Isis

From Wikipedia, the free encyclopedia

Isis
Remove ads

Isis (misrcha: js.t, qadimgi yunoncha: Ἶσις, lotincha: Isis) Misr mifologiyasida uchraydigan maʼbudadir. U oy maʼbudasi oʻlaroq tanilgandir. Hayot va sehr maʼbudasi sifatida, u ayollar va bolalarni muhofaza qiladi, kasallarga esa shifo bagʻishlaydi. Shuningdek, u Qadimgi Misrning eng buyuk maʼbudalaridan biri hisoblanadi.

Qisqa faktlar Nomi iyerogliflarda, Asosiy ibodat ...

Uning ramzlari — anx, qanotlari hamda bosh kiyimi. U hayot, oʻlim va hosildorlik xudosi sanalmish Osirisning singlisi va rafiqasi boʻlgan. Ularning Horus ismli farzandi ham boʻlgan.

Remove ads

Misrda

Thumb
Ayol haykali, ehtimol Isis motam holatida (mil. avv. 1415-asr)

Roli

Osirisning vafoti va tirilishi haqidagi mif sikli ilk marotaba Piramida yozmalarida uchraydi hamda butun Misr miflarining eng mufassal va taʼsirlisiga aylandi.[4] Isis ushbu mifda boshqa bosh qahramonlarga qaraganda ancha faol rol oʻynaydi, shu sababdan u Yangi Qirollikdan (miloddan avvalgi 15501070-yillar) to Ellinistik davrgacha (miloddan avvalgi 30530-yillar) adabiyotlarda rivojlanib, barcha Misr maʼbudalari orasida eng murakkab adabiy qahramonga aylandi.[5] Shu bilan bir qatorda, u boshqa maʼbudalarning oʻziga xos xususiyatlarini oʻzlashtirdi, bu uning taʼsirini Osiris mifi tashqarisida ham kengayishiga xizmat qildi.[5]

Remove ads

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads