Iso Masih
Qurʼonda tilga olingan paygʻambar From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Iso, Iso Masih, Iso ibn Maryam (arabcha: عيسى ابن مريم) – Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Islomda Muhammad paygʻambardan oldingi paygʻambar sifatida alohida eʼzozlanadi.
![]() | Ushbu sahifani Isoga qayta nomlash taklif etiladi.
Sababi: Eng birinchi nomi Biror maqolani qayta nomlashga taklif qilishda, iltimos, andozasidan foydalaning. Havolalar: koʻchirish qaydlari • taklif etilgan nomga koʻchirish |
Bu maqola nasroniylik dini paygʻambari Iso Masih haqidadir. Ushbu shaxsiyat haqida nasroniy nuqtai nazaridan oʻqish uchun, qarang: Iisus Xristos.
Qurʼonda, shuningdek, Al-Masih („xudo yarlaqagan「), Ibn Maryam („Maryamning oʻgʻli「), Abdulloh („Allohning quli「), Rasululloh („Allohning elchisi「), Allohning muqarrabi (yaqini), Haqni soʻzlovchi, deb taʼriflanadi. Isoga Injil nozil qilingan. Qurʼonga koʻra, Iso – Allohning oʻgʻli emas, Xudo ham emas.
Iso – Allohning bandasi va bokira qiz Maryamdan moʻjiza bilan tugʻilgan. Alloh unga „Bani Isroil「 qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambarlik darajasini iroda etdi. Iso odamlarni oʻz taʼlimotiga ergashishlariga daʼvat qildi. Yahudiylarni notoʻgʻri yoʻllardan qaytarib, ularga halol va haromni tushuntira boshladi. Oʻzidan keyin Ahmad (yaʼni Muhammad) nomida bir paygʻambar boʻlishi bashoratini ham yetkazdi[1].
Remove ads
Yana qarang
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads