Kaxa Gogoladze

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

Kakha Gogoladze (gruzincha: კახა გოგოლაძე; 1968-yil 4-fevralda tugʻilgan)[1] — gruzin va turkman (2001-yildan) futbol assotsiatsiyasi murabbiyi va sobiq xalqaro futbolchi[2]. Hozirda Tbilisining „Dinamo“ klubida murabbiy[1].

Qisqa faktlar Shaxsiy maʼlumot, Tavallud sanasi ...
Remove ads

Faoliyati

Gruziyaning Merani, Guriya, Shevardeni klublarida oʻynagan. 19901992-yillari Mereni jamoasida 52 gol urgan va 86 marta maydonga tushgan. 1992—1995-yillarda Guriya jamoasida 26 ta gol urib, 73 marta maydonga tushgan. 1995—1996-yillarda Shevardeni-1995 jamoasida 12 ta gol urib, 32 marta maydonga tushgan. 1996-yilda Turkmanistonga joʻnab ketdi va u yerda FK Köpetdag Ashxobod jamoasida oʻynadi. 1998-yilda Turkmanistonni tark etgan, ammo terma jamoada oʻynashda davom etgan. 1997—1998-yillarda VIT Jorjiya jamoasida 3 ta gol urib, 7 marta maydonga tushgan. 1997—1998-yillarda Kopetdag jamoasiga qaytib keladi. 1998-yil Qashqadaryoning Nasaf jamoasida oʻynab 1 marta maydonga tushadi. 1999-yili Lokomotiv (Tbilisi) jamoasida 2 ta gol urib, 8 marta maydonga tushadi. 1999-yilda Yerevan jamoasida 7 ta gol urib, 15 marta maydonga tushadi. 1999—2000-yillari Siyoni jamoasida 4 ta gol urib, 14 marta maydonga tushgan. 2001-yildan Qozogʻistonning "Irtish Pavlodar" va „Batis“ klublarida oʻynagan.

2004-yilda Gruziyaga qaytib keldi va u yerda „Chixura Sachxhere“ futbolchisi sifatida faoliyatini yakunladi.

Remove ads

Milliy terma jamoa

Turkmaniston fuqaroligini qabul qilib, Turkmaniston milliy futbol jamoasida oʻynay boshladi. U JCh-1998 va JCh-2002 saralash oʻyinlarida ishtirok etgan. 5 ta oʻyin oʻtkazib, 4 ta gol urgan[3].

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads