Hulkar Abdullayeva
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Hulkar Abdullayeva (1983-yil 1-yun, Urganch, Xorazm viloyati, OʻzSSR, SSSR) – taniqli oʻzbek ashulachisi. Xorazm qoʻshiqlarining kuychisi. „Nihol“ mukofoti sovrindori (2006).
- Vikipediyada ismi Hulkar va familiyasi Abdullayeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Remove ads
Hayoti
Hulkar Abdullayeva 1983-yil 1-yunda Xorazmning Urganch shahrida tugʻilgan[1][2]. 1990–1998-yillarda Urganchning Mirzo Ulugʻbek nomidagi 19-sonli maktabida oʻqigan. Onasi uni kelajakda raqqosa boʻlishini istab, 1993-yili 10 yoshida Oʻzbekiston xalq artisti Gavhar Matyoqubova boshchiligidagi „Meros“ ansambliga bergan. U ansambl qizlari bilan qator konsertlarda Xorazm raqslarini ijro etagan. 1998–2001-yillarda bank kollejida oʻqishini davom ettirgan. Bu davrda u ansambldagi mashgʻulotlarini ham toʻxtatib qoʻymagan. 2000-yilda kollej oʻquvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan koʻrik–tanlovda raqs yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, laureat boʻlgan. Bundan tashqari u Oʻzbekistonda oʻtkazilgan koʻplab koʻrik-tanlovlarda oʻzining qoʻshiqlari va raqslari bilan ishtirok etgan[3].
Xonanda 2006-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasiga oʻqishga kirgan[3] va shu yili „Nihol“ mukofoti sovrindoriga aylangan. Uning sanʼatdagi faoliyatida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Rahmatjon Qurbonov, Oʻzbekiston xalq artistlari Kommuna Ismoilova, Gavhar Matyoqubova va Zamira Suyunovalar ustozlik qilishgan.
2016-yilda isroillik Shani Avraham ismli qoʻshiqchi uning „Lazgi“ deb nomlangan qoʻshigʻini aytgan va shu qoʻshiqning klipidagidek Hulkar Abdullayevaga oʻxshab raqsga tushgan[4][5].
Shaxsiy hayoti
Hulkar Abdullayevaning 2 qizi va 1 ta oʻgʻli bor[6].
Remove ads
Qoʻshiqlari
Remove ads
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads