Joel Kojo
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Joel Kojo (inglizcha: Joel Kojo, 1998-yil 21-avgustda tugʻilgan) – Ganalik professional futbolchi. Hozirda Qirgʻiziston fuqarosi Eronning „Istiqlol「 klubi va Qirgʻiziston terma jamoasida hujumchi ampulasida oʻynaydi.
Remove ads
Futbolchilik faoliyati
Kojo oʻz vatani, Ganada „KK Adonteng「 jamoasida oʻynagan[2]. 2017-yilgi mavsumda Qirgʻizistonning „Alay「 (Oʻsh) klubiga oʻtgan va 2018-yilgi mavsum yakunida 26 gol[3] bilan Qirgʻiziston chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Kojo shuningdek, Alay jamoasi bilan vitse-chempion boʻlgan va Qirgʻiziston kubogi finaliga qadar yetib borgan. Alay jamoasi bilan OFK kubogi oʻinlaridan ishtirok etgan.
2021-yilning yanvarida Qirgʻizistonning boshqa bir jamoasi, Bishkekning „Dordoy「 klubiga oʻtgan[4]. Kojo 2022 yilgi mavsumni klubning eng yaxshi toʻpurari sifatida yakunladi, ligada 10 ta va Qirgʻiziston Superkubogida bir marta gol urdi . Dordoy jamoasi safida 2 mavsum davomida oʻynagan va 39 oʻyinda 15 ta gol muallifi boʻlgan. 2023-yilning yanvarida klubni tark etgan[5][6].
2023-yilgi mavsumda Oʻzbekiston Pro ligasi ishtirok etgan Samarqandning „Dinamo「 klubi bilan shartnoma imzolgan[7][8]. 2023-yil 29-mart kuni Kojo Samarqandning „Dinamo「 jamoasi safida Namanganning „Navbahor-2「 klubiga qarshi oʻyinda (3:0) xet-trik qayd etgan[9]. Mavsum davomida Samarqand jamoasi safida 23 ta oʻyinda ishtirok etgan va 14 ta gol muallifi boʻlgan[10].
Oʻzbekiston Superligasining 2024-yilgi mavsumida ham „Dinamo「 jamoasining asosiy futbolchilaridan boʻlgan. 2024-yil aprel oyida oyning eng yaxshi futbolchi boʻlishi uchun davogarlar roʻyxatiga kirgan[11]. Superliga 2024-yiligi mavsumining oʻrtasida Kojo „Dinamo「 klubi bilan 2025-yil yakuniga qadar shartnoma imzolagan[12]. 2024-yilgi yozgi transferlar oynasida Eronning „Istiqlol「 klubidan transferini sotib olish taklif boʻladi, ammo „Dinamo「 klubining bosh direktori Dilshod Sharofutdinov forslarning bu taklifiga rad javobini beradi[13].
Joel Kojo 2024-yil yakunlari boʻyicha Qirgʻiz Respublikasining eng yaxshi futbolchisi deb topiladi[14]. Oʻzbekiston Superligasining 2024-yiligi mavsumi yakunlangach Joel Kojo „Dinamo「 bilan xayrlashadi. Eronning „Istiqlol「 klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolaydi[15]. Kojo „Dinamo「 safida barcha turnirlarda jami 50 ta uchrashuvda maydonga tushib 26 ta gol va 7 ta golli uzatma beradi[16].
Remove ads
Terma jamoadagi faoliyati
2023-yil 18-may kuni Kojo 2023-yilgi CAFA Millatlar kubogi tarkibida ilk bor Qirgʻiziston terma jamoasiga chaqirilgan[17]. 2023-yil 16-iyunda Kojo Qirgʻiziston terma jamoasi safida debyut qilgan va Eron terma jamoasiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda Atay Jumashevning oʻrniga 58-daqiqada maydonga tushgan[18][19].
2024-yil 25-yanvarda Kojo Qirgʻiziston terma jamoasining 2023-yilgi Osiyo Kubogidagi yagona golini Ummonga qarshi oʻyinda (1:1) kiritgan[20].
2024-yil 26-mart kuni Kojo 2026-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Xitoy Taypeyiga qarshi oʻz uyida 5:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda, oʻzining ilk terma jamoasi tarkibidagi xet-trikiga erishgan.
Remove ads
Shaxsiy hayot
Kojo Ganada tugʻilgan va musulmon diniga eʼtiqod qiladi. Joel 2017-yildan Qirgʻizistonda istiqomat qilmoqda va Qirgʻiziston futbol ligalarida ishtirok etgan. 2023-yil Qirgʻiziston fuqaroligiga qabul qilganidan soʻng Qirgʻiziston terma jamoasiga jalb etilgan[21].
Faoliyat statistikasi
Klub
- Qirgʻiziston Kubogi, Oʻzbekiston Kubogi oʻz ichiga oladi
- OFK kubogidagi ishtiroki va gollari
Xalqaro
2024-yil 19-noyabrda oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika[19]
Terma jamoa safidagi gollari
- Hisob va natijalar birinchi boʻlib Qirgʻizistonning gollar sonini sanab oʻtadi[19].
Remove ads
Yutuqlar
- Qirgʻiziston Superkubogi gʻolibi: 2018
- Qirgʻiziston kubogi gʻolibi: 2020
- Premyer-liga gʻolibi: 2021[23]
- Qirgʻiziston Superkubogi gʻolibi: 2021, 2022
Individual
- Qirgʻiziston Premer-ligasining eng yaxshi toʻpurari: 2018[24]
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads