amir „Cash“ Esmailian bilan tanishgan hamda ular, La Mar Taylor bilan birgalikda, XO nomli yozuv leyblini tashkil etishgan[40]. 21-mart kuni Tesfaye oʻzining ilk miksteypi – House of Balloonsni chiqargan, unda prodyuserlar Illangelo va Doc McKinney ishtirok etgan[41][42][43]. Miksteyp tarkibiga Rose tomonidan yaratilgan qoʻshiqlar ham kiritilgan boʻlsa-da, u prodyuser sifatida titrlarda koʻrsatilmagan[35]. House of Balloons 2011-yilgi „Polaris Music Prize“ mukofoti uchun short-listdagi oʻnta nomzoddan biri sifatida tan olingan[44][45].

Tesfaye 2011-yil may oyida Drake bilan hamkorlikni boshlagan va natijada 31-iyul kuni oʻtkazilgan OVO Fest dasturida ishtirok etish imkoniga ega boʻlgan[46]. Oʻsha yilning iyul oyida Tesfaye Torontodagi Mod Club Theatre sahnasida ilk jonli konsertini oʻtkazgan; ushbu chiqish Drake ishtirok etgani bois ommaviy axborot vositalarining eʼtiborini tortgan[45][47]. Shuningdek, u Toronto universitetining Qora tanli talabalar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan konsertlarda ham qatnashgan[48].

2011-yilning yozida Tesfaye AQSh ommaviy axborot vositalarida ham eʼtibor qozongan, bunga uning „High for This“ nomli qoʻshigʻi HBO telekanalining Entourage seriali soʻnggi mavsumiga bagʻishlangan reklama kampaniyasida ishlatilgani sabab boʻlgan[45]. 18-avgust kuni Tesfaye ikkinchi miksteypi – Thursdayni taqdim etgan boʻlib, u asosan ijobiy sharhlar bilan kutib olingan[49]. Tesfaye 15-noyabr kuni chiqgan Drakening ikkinchi studiyaviy albomi Take Care uchun toʻrtta qoʻshiqda muallif, prodyuser va albomning yettinchi singli „Crew Love“da ijrochi sifatida ishtirok etgan[50]. U 21-dekabr kuni oʻzining uchinchi miksteypi – Echoes of Silenceni chiqargan. Ushbu miksteyp 2012-yilgi „Polaris Music Prize“ mukofotining long-listidagi nomzodlardan biri sifatida qayd etilgan[45][51][52].

2012-yil aprel oyida Tesfaye koʻpgina chiqishlarni amalga oshirgan, jumladan, Coachella festivalida[53] hamda Nyu-York shahridagi Bowery Ballroom zalida chiptalari toʻliq sotilgan ikki konsertda ijro etgan[53][54]. Shuningdek, u Ispaniya va Portugaliyadagi Primavera Sound festivallarida[55] hamda Buyuk Britaniyadagi Wireless Festivalda chiqish qilgan[56][57][58]. Sentyabr oyida Tesfaye Republic Records leybli bilan shartnoma imzolagan, XO esa uning shoʻba leybli sifatida faoliyat yurita boshlagan[59]. Oʻsha oyning oʻzida Tesfaye oʻzining ilk gastrol safari – Fall Tourni boshlagan. Mazkur gastrol dasturiga oʻzining yakkaxon hamda ingliz guruhi Florence and the Machine ochib bergan konsertlar kiritilgan edi. Tur 2012-yil sentyabridan noyabrigacha Shimoliy Amerikada oʻtkazilgan[60].

2012-yil 13-noyabrda Tesfaye Trilogy nomli toʻplam albomini chiqargan. Ushbu albom 2011-yilda taqdim etilgan miksteyplarining remiks va remaster qilingan versiyalarini, shuningdek, qoʻshimcha uchta yangi trekni oʻz ichiga olgan[61]. Albom AQShning Billboard 200 reytingida toʻrtinchi oʻrinda debyut qilgan boʻlib, birinchi haftada 86 ming nusxada sotilgan[62]. U Amerika yozuv sanoati assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan platina, Music Canada tomonidan esa ikki karra platina sertifikatiga sazovor boʻlgan[63][64]. Shuningdek, albom Tesfayega BBC tomonidan taqdim etiladigan Sound of 2013 soʻrovnomasida gʻolibligi uchun nomzodlikni keltirgan[65].

Thumb
Tesfayening 2013-yil oktyabr oyida Massey Halldagi chiqishi.

2013-yil 17-may kuni Tesfaye oʻzining ilk studiyaviy albomi – Kiss Landning nomdosh qoʻshigʻini chiqargan[66] va albomning 10-sentabr kuni taqdim etilishini eʼlon qilgan[67]. Albom chiqishi bilan Billboard 200 chartida 96 ming nusxalik sotuv hajmi bilan ikkinchi oʻrinda debyut qilgan[68] va musiqiy tanqidchilar tomonidan asosan ijobiy baholangan[69]. Tesfaye albomni yanada targʻib qilish maqsadida 2013-yil sentyabridan noyabrigacha Shimoliy Amerika va Angliyada oʻtkazilgan kuzgi gastrol safarida ishtirok etgan[70]. 6–13-noyabr kunlari oraligʻida u Justin Timberlakening The 20/20 Experience World Tour gastrol safari doirasida ochilish ijrochisi sifatida qatnashgan[71]. Shuningdek, Tesfaye 2013-yilgi The Hunger Games: Catching Fire filmi saundtrekiga ikki qoʻshiq – „Devil May Cry“ hamda Sia va Diplo bilan birgalikda yozilgan saundtrekning ikkinchi singli „Elastic Heart“ni taqdim etgan[72].

2014-yil fevral oyida Tesfaye Beyoncéning ijrochi nomiga ega studiyaviy albomidagi „Drunk in Love“[73] hamda Ty Dolla Signning „Or Nah“ treklari remikslarini taqdim etgan[74]. 2014-yil iyun oyida u King of the Fall Tour nomli gastrol safarini eʼlon qilgan boʻlib, u sentyabrdan oktabrgacha Shimoliy Amerikadagi toʻrtta shaharda oʻtkazilgan va Schoolboy Q hamda Jhené Aiko tomonidan qoʻllab-quvvatlangan[75]. Safarni targʻib qilish maqsadida u oʻsha yilning iyul oyida „King of the Fall“ va „Often“ qoʻshiqlarini chiqargan[76]. 25-avgust kuni Tesfaye Ariana Grande bilan uning ikkinchi studiyaviy albomi My Everything uchun „Love Me Harder“ qoʻshigʻida hamkorlik qilgan. Ushbu qoʻshiq 30-sentabrda albomning toʻrtinchi singli sifatida taqdim etilgan va Billboard Hot 100 reytingida yettinchi oʻringa qadar koʻtarilgan[77]. 2014-yil 23-dekabrda Tesfaye Fifty Shades of Grey (2015) filmi saundtrekidan oʻrin olgan „Earned It“ qoʻshigʻini taqdim etgan. Ushbu singl Billboard Hot 100 reytingida uchinchi oʻringa qadar koʻtarilgan hamda Tesfayega „Film uchun ishlangan eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyasi boʻyicha uning ilk va yagona „Oscar“ mukofoti nomzodligini keltirgan[78]. Qoʻshiq, shuningdek, 58-„Grammy Awards“ mukofotida „Eng yaxshi R&B ijrosi“ yoʻnalishida gʻolib boʻlgan hamda „Eng yaxshi R&B qoʻshigʻi“ va „Vizual media uchun yozilgan eng yaxshi qoʻshiq“ nominatsiyalarida nomzod sifatida eʼtirof etilgan[79].

2015–2016-yillar: Beauty Behind the Madness

Thumb
Abelning 2015-yilda Bumbershootdagi chiqishi.

2015-yil 27-mayda Tesfaye Beauty Behind the Madness albomining ikkinchi singli – „The Hills“ qoʻshigʻini chiqardi[80]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida 20-oʻrinda debyut qilgan va keyinchalik birinchi oʻringa koʻtarilib, Tesfayening „Can't Feel My Face“idan keyingi ikkinchi charttopper qoʻshigʻiga aylandi. 2019-yil iyun oyida „The Hills“ RIAA tomonidan olmos sertifikatiga ega boʻldi – bu Tesfayening ilk olmos sertifikatiga erishgan qoʻshigʻi boʻldi[81][82].

2015-yil iyun oyida „BET Awards“ marosimida Centric Award mukofotini qoʻlga kiritgach, Tesfaye Alicia Keys bilan birgalikda „Earned It“ qoʻshigʻini ijro etdi[83]. 8-iyun kuni u albomning uchinchi singli sifatida „Can't Feel My Face“ qoʻshigʻini chiqardi. Qoʻshiq ilgari, may oyida internetga sizib chiqqan edi, biroq Tesfaye uni Apple Worldwide Developers Conferencedagi chiqishidan soʻng rasmiy singl sifatida eʼlon qildi[84]. Qoʻshiq Billboard Hot 100 chartida dastlab 24-oʻrinda debyut qilgan va keyinchalik birinchi oʻringa koʻtarilib, Tesfayening AQShdagi ilk birinchi raqamli xiti va umumiy hisobda uchinchi top-10 talikka kirgan qoʻshigʻiga aylandi[85][86]. Qoʻshiq 58-„Grammy Awards“ marosimida „Yilning eng yaxshi yozuvi“ va „Eng yaxshi yakkaxon pop ijrosi“ nominatsiyalariga nomzod boʻlgan[87].

Tesfaye yuqorida tilga olingan uchta singl bilan bir vaqtda Billboardning Hot R&B/Hip-Hop Songs chartidagi birinchi uchta oʻrinni egallagab, bunday natijaga erishgan tarixdagi birinchi ijodkor boʻlgan[88]. Shuningdek, u Drake bilan bir qatorda Apple Music striming xizmati uchun musiqiy yuzlardan biri sifatida tanishtirilgan[89]. 2015-yilgi „MTV Video Music Awards“ marosimi davomida Apple Tesfaye ishtirok etgan ikki qismli reklama roligini taqdim etdi, unda John Travolta ham mehmon sifatida qatnashgan[90]. Iyul oyida Tesfaye Britaniya Kolumbiyasining Surrey shahrida boʻlib oʻtgan ilk FVDED in the Park festivalining bosh ijrochisi sifatida chiqish qildi[91]. 29-iyun kuni esa u Meek Millning Dreams Worth More Than Money (2015) nomli ikkinchi studiyaviy albomidagi „Pullin' Up“ qoʻshigʻida ishtirok etdi[92].

Tesfayening ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the Madness 2015-yil 28-avgustda chiqarilgan va birinchi haftasida 412 ming albom ekvivalenti sotuv bilan Billboard 200 chartida birinchi oʻrinni egallagan[93][94]. Albom 10 dan ortiq mamlakatlarda top-10 talikdan joy olgan hamda Kanada, Avstraliya, Norvegiya va Buyuk Britaniyada birinchi oʻringa chiqqan[95][96]. Albomni targʻib qilish maqsadida Tesfaye Lollapalooza, Hard Summer Music Festival va Bumbershoot Festival kabi bir qator yozgi musiqa festivallarida bosh ijrochi sifatida qatnashgan[97].

U The Madness Fall Tour nomli AQSh boʻylab oʻtkazilgan ilk yirik gastrol safari boshlanishini eʼlon qilgan; tur 2015-yil noyabr oyida boshlangan va dekabrda yakunlangan[98][99]. Albom AQShda ikki karra platina sertifikatiga ega boʻlgan va dunyo miqyosida 1,5 million nusxada sotilgan[100]. U 60 milliondan ortiq strimga ega boʻlib, 2015-yining eng koʻp eshitilgan albomi boʻlgan[101] va yilning eng yaxshi albomlari roʻyxatlaridan joy olgan[102]. Albomdan oldin chiqarilgan uchta singl AQShda platina sertifikatiga ega boʻlgan[103]. Albom 58-„Grammy Awards“ marosimida „Eng yaxshi zamonaviy urban musiqasi janridagi albom“ mukofotini qoʻlga kiritgan va „Yil albomi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan[104].

2015-yil 4-sentabrda Tesfaye Travis Scottning birinchi albomi – Rodeodagi „Pray 4 Love“ qoʻshigʻida ishtirok etgan[105]. 10-oktyabr kuni u Saturday Night Live dasturida aktrisa Amy Schumer bilan birga musiqiy mehmon sifatida sahnaga chiqqan[106][107]. Bu Tesfayening ushbu dasturdagi ilk yakkaxon chiqishi boʻlib, undan oldin u Ariana Grande bilan „Love Me Harder“ qoʻshigʻini ijro etgan edi[107]. Noyabr oyida Tesfaye oʻzining ilk arenalardagi gastrol safari – The Madness Fall Tourni boshlagan. 18-dekabr kuni Tesfaye Bellyning sakkizinchi miksteypi – Up For Daysdan oʻrin olgan „Might Not“ singlida ishtirok etgan[108].

2016-yil 14-fevralda Tesfaye Kanye Westning yettinchi studiyaviy albomi – The Life of Pablodagi „FML“ qoʻshigʻida ishtirok etgan[109][110]. Bu ularning ikkinchi hamkorligi boʻlib, avval West Tesfayening Beauty Behind the Madness albomidagi „Tell Your Friends“ qoʻshigʻida muallif va prodyuser sifatida ishtirok etgan edi. 1-mart kuni Tesfaye Futurening toʻrtinchi studiyaviy albomi – Evoldagi „Low Life“ singlida kuylagan[111]. 2016-yil 23-aprelda Tesfaye Beyoncéning oltinchi studiyaviy albomi – Lemonadedagi „6 Inch“ qoʻshigʻida ishtirok etgan[112]. 26-avgust kuni Tesfaye Cashmere Catning „Wild Love“ singlida Francis and the Lights bilan hamkorlik qilgan; ushbu qoʻshiq Cashmere Catning 9 nomli ilk studiyaviy albomi (2017) dagi bosh singl sifatida xizmat qilgan[113].

2016–2019-yillar: Starboy va My Dear Melancholy,

Thumb
Tesfayening 2017-yilda Starboy: Legend of the Fall Tour doirasida Lollapalooza Chile festivalidagi chiqishi.

2016-yil sentabr oyida Tesfaye uchinchi studiyaviy albomi — Starboyning 25-noyabrda chiqishini va albomda hozirgi kunda tarqalib ketgan fransuz elektron musiqasi duosi Daft Punk bilan hamkorlik ishlari mavjudligini e’lon qilgan[114][115]. Ushbu guruh bilan ijro etilgan albomning nomdosh qo‘shig‘i 21-sentabr kuni chiqarildi[116]. Qo‘shiq Billboard Hot 100 chartida 40-o‘rinda debyut qilgan va birinchi o‘ringa ko‘tarilib, Tesfayening uchinchi yetakchi singliga aylangan[117]. 2023-yil mart holatiga ko‘ra, qo‘shiq RIAA tomonidan olmos sertifikatiga ega[118]. Ularning ikkinchi hamkorligi, „I Feel It Coming“, 24-noyabrda taqdim etilgan. Singl Billboard Hot 100 chartida to‘rtinchi o‘ringacha chiqqan[119].

2016-yil 1-oktyabrda Tesfaye Saturday Night Live dasturida musiqiy mehmon sifatida ikkinchi marta, aktrisa Margot Robbie bilan birga sahnaga chiqqan. Shou davomida u „Starboy“ va „False Alarm“ qo‘shiqlarini ijro etgan[120]. 23-noyabr kuni u M A N I A nomli qisqa metrajli filmni taqdim etgan. Filmga Grant Singer rejissyorlik qilgan bo‘lib, u Future bilan ijro etilgan “All I Know”, Kendrick Lamar bilan ijro etilgan “Sidewalks”, shuningdek, “Secrets” va “Die for You” qo‘shiqlaridan parchalarni o‘z ichiga olgan[121]. Albom chiqishi bilan AQShning Billboard 200 chartida birinchi o‘rinda debyut qilgan va birinchi haftada 348 000 albom ekvivalentida sotilib, Tesfayening ketma-ket ikkinchi yetakchi albomiga aylangan[122]. 2019-yil yanvar holatiga ko‘ra, albom RIAA tomonidan uch karra platina sertifikatiga ega[123]. Albom 60-„Grammy Awards“ marosimida „Eng yaxshi zamonaviy urban musiqasi janridagi albom“ nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan, bu esa Tesfayening ushbu kategoriyadagi ikkinchi yutug‘i hisoblanadi[124].

2017-yil 17-fevralda The Weeknd o‘zining beshinchi gastrol safari — Starboy: Legend of the Fall Tourni boshlagan. Safar uning uchinchi studiyaviy albomi Starboyni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lib, 2017-yil 14-dekabrda yakunlangan. U Yevropa, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Okeaniya qit’alarida chiqish qilgan. 2017-yil 15-fevralda Tesfaye Navning tijoriy ilk singli „Some Way“da ishtirok etgan; ushbu qo‘shiq xuddis shu nom bilan atalgan miksteypning bosh singli sifatida xizmat qilgan[125]. 24-fevral kuni esa u Futurening oltinchi studiyaviy albomi — Hndrxxdagi „Comin Out Strong“ qo‘shig‘ida ishtirok etgan[126]. 2017-yil 19-aprelda Tesfaye Lana Del Reyning beshinchi studiyaviy albomi — Lust for Lifedagi ikkinchi singl hisoblanuvchi nomdosh trekda ishtirok etgan[127][128]. 15-avgustda u French Montananing ikkinchi studiyaviy albomi — Jungle Rulesning uchinchi singli „A Lie“ qo‘shig‘ida ishtirok etgan. Shundan so‘ng u Lil Uzi Vertning „XO Tour Llif3“ qo‘shig‘iga Virgil Abloh tomonidan rejissyorlik qilingan musiqiy klipda Nav bilan birga koʻrinish bergan. Keyinchalik Tesfaye Lil Uzi Vertning birinchi albomi — Luv Is Rage 2'dagi „UnFazed“ qo‘shig‘ida ham, shuningdek Gucci Manening o‘n birinchi studiyaviy albomi — Mr. Davisdagi „Curve“ qo‘shig‘ida ishtirok etgan.

Thumb
Tesfayening 2018-yil noyabr oyida Gonkongdagi chiqishi.

2018-yil 2-fevralda Tesfaye Black Panther filmi saundtrekiga Kendrick Lamar bilan birgalikda „Pray for Me“ qo‘shig‘ini taqdim etgan. Ushbu qo‘shiq saundtrekdan chiqarilgan uchinchi singl bo‘lib, Billboard Hot 100 chartida yettinchi o‘ringa ko‘tarilgan[129][130].

2018-yil 30-martda Tesfaye o‘zining ilk mini-albomi — My Dear Melancholy,ni taqdim etgan[131][132], loyiha haqida yangiliklar esa oldindan e’lon qilingan va internetga sizdirilgan edi[133][134]. EP Billboard 200 chartida birinchi o‘rinda debyut qilgan va birinchi haftada 169 000 albom ekvivalenti sotilib, Tesfayening ketma-ket ikkinchi yetakchi albomiga aylangan va soʻnggi sakkiz yil ichida treklar soni boʻyicha eng qisqa yetakchi albomi sifatida tarixga kirgan[135]. 6-aprelda Tesfaye Billboard Hot 100 chartida to‘rtinchi o‘ringa chiqqan albomning bosh singli — „Call Out My Name“ni chiqargan[136][137]. 2018-yil 13-aprelda u birinchi marta Coachella Valley Music and Arts Festivalda bosh ijrochi sifatida chiqish qilgan[138][139]. EPni targ‘ib qilish maqsadida u 2018-yil davomida bir nechta festivallarda, jumladan, Marokashdagi Mawazine Festival[140], Chikago va Berlindagi Lollapalooza festivallari[141], shuningdek, Formula 1 boʻyicha Abu Dabi Gran-prisi poygasidan keyingi konsertda chiqish qilgan[142].

2018-yil 6-iyunda Tesfaye o‘zining yangi Apple Music 1'dagi radioshousi Memento Morini e’lon qilgan. Birinchi epizod esa ikki kun o‘tgach taqdim etilgan[143]. Keyinchalik u Travis Scottning uchinchi studiyaviy albomi — Astroworlddagi ikkita qo‘shiqda: „Skeletons“ va „Wake Up“da ishtirok etgan[144]. 21-noyabrda u o‘zining ilk eng yaxshi qo‘shiqlar albomi The Weeknd in Japanni chiqargan[145]. Toʻplam va My Dear Melancholy, EPsini targ‘ib qilish maqsadida u o‘zining oltinchi gastrol safari — The Weeknd Asia Tourni boshlagan, ushbu tur 2018-yil noyabr va dekabr oylarida Osiyodagi oltita shoudan iborat bo‘lgan. 2019-yil 11-yanvarda Tesfaye Gesaffelsteinning ikkinchi studiyaviy albomi — Hyperionnning ikkinchi singli „Lost in the Fire“ qo‘shig‘ida ishtirok etgan[146]. 18-aprelda esa u SZA va Travis Scott bilan birgalikda Game of Thrones asosidagi saundtrekning bosh singli — „Power Is Power“ qo‘shig‘ini taqdim etgan[147][148].

2019–2021-yillar: After Hours va Super Bowl LV halftime show

2019-yil 24-noyabrda Tesfaye o‘zining „Blinding Lights“ singlini Mercedes-Benz reklama roligida ilk bor eshittirgan[149]. 27-noyabrda u After Hours nomli to‘rtinchi studiyaviy albomining bosh singl sifatida „Heartless“ qo‘shig‘ini chiqargan. Qo‘shiq Billboard Hot 100 chartida 32-o‘rinda debyut qilgan va birinchi o‘ringa ko‘tarilib, Tesfayening to‘rtinchi yetakchi singliga aylangan[150][151]. „Blinding Lights“ esa „Heartless“dan ikki kun o‘tgach, 29-noyabrda chiqarilgan. Singl Billboard Hot 100 chartida 11-o‘rinda debyut qilgan va birinchi o‘ringa chiqib, Tesfayening beshinchi yetakchi singliga aylangan[152]. „Blinding Lights“ keyinchalik chart tarixida bir yil davomida eng yaxshi o‘ntalik qatorida qolgan birinchi qo‘shiqqa aylangan[153]. Shuningdek, u Hot 100 chartida eng uzoq davom „yashagan“ yakkaxon qoʻshiqchi ijrosidagi qo‘shiq bo‘lib, 90 hafta davomida chartda qolgan va 2021-yil 11-sentabr haftasida tark etgan[154][155]. 2021-yil 23-noyabrda „Blinding Lights“ Billboardning #1 Greatest Hot 100 Hit of All Time ro‘yxatida Chubby Checkerning „The Twist“ qoʻshigʻini ikkinchi oʻringa tushirgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilgan[156]. 2023-yil 1-yanvarda u Spotifyda 3,3 milliard strimga ega boʻlib, eng ko‘p eshitilgan qo‘shiqqa aylangan[157].

2020-yil 19-fevralda Tesfaye to‘rtinchi studiya albomining nomi After Hours bo‘lishini va 20-martda chiqarilishini ma’lum qilgan. Shu bilan birga u albomning nomdosh qo‘shig‘ini promo-singl sifatida taqdim etgan[158]. 7-martda u Saturday Night Live dasturida uchinchi marta musiqiy mehmon sifatida, aktyor Daniel Craig bilan birga ishtirok etgan. Shou davomida u „Blinding Lights“ qo‘shig‘ini ijro etgan va yangi „Scared to Live“ trekini taqdim qilgan[159]. 24-martda Tesfaye albomning uchinchi singli „In Your Eyes“ni chiqargan. Qo‘shiq Billboard Hot 100 chartida 16-o‘ringa chiqqan[160].

Albom chiqishi bilan[161], 444 000 albom ekvivalenti sotilib, Billboard 200 chartida birinchi o‘rinda debyut qilgan va Tesfayening chartdagi ketma-ket to‘rtinchi yetakchi albomi bo‘lgan[162]. Albom tarixda eng ko‘p eshitilgan R&B albomi sifatida qayd etilgan va hatto o‘zining Starboy albomini ortda qoldirgan[163][164]. Albomning ilk haftasida Tesfaye Billboard 200, Billboard Hot 100, Billboard Artist 100, Hot 100 Songwriters va Hot 100 Producers chartlarida bir vaqtning o‘zida yetakchi bo‘lgan birinchi artistga aylangan va keyingi hafta ham yetakchilikni davom ettirgan[165][166]. After Hours albomining deluxe-versiyasi 2020-yil 29-martda chiqarilgan va „Nothing Compares“, „Missed You“ va „Final Lullaby“ qo‘shiqlarini o‘z ichiga olgan[167].

2020-yil 7-avgustda Tesfaye marhum Juice Wrldning birinchi vafotidan keyingi albomi — Legends Never Diedagi „Smile“ singlida ishtirok etgan. 28-avgustda u Calvin Harrisning „Over Now“ singlida paydo bo‘lgan. 30-oktyabrda Tesfaye Ariana Grandening oltinchi studiyaviy albomi — Positionsdan „Off the Table“ qo‘shig‘ida ishtirok etgan[168][169]. Shu kuni u Oneohtrix Point Neverning to‘qqizinchi studiyaviy albomi — Magic Oneohtrix Point Neverdagi „No Nightmares“ trekida ham paydo bo‘lgan va ushbu albomni OPN bilan birgalikda ijrochi prodyuser sifatida ishlab chiqqan[170]. 5-noyabrda u Malumaning „Hawái“ qo‘shig‘ining remixida ishtirok etgan va 22-„Latin Grammy Awards“ marosimida „Eng yaxshi urban fusion/ijro“ nominatsiyasiga tavsiya etilgan[171][172]. 2020-yil 10-dekabrda u iHeartRadioning Jingle Ball shousida chiqish qilgan[173]. 2021-yil 5-fevralda Tesfaye o‘zining ikkinchi eng yaxshi qo‘shiqlar albomi — The Highlightsni chiqargan. Albom AQSh Billboard 200 chartida ikkinchi o‘rinda debyut qilgan, bu Tesfayening eng yuqori o‘rin olgan to‘plam albomi bo‘lgan[174].

Thumb
Tesfaye 2021-yilda Raymond James Stadiumda o‘tkazilgan Super Bowl LV halftime showda bosh ijrochi bo‘lgan.

2021-yil 7-fevralda Tesfaye Super Bowl LV halftime showda bosh ijrochi bo‘lgan va shu tariqa ushbu shouda bosh sahnaga chiqqan ilk kanadalik yakkaxon artistga aylangan[175][176][177][178]. Xabar qilinishicha, u Super Bowldagi chiqishiga o‘z mablag‘idan 7 million AQSh dollari sarflagan[179]. Shou haqidagi sharhlar asosan ijobiy bo‘lgan[180][181][182][183][184][185]. Chiqishdan keyin Tesfayening After Hours albomi va u ijro etgan yana yetti qo‘shiqning striming va yuklab olishlari keskin oshgan[186][187]. Halftime show 73-„Primetime Emmy Awards“ mukofotining uchta nominatsiyasi: „Outstanding Variety Special (Live)“, „Outstanding Lighting Design/Lighting Direction for a Variety Special“ va „Outstanding Technical Direction, Camerawork, Video Control for a Special“ nomiatsiyalari uchun nomzod sifatida keltirilgan[188].

2021-yil davomida Tesfaye chiqarilganining o‘n yilligini nishonlash maqsadida uchta miksteypini asl shaklida, original mikslar va sempllar bilan qayta nashr qildi. Birinchi bo‘lib 2021-yil mart oyida House of Balloons qayta chiqarilgan[189]. Keyin Thursday 2021-yil avgustda[190][191] va dekabr oyida Echoes of Silence qayta chiqarilgan[192][193].

2021-yil 23-aprelda Tesfaye Ariana Grande bilan birgalikda uchinchi hamkorlik hisoblanuvchi „Save Your Tears“ qo‘shig‘ining remiksini chiqargan[194]. Remiks 2021-yil 8-may sanasidagi Billboard Hot 100 chartida qo‘shiqni birinchi o‘ringa olib chiqqan va bu ikkala artistning oltinchi yetakchi singliga aylangan[195]. Keyinroq shu oyda u yangi loyihasiga ishoralar qilishni boshlagan. Variety bilan intervyuda yangi albom haqida so‘ralganda, u „if the last record is the After Hours of the night, then The Dawn is coming“ deb izoh bergan[196]. 11-mayda Tesfaye „Save Your Tears“ qo‘shig‘ini „Brit Awards“da ijro etgan. Shu bilan birga u o‘zining ilk „Brit Awards“ mukofotini „International Male Solo Artist“ nominatsiyasida olgan, mukofotni AQShning sobiq birinchi xonimi Michelle Obama topshirgan[197][198].

2021-yil 24-mayda Tesfaye „Save Your Tears“ qo‘shig‘ini „Billboard Music Awards“da ijro etgan. U rekord darajada, 16 nominatsiyada nomzod sifatida keltirilgan va shulardan 10 tasida, jumladan „Top Artist“ va „Top Hot 100 Song“ nominatsiyalarida g‘olib chiqqan. Mukofotlarni qabul qilarkan, Tesfaye „the After Hours are done, and The Dawn is coming“ deya yangi loyihasiga ishora qilishda davom etdi[199]. 28-mayda u „iHeartRadio Music Awards“da „Save Your Tears“ remiksini Ariana Grande bilan birga ijro etgan. 25-iyun kuni Tesfaye Doja Catning uchinchi studiyaviy albomi — Planet Herdagi „You Right“ singlida ishtirok etgan[200]. 22-iyulda u Bellyning See You Next Wednesday nomli uchinchi studiyaviy albomidagi „Better Believe“ singlida Young Thug bilan paydo bo‘lgan[201].

2021–2023-yillar: Dawn FM

Thumb
Tesfayening 2023-yil iyul oyida Parijdagi After Hours til Dawn Tour konsertidagi chiqishi.

2021-yil 2-avgustda Tesfaye ijtimoiy tarmoqlarda yangi musiqadan qisqa parcha bilan bo‘lishgan[202]. U 2021-yil sentyabr sonidagi GQ jurnali muqovasida (birinchi global nashr hisoblangan) paydo bo‘lgan[203][204]. Keyin, NBC Sports va 2020-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari bilan birgalikda Tesfaye „Take My Breath“ singlini e’lon qilgan; trekning oʻzi 6-avgustda chiqarilgan[205][206]. Shu oy davomida u Kanye Westning o‘ninchi studiyaviy albomi — Dondadagi „Hurricane“ trekida paydo bo‘lgan, qo‘shiq 64-„Grammy Awards“ marosimida „Best Melodic Rap Performance“ nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan[207].

2021-yil 4-oktyabrda, Memento Mori dasturining bir epizodida Tesfaye beshinchi studiyaviy albomi tayyorligini va u „hikoyada muhim bo‘lgan bir nechta obrazlarni“ kutayotganini ma’lum qilgan[208]. 18-oktyabrda Tesfaye boʻlajak gastrol safarini e’lon qilgan; dastlab After Hours Tour deb nomlangan ushbu turni stadionlarda o‘tkazish rejalashtirilgan, chunki arenalar cheklovlari mavjud bo‘lgan, va u 2022-yil iyul oyida boshlanishi belgilangan[209]. Turni After Hours til Dawn Tour deb qayta nomlangan va u Tesfayening to‘rtinchi va beshinchi studiya albomlarini o‘z ichiga oladi[210][211].

2021-yil 22-oktyabrda Tesfaye Swedish House Mafianing ilk studiyaviy albomi — Paradise Againdagi „Moth to a Flame“ singlida paydo bo‘lgan[212]. 5-noyabrda u Post Malonening to‘rtinchi studiyaviy albomi — Twelve Carat Toothachedagi „One Right Now“ singlida ishtirok etgan[213][214]. 11-noyabrda u Rosalíaning uchinchi studiyaviy albomi — Motomamidagi „La Fama“ singlida qatnashgan[215][216]. 16-dekabrda Tesfaye FKA Twigsning birinchi miksteypi — Caprisongsdagi „Tears in the Club“ singlida ishtirok etgan[217][218]. Ertasi kuni, 17-dekabrda u Aaliyahning vafotidan keyingi albomi — Unstoppabledagi „Poison“ singlida qatnashgan[219][220].

Tesfaye 2022-yil 7-yanvarda beshinchi studiyaviy albomi — Dawn FMni taqdim etdi[221]. Albom chiqarilgan zahoti Billboard 200 chartida ikkinchi o‘ringa chiqib, 148,000 birlik sotilgan, bu Tesfaye uchun sakkizinchi bor top-10 talikka kirishi va ikkinchi bor albomning no-takroriy ikkinchi o‘rinda boshlashi edi[222][223]. Shuningdek, u Billboard Global 200 chartiga yakkaxon erkak artistning eng ko‘p qo‘shiqlari bir vaqtda kirishi rekordini 24 ta qo‘shigʻi bilan yangilagan[224][225]. Dawn FMni „Take My Breath“ qo‘shig‘idan tashqari, „Sacrifice“ va „Out of Time“ singllari ham qo‘llab-quvvatlagan[226][227]. 26-fevralda Tesfaye The Dawn FM Experience nomli maxsus musiqiy dasturini Amazon Prime Video bilan hamkorlikda taqdim qilgan[228].

Thumb
The Weekndning Universal's Halloween Horror Nights tarkibiga kiruvchi „qoʻrqinchli uyi“.

20-martda Tesfaye The Simpsonsning bir epizodida koʻrinish bergan[229]. 18-aprelda u ikkinchi marta Coachella Valley Music and Arts Festivalda bosh ijrochi tarzida chiqish qilgan, ammo bu safar Swedish House Mafia bilan birga kuylagan[230][231]. 2022-yil 8-iyulda uning Billboard Hot R&B Songs chartidagi eng ko‘p birinchi o‘rindagi qo‘shiqlar rekordini boshqa qo‘shiqchi — Chris Brown yangilagan; Tesfaye 71 qo‘shiq bilan rekordni ushlab turgan boʻlsa, Brown ushbu rekordni 8 ta koʻproq qo‘shiq bilan buzgan[232]. 2022-yil 26-iyulda Tesfaye Universal Studios Florida va Hollywooddagi „qoʻrqinchli uyi“ni tashkil etishini e’lon qilgan, bu tadbir har yili o‘tkaziladigan Universal's Halloween Horror Nights doirasida bo‘ladi[233]. Tesfaye 2022-yil 2-dekabrda Metro Boominning Heroes & Villains albomidagi „Creepin'“ qo‘shig‘ida ishtirok etgan[234]. Uning Avatar: The Way of Water filmi rasmiy saundtreki uchun yaratilgan „Nothing Is Lost (You Give Me Strength)“ qo‘shig‘i 2022-yil 16-dekabrda chiqarilgan.

Tesfayening 2016-yilda chiqargan „Die for You“ qo‘shig‘iga nisbatan bir necha oy davomida yangidan qiziqish uyg‘onishi va uning virusli tarzda qayta mashhur boʻlishi natijasida, chiqarilganidan 6 yil o‘tib, 2022-yilda Billboard Hot 100 chartiga qayta kirib, 6-o‘ringacha koʻtarilishi ortidan, 2023-yil 24-fevralda ushbu qo‘shiqning Ariana Grande bilan remiksi chiqarilgan. Remiks ularning to‘rtinchi hamkorligi bo‘lgan[235][236]. 2023-yil 11-martdagi Billboard Hot 100 chartida remiks birinchi o‘ringa chiqdi va bu ikki artist uchun yettinchi charttopperga aylandi[237]. 2023-yil 27-fevralda, remiks muvaffaqiyati ortidan, Tesfaye Spotifyda oylik tinglovchilar sonini 100 milliondan oshirgan birinchi artist bo‘ldi[238].

2023-yil 3-martda Tesfaye ilk jonli albomi — Live at SoFi Stadiumni taqdim etdi[239]. Albom uning HBO uchun suratga olingan shu nomli konsert filmining ovoz yozuvlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, After Hours til Dawn Tourning Shimoliy Amerika bosqichidagi so‘nggi, SoFi Stadiumdagi konsertining ovozi yozib olingan. Shundan so‘ng, u 2023-yil 29-aprelda chiqarilgan Mike Dean albomi — 4:23'dagi to‘rtta qo‘shiqda — „Artificial Intelligence“, „Defame Moi“, „More Coke!!“ va „Emotionless“da ishtirok etgan. 2023-yil may oyida Tesfaye „The Weeknd“ taxallusidan voz kechib, konsertlarda oʻz ismi ostida chiqish qilish yoki umuman yangi taxallus qabul qilish niyatida ekanini bildirgan. U shuningdek, yangi albomi ehtimol „The Weeknd“ nomi ostida chiqadigan uning „so‘nggi ishi“ bo‘lishini ham tushuntirgan[240].

2023-yil–hozir: The Idol va Hurry Up Tomorrow

Thumb
Tesfaye 2023-yilgi Cannes kinofestivalida.

Tesfaye HBO teleseriali — The Idolni Sam Levinson bilan birgalikda yaratgan va unda Lily-Rose Depp bilan birga bosh rollardan birini ijro etgan. Serial 2023-yil Cannes kinofestivalida tanlovdan tashqarida taqdim etilgan bo‘lib, sahnadagi yalang‘ochlik va jinsiy mazmunning ochiq tasviri tufayli katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Serial tanqidchilar tomonidan koʻproq salbiy sharhlar olgan. The Hollywood Reporter nashri serialning ayblovlarni tasdiqlashini yozib: „Biznesning mizoginik va vaxshiy tabiati nozik tarzda tanqid qilinishi o‘rniga, The Idol toksik erkakning xayoliy dunyosidagi taqiqlangan sevgi hikoyasiga aylandi“ deb ta’riflagan va uni „transgressiv emas, regressiv“ deb atagan[241]. Uning aktyorlik ijrosi salbiy baholangan, The Playlist tanqidchisi Robert Daniels shunday yozgan: „Tesfaye ham juda yomon aktyor. Unda oʻziga ishonch, jiddiylik, xarizma va oʻziga xos tarovat yetishmaydi, shunday qilib, Jocelynning unga jalb bo‘lish ehtimolini oshira olmaydi. Ko‘pgina sahnalarda Tesfaye yoki zaif yoritilgan qorong‘ulik ortiga, yoki e’tiborni chalg‘ituvchi kadrlar yordamida yashiriladi, bir nechta sahnalarda esa Tesfaye o‘z ovozi bilan emas, balki keyinchalik studiyada qayta yozilgan dialog bilan namoyon bo‘lgan“[242]. 2023-yil 28-avgustda HBO The Idolni bir mavsumdan so‘ng bekor qilgani haqida e’lon qildi[243].

2023-yil 8-iyun kuni The Weeknd The Idoldan olingan musiqalarni o‘z ichiga olgan EPlar seriyasini e’lon qildi. Dastlab saundtrek albomi sifatida rejalashtirilgan ushbu EPlar har bir epizod premyerasidan so‘ng chiqarildi va ularda Future, Playboi Carti, Madonna, Lil Baby, Lily-Rose Depp hamda Janubiy Koreyaning Blackpink qizlar guruhidan Jennie bilan hamkorliklar mavjud edi[244]. Keyinchalik iyun oyida unga Kinematografiya sanʼati va fanlari akademiyasidan a’zo bo‘lish taklifi keldi[245].

21-iyulda Tesfaye Travis Scottning to‘rtinchi studiyaviy albomi — Utopiadagi asosiy singli „K-pop“da ishtirok etdi[246], shuningdek, Scott albomidagi boshqa trek „Circus Maximus“da ham qatnashdi. 15-sentabrda u Diddyning singli „Another One of Me“da ishtirok etdi, buni o‘zining „oxirgi featuring qoʻshigʻi“ deb atadi[247][248], garchi 2024-yilda Metro Boomin va Future bilan bir nechta hamkorliklar chiqargan bo‘lsa ham.

2023-yil 2-dekabrda Fortnite, The Weeknd Fortnite Festival o‘yin rejimi uchun bosh yulduz sifatida ishtirok etishini va uning kostyumlariga 9-dekabrdan ega boʻlish mumkinligini eʼlon qildi. Kostyumlarning uch xil varianti mavjud edi: After Hours uchun reklama materiallarida ko‘rsatilgan qizil kostyum, 2022-yilgi Coachella chiqishidagi libos, va After Hours til Dawn Tour paytida kiygan ikkita kostyum[249].

2022-yilda Tesfaye Dawn FM albomi davomchisi haqida birinchi bor xabar bergan va muxlislariga Twitterda „[I] wonder... did you know you're experiencing a new trilogy?“ deya tvit qoldirgan[250]. 2024-yil 8-yanvarda u navbatdagi albomga ishora qilib, avvalgi ikki albomi muqovasi yoniga oq rangli soʻroq belgisi bor qora fonli suratli post joylagan[251]. 2024-yil 22-martda u Future va Metro Boominning birgalikdagi We Don't Trust You albomidagi „Young Metro“ qo‘shig‘ida, shuningdek, We Still Don't Trust You albomidagi bir nechta treklarida ishtirok etgan[252].

2024-yil 17-iyulda Tesfaye Braziliyaning São Paulo shahrida 2024-yil 7-sentyabrga mo‘ljallangan bir kechalik konsertni e’lon qilgan[253]. U konsertdan uch kun oldin yangi oltinchi albomning nomi Hurry Up Tomorrow boʻlishini e’lon qilgan[254][255]. Albom 2025-yil 31-yanvarda chiqdi[256]. Shuningdek, u Trey Edward Shults tomonidan rejissyorlik qilingan Hurry Up Tomorrow (2025) filmida Jenna Ortega bilan birga bosh rolni ijro etgan. Film 2025-yil may oyida namoyish etilgan va tanqidchilar tomonidan salbiy kutib olingan[257]. The New York Timesdan Brandon Yu psixologik trillerni „faqat uslub, mazmun yo‘q“ deb ta’riflagan[258]. IndieWire nashridan Charlz Bramesko ssenariy va Tesfayening aktyorlik mahoratini tanqid qilib, ularni “taqlidiy va bo‘sh ijro uslublari, xuddi yomon aktyorning yaxshi ijro haqidagi turli tushunchalari kabi” deb ta’rifladi[259]. Entertainment Weekly nashridan Jordan Hoffman butun filmni shunday izohladi: “deyarli syujetsiz film, o‘zini oʻzi maqtashga asoslangan, ortiqcha darajada jiddiy va eng yomoni, juda zerikarli”[260]. IndieWire uni “o‘zini tasvirlovchi eng yomon loyihalaridan biri” deb atadi[261].

Remove ads

Ijodiy faoliyati

Taʼsir

Thumb
Thumb
Thumb
Tesfaye Michael Jackson, Prince, va R. Kellyni asosiy musiqiy ilhom manbalari sifatida keltiradi.

Tesfaye asosiy musiqiy ilhom manbalari sifatida Michael Jackson, Prince va R. Kellyni tilga olgan[262]. Jacksonning musiqasi uni qo‘shiqchi bo‘lishga ilhomlantirganini ta’kidlab, buning misoli sifatida „Dirty Diana“ qo‘shig‘ining so‘zlarini keltirgan[16]. Uning baland ovozli ijro uslubi esa Aster Aweke kabi efiopiyalik qo‘shiqchilardan oʻzlashtirgan[16]. U turli musiqiy janrlarini, jumladan, soul, hip hop, funk, indie rock va post-punkni tinglab o‘sgan[263]. Tesfaye 1980-yillar musiqasidan katta ta’sir olgan va bunga sababchi deb Grand Theft Auto: Vice City (2002) videooʻyinini aytadi[264]. „Men tug‘ilishimdan oldingi davrga doimo hurmat bilan qaraganman“, degan u Billboardga bergan intervyusida. “Hatto birinchi miksteypimdan ham buni sezish mumkin: 80-yillar – Siouxsie and the Banshees, Cocteau Twins mening treklarimda juda katta rol o‘ynaydi”[265].

Tesfaye House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence miksteyplarini yaratish jarayonida Deftonesni o‘z ilhom manbalaridan biri deb atagan[266]. Shuningdek, u Lana Del Rey[267], David Bowie[268], The Smiths, Bad Brains, Talking Heads, DeBarge[269], 50 Cent, Wu-Tang Clan[270][271] va Eminemni ham o‘z ilhom manbalari sifatida keltirgan[272][273]. 2021-yilda Daft Punk ajralishini e’lon qilganida, Tesfaye Variety bilan intervyuda ularni maqtadi: “Ular mening musiqiy faoliyatimning sabablaridan biridir, shuning uchun ularni boshqa odamlar bilan solishtirib bo‘lmaydi...”[274].

Prodyuserlik va qoʻshiq yozish

Tesfayeʼning qoʻshiqlari „tumanli, xira, kechki“ ohang asosida yaratilgan bo‘lib[275], ohista temp[276], gumburlovchi bas va mungli aks-sado bilan ajralib turadi[15]. Uning musiqasi R&B yo‘nalishidagi prodyuserlikda odatiy bo‘lmagan sempllarni o‘z ichiga oladi; ular orasida punk, shoegaze, dream-pop va alternativ rok kabi janrlar ham bor[277]. Spin jurnali tanqidchisi Marc Hogan ta’kidlaganidek, Tesfaye odatda rok tanqidchilari tomonidan e’tirof etilgan manbalardan sempl oladi, biroq bu manbalar ko‘pincha uning musiqasiga xos bo‘lgan jinsiy joziba va xavf unsurlarini allaqachon o‘zida mujassam etgan bo‘ladi; bularga misol sifatida Beach House, Siouxsie and the Banshees hamda Aaliyah kabi ijodkorlarning asarlarini misol qilish mumkin[278]. Tesfaye, asosan, prodyuserlar Illangelo va Doc McKinney bilan ishlagan; Pitchfork nashri tanqidchisi Ian Cohen ularni ijodkor bilan birgalikda “zamonaviy R&B andozasini” yaratgan deya e’tirof etgan[276]. Jonli chiqishlarda Tesfaye o‘zining raqamli musiqalarini bir-biriga silliq o‘tishlar orqali bog‘lab, katta rok konsertlariga xos dramatik estetikada qayta ijro etadi[15].

Uning hissiyotli va mungli so‘zlari ko‘pincha iztirob tuyg‘usini ifodalaydi hamda jinsiy hayot[275], giyohvandlik va bazmlar kabi mavzularni yoritadi; bu ayniqsa After Hours va House of Balloons albomlarida yaqqol namoyon bo‘ladi[15]. The Guardiandan Hermione Hoby, Tesfayening qo‘shiqlarini “giyohvand holatdagi sekin ohanglar” sifatida ta’riflaydi va ularning mazmunini quyidagicha izohlaydi: bazmlar ekzistentsial tajribani ifodalaydi, jinsiy aloqa begonalik hissi bilan toʻlib-toshgan, qolgan hamma narsa esa g‘ayrihaqiqiy va mushkul tarzda aks etadi[275]. The Guardian nashrining yozuvchisi Paul MacInnes Tesfayening uchta miksteypini “bazm, bazmdan keyingi kecha va mastlikdan keyingi tushkunlikdan iborat yo‘nalish” sifatida tasvirlaydi[279]. Tesfaye ta’kidlashicha, u qo‘pol va uyatsiz so‘zlarni nafis, jozibali uslubda kuylash orqali R. Kellyga va Princega taqlid qiladi[280].

Ovoz va musiqiy uslub

Tesfaye ko‘pincha falsetto uslubida kuylaydi[281]. J. D. Considine uning ovozidagi titroq ohangni Michael Jacksonnikiga o‘xshatadi, biroq Tesfaye Jacksonning bluesga tayangan uslubidan voz kechib, arab musiqasidan ilhomlangan melizmlarga ko‘proq murojaat qiladi[277]. Tesfaye keng diapazonga ega yengil lirik tenor ovoz sohibidir; uning ovozi uch oktavadan ortiqni qamrab oladi. Diapazonning eng past nuqtasi F2, eng yuqorisi esa G♯5 notalariga yetadi. Uning tabiiy tessiturasi to‘rtinchi oktavaning yuqori qismida joylashgan[282][283]. Tesfaye ko‘pincha bosh ovozidan foydalanib, rezonansni kuchaytiradi va beshinchi oktavadagi baland notalarni kuchli jarang bilan kuylaydi[283]. Uning vokalida esa Efiopiya ohangini eslatadigan xususiyat mavjud. Pitchfork nashri muallifi Hannah Giogis ta’kidlaydiki, Tesfayening o‘ziga xos vibratosi (ijodining katta qismini egallagan dardli, nolali ohang) uzoq tarixga ega efiop musiqiy an’analari, ya’ni azobli sog‘inchga asoslangan merosdan ildiz oladi. Ovozni titroq og‘riq bilan to‘ldirish — romantik bo‘ladimi yoki boshqacha, Efiopiya musiqiy an’analarining o‘ziga xos belgilaridan biridir[284]. 2023-yilda Rolling Stone jurnali The Weekndni barcha davrlarning eng buyuk 200 nafar xonandasi ro‘yxatida 110-o‘ringa qo‘ydi[285].

Tesfayening diskografiyasi pop, R&B, hip hop, dance, alternativ rok va new wave janrlarini qamrab oladi[286]. Uning ijodi odatda alternativ R&B sifatida tasniflanadi, chunki u indie va elektron uslublarni qo‘shish orqali bu janrning musiqiy doirasini kengaytirgan[287][288]. Tesfaye 2015-yilda Time jurnaliga bergan intervyusida „alternative R&B“ haqida shunday degan edi: „Alternativ R&B mening qalbimda — u yo‘qolmaydi. 2010-yilda House of Balloons albomidagi qo‘shiqlarni chiqarganimda, odamlar „u R&B'ni yana jozibador qildi“, deb aytishgan. Menimcha, o‘shanda bu atama paydo bo‘lgan. Bugungi musiqaning katta qismi bu yo‘nalishdan — ongli yoki ongsiz ravishda — ilhom olayotgani men uchun sharaf. Bunga faqat jasorat va katta orzular bilan erishish mumkin edi“[289]. Tesfayening dastlabki uchta miksteypi — House of Balloons, Thursday va Echoes of Silence alternativ R&B yo‘nalishidagi loyihalardir. Ular dream pop, post-punk va trip hop kabi uslublardan, shuningdek boshqa yo‘nalishlardan ham ilhom olgan[290][291]. Tesfayening birinchi studiyaviy albomi — Kiss Land R&B va dark wave janrlariga mansub hisoblanadi[292]. Keyingi uchta albom — Beauty Behind the Madness, Starboy va After Hours — R&B va pop yo‘nalishiga kiradi; Starboy trap musiqasi ta’siriga boy[293][294], After Hours esa new wave va dream pop uslublaridan ilhom olgan[295][296]. Tesfayening beshinchi, Dawn FM nomli studiyaviy albomi dance-pop va synth-pop janrlarida yaratilgan[297][298].

Remove ads

Nizolar va bahs-munozaralar

Dushmanlik

Avval musiqiy sanoatda do‘st bo‘lgan Tesfaye va Drake o‘rtasidagi nizo 2019-yilda boshlangan; u vaqtda Tesfaye, sobiq sevgilisi Bella Hadid bilan Drakening do‘stligini qabul qila olmagan[299]. Nizo, ayniqsa, Tesfaye Drakening o‘g‘lini ommaviy axborot vositalaridan yashirganligi haqidagi taxminlarni, Gesaffelstein bilan birga ijro etilgan „Lost in the Fire“ qoʻshigʻida qayta eslatganida kuchaygan[300]. Ular 2022-yilda[301], Drake Tesfayening oʻz qoʻshiqlarini Grammy mukofoti nominatsiyalariga topshirmaslik qarorini himoya qilganidan bir yil o‘tgach, oʻzaro adovatni tugatishdi[302]. Ammo 2024-yil 22-martda nizo qayta boshlangan; bu Tesfaye Future va Metro Boomin bilan hamkorlikdagi We Still Don't Trust You albomidagi „All to Myself“ qo‘shig‘ida qatnashganida sodir bo‘lgan. U bu qo‘shiqda „qalbini shaytonga sotmaganidan faxrlanishini“ deb kuylagan, bu esa Drakening leybli — OVO Soundga ishora edi[303]. Keyinchalik, Drake ham Tesfayeni Metro Boomin va Kendrick Lamar bilan davom etayotgan nizosida o‘zining javob tarzidagi diss treklarida „eslab oʻtadi“[304].

Tesfayening, shuningdek, qo‘shiqchi Usher va reper Lil B bilan kichik nizolari boʻlgan[305][306].

Plagiat ayblovlari

2015-yil dekabr oyida Tesfayega nisbatan Cutting Edge Music kompaniyasi tomonidan da’vo qo‘zg‘atilgan; kompaniya iddaosida, „The Hills“ qo‘shig‘ining bass chizigʻi 2013-yilgi ilmiy fantastika filmi The Machine musiqasidan olingani aytilgan[307]. Aytilishicha, qo‘shiqning produserlaridan biri film musiqasining bastakori Tom Raybouldga saundtrekdan sempl olinishi haqida xabardor qilish uchun shaxsiy Twitter xabarini yuborgan[308]. 2018-yil sentabr oyida Tesfaye va Daft Punk „Starboy“ qo‘shig‘ining ritmini efiopiyalik shoir va qo‘shiqchi Yasminahdan o‘g‘irlaganlikda ayblanib, sudga berilgan[309]. Tesfaye bu ayblovni rad qilgan[310].

2019-yil aprel oyida Tesfayega britaniyalik trio — William Smith, Brian Clover va Scott McCulloch sud da’vosi qo‘zg‘atgan; ular Tesfayeni „I Need to Love“ qo‘shig‘ini plagiat qilganlikda, ya’ni mualliflik huquqini buzganlikda ayblab, o‘z qo‘shig‘i „A Lonely Night“ni yaratganini iddao qilgan. Ular Tesfaye va Bellydan 150,000 dollar talab qilishgan. 2019-yil avgust oyida sud da’voni qisqa tartibda rad qilgan, lekin uni qayta ko‘rib chiqish imkoniyati qoldirilgan; sud shuni belgiladiki, da’vogarlar Tesfaye yoki „A Lonely Night“ yaratishda ishtirok etgan boshqa shaxslarning ularning qo‘shig‘iga noqonuniy tarzda egalik qilganini yoki asarlar sezilarli darajada o‘xshashligini isbotlay olmagan[311]. 2019-yil sentabrda da’vogarlar ikkilamchi mualliflik huquqi buzilishiga asoslangan yangilangan da’voni topshirgan va bu ish hali ham sudda ko‘rib chiqilmoqda[312][313].

2020-yil fevral oyida Tesfaye va Kendrick Lamarga hozirda faoliyati to‘xtatilgan indie guruhi Yeasayer tomonidan sud da’vosi qo‘zg‘atilgan; ular iddao qilganicha, „Pray for Me“ qo‘shig‘i ularning „Sunrise“ qo‘shig‘idan ruxsatsiz sample olgan[314]. O‘sha yilning oxirida Yeasayer sud da’vosini ixtiyoriy ravishda bekor qilgan[315]. 2021-yil sentabr oyida Tesfaye, Nicolás Jaar va Frank Dukes mualliflik huquqini buzganlikda, produserlar Suniel Fox va Henry Strange tomonidan sudga berilgan; ular iddao qilganicha, „Call Out My Name“ qo‘shig‘i ularning 2015-yilgi „Vibeking“ trekiga „hayratlanarli darajada yoki sezilarli darajada o‘xshash, hatto bir xil“[316][317].

Gomofobik matnlar bo‘yicha da’volar

2019-yil yanvar oyida Tesfaye va Gesaffelsteinning „Lost in the Fire“ qo‘shig‘idagi ba’zi so‘zlari sababli tanqid qilingan. Qoʻshiqning ikkinchi kupleti:

You said you might be into girls
Said you're going through a phase
Keeping your heart safe
Well, baby, you can bring a friend
She can ride on top your face
While I fuck you straight

sababli u gomofobiklikda, biseksuallikni fantaziya qiluvchi tarzda ko‘rsatishda va LGBTQ+ jamiyati a’zosi bo‘lgan shaxsni „to‘g‘ri“ga aylantirish mumkin degan yolg‘on tushunchani tarqatishda ayblangan[318][319]. Tesfaye bahsli masalani After HoursdagiSnowchild“ qo‘shig‘ida quyidagi satrlar bilan nozik tarzda eslab oʻtadi:

Every month another accusation
Only thing I'm phobic of is failing[320][321]

Remove ads

Shaxsiy hayoti

Abel 2015-yil boshida Bella Hadid bilan uchrashishni boshladi; juftlikni birinchi marta aprel oyida Coachellada birga koʻrishgan[322][323]. Hadid 2015-yil dekabr oyida Abelning „In the Night“ klipida suratga tushgan. Ular, shuningdek, 2016-yil fevral oyida Grammy marosimida juftlik sifatida qizil gilamda paydo boʻldi[324]. 2016-yil 13-noyabrda bir yarim yillik munosabatlardan soʻng juftlik ajralishga qaror qilgani maʼlum boʻldi[325]. 2017-yil yanvar oyida Abel qoʻshiqchi Selena Gomez bilan ishqiy uchrashuvda koʻrindi[326]. U qoʻshiqchi bilan 2017-yilning noyabrigacha munosabatda boʻlgan, oʻsha vaqtda rasmiy manbalar juftlik ajralishganini eʼlon qilgan. Gomes bilan ajrashgandan soʻng, musiqachi Bella Hadid bilan munosabatlarni qayta tiklashga urinib koʻrdi. 2018-yil may oyidan Abel va Bella yana birga boʻlishdi. Ammo 2019-yil avgust oyida juftik band grafik tufayli yana ajralishdi.

Huquqiy masalalar

2015-yil yanvar oyida Tesfaye Las-Vegas politsiyasi xodimi bilan mushtlashgani uchun hibsga olingan[327]. U aybiga eʼtiroz bildirmadi va 50 soatlik jamoat ishlariga hukm qilindi[328].

Remove ads

Xayriya

2014-yilda professional mahorat uchun Bikila mukofoti bilan taqdirlanganidan soʻng, Tesfaye Toronto universitetiga Efiopiyaning klassik tili boʻlgan geez tili boʻyicha yangi kursni moliyalashtirish uchun taxminan 50 ming Kanada dollari xayriya qildi[329]. 2016-yil may oyida, pravoslav Pasxasi paytida, Tesfaye bolaligida qatnagan Torontodagi St. Mary Efiopiya pravoslav Tewahedo cherkoviga 50 ming Kanada dollari xayriya qildi[330][331]. 2016-yil avgust oyida u Toronto universitetidagi yangi Efiopiya taʼlim dasturini moliyalashtirdi[332].

2017-yil iyunda Tesfaye Ugandaning Budondo shahridagi Suubi tibbiy markaziga (homilador ayollar va bolalar klinikasi) $100,000 miqdoridagi mablagʻni xayriya qilgan. U French Montananing Suubi va Uganda xalqi haqidagi maʼlumotlar bilan boʻlishuvchi Global Citizen va Mama Hope bilan ishlashini bilganidan keyin bu ishni amalga oshirgan[333].

2020-yil aprel oyida Tesfaye yuz uchun notibbiy niqoblarni taqdim etdi, undan tushgan mablagʻlar esa MusiCares – COVID-19 ga chalinganlarga yordam fondiga oʻtkazilgan, fond Recording Academy tomonidan ochilgan boʻlib, u COVID-19ga chalingan musiqachilarga yordam berish bilan shugʻullangan[334]. Bundan tashqari, Abel MusiCares va Scarborough sogʻliqni saqlash tarmogʻi hisoblariga 500 ming Kanada dollaridan oʻtkazib bergan[335].

2016-yil avgust oyida Tesfaye Qoʻshma Shtatlardagi politsiya shafqatsizligi haqidagi koʻplab xabarlardan soʻng Black Lives Matter global fondiga 250 ming AQSH dollari xayriya qildi[336][332][337]. 2020-yil may oyida George Floydning oʻldirilishi va undan keyingi noroziliklardan soʻng Abel Black Lives Matter, National Bail Out va Colin Kaepernickning Know Your Rights Camp tashkilotlariga 500 ming AQSh dollari miqdorida xayriya qildi[338]. Shundan soʻng u boshqa musiqiy rahbarlar, yirik musiqa yozish leybllari va striming xizmatlarini xayriya qilishga chaqirdi[339][340].

2020-yil 7-avgustda Tesfaye TikTok ijtimoiy tarmogʻida interaktiv virtual „Weeknd Experience“ konsertini oʻtkazdi, uni jami 2 million odam tomosha qildi, bir vaqtda 275 ming kishi tingladi. Konsertdan ishlangan 350 ming AQSh dollari Equal Justice Initiativega oʻtkazildi. Shuningdek, u Bayrutdagi portlashdan jabrlanganlarni qoʻlab-quvvatlash maqsadida 300 ming dollar xayriya qildi[341][342]. 2-noyabr kuni Toronto universiteti oʻzining yangi Efiopiya dasturi uchun yigʻilishi kerak boʻlgan 500 ming Kanada dollari yigʻilganini eʼlon qildi, undan 30 ming dollari Abelga tegishli edi[343]. 2021-yil may oyida u 2021-yilgi Isroil-Falastin inqirozi chogʻida halok boʻlgan tinch aholiga chuqur hamdardlik bildirgan mashhurlar qatorida edi[344][345]. 23-sentabr kuni Tesfaye Black Music Action Coalition tomonidan oʻtkazilgan ilk Music in Action Awardsda Quincy Jones gumanitar mukofoti bilan taqdirlandi[346].

2024-yil 9-yanvar kuni Tesfaye School on Wheels Inc. notijorat tashkiloti bilan ming nafar uysiz oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kelishuvga erishdi[347].

Jahon oziq-ovqat dasturi elchiligi

2021-yil 4-aprel kuni Abel BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi orqali Efiopiyadagi Tigray urushi ortidan jabr koʻrgan aholiga yordam uchun 1 million AQSh dollari miqdorida xayriya qilganini eʼlon qildi[348]. 9-iyunda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi maʼmuri Samantha Power bilan uchrashib, Tigray urushidan kelib chiqqan gumanitar inqirozni muhokama qildi[349]. 7-oktyabr kuni Tesfaye BMTning Jahon oziq-ovqat dasturidagi yaxshi niyat elchisi etib tayinlandi[350][351]. 2022-yil 3-martda u WFP bilan hamkorlikda XO gumanitar fondini ishga tushirdi. Ushbu fond orqali Tesfaye 500 000 AQSH dollari miqdoridagi xayriyadan tashqari, „After Hours til Dawn Tour“da sotilgan har bir chiptadan 1 AQSh dollari oziq-ovqat dasturiga xayriya qilindi[352]. XO gumanitar jamgʻarmasidan 2,5 million AQSh dollari oziq-ovqat dasturining Gʻazo sektoridagi gumanitar yordam harakatlariga ajratildi, 2023-yilgi Isroil va Hamas oʻrtasidagi urushdan jabrlanganlar toʻrt million shoshilinch ovqat bilan taʼminlandi[353][354].

Remove ads

Diskografiya

Studiyaviy albomi

Konsert turlari

Tur egasi sifatida

  • The Fall Tour (2012)
  • The Kiss Land Fall Tour (2013)
  • King of the Fall Tour (2014)
  • The Madness Fall Tour (2015)
  • Starboy: Legend of the Fall Tour (2017)
  • The Weeknd Asia Tour (2018)
  • After Hours til Dawn Tour (2022–)

Mehmon sanʼatkor sifatida

  • Florence and the Machine – Ceremonials Tour (2012)
  • Justin Timberlake – The 20/20 Experience World Tour (2013)
  • Drake – Would You Like a Tour? (2014)

Tur aʼzolari

  • Patrick Greenaway – yetakchi gitarachi (2012–hozir), sintezator (2020-hozir)
  • Ledaris „LJ“ Jones – bass, klavishlar (2013–hozir)[d]
  • Ricky Lewis – baraban (2011–hozir)
Remove ads

Izohlar

  1. Efiopiyaliklar familiya ishlatmaydilar; ular odatda otasining ismini familiya sifatida qabul qiladilar. Shu bois, „Makkonen“ an’anaviy tarzda uning familiyasi hisoblanadi, „Tesfaye“ esa bobosining ismini anglatadi.
  2. Tesfaye tug‘ilgan paytda Toronto va Scarborough alohida shaharlar edi; 1998-yilda esa Scarborough Torontoga qo‘shib yuborilgan.
  3. Tesfayening biologik ota-onasi hech qachon turmush qurmagan. 2020-yil noyabr oyida Tesfaye Toronto universitetining efiop tili dasturiga xayriya qilganida, uning onasining to‘liq ismi Samrawit Hailu sifatida keltirilgan.[14]
  4. Jones After Hours til Dawn Tourning (2023) Yevropa va Lotin Amerikasi safarlarida qatnasha olmagan.
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads