Narmaxonmadi Xudoyberdiyev
Oʻzbek davlat arbobi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Narmaxonmadi (Normuhammad) Joʻrayevich Xudoyberdiyev (10-fevral 1928 – 27-noyabr 2011) – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi (1971—1984).
Remove ads
Biografiyasi
Qishloq xoʻjaligi institutini tugatgan (1949). Institut yoshlar tashkiloti kotibi lavozimida ishlagan.
1954—1955 yy. – OʻzSSR kompartiyasi kotibi yordamchisi.
1955 y. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari.
1955—1957 yy. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.
1957—1959 yy. – OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi kotibi.
1959—1960 yy. – Buxoro viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi oʻrinbosari.
1960—1961 yy. – OʻzSSR Ministrlar soveti raisining oʻrinbosari.
1961—1962 yy. – Surxondaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.
1962—1965 yy. – OʻzSSR Kompartiyasi kotibi.
1965—1970 yy. – OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri.
1970—1971 yy. – Sirdaryo viloyati ijroiya qoʻmitasi kotibi.
25-fevral 1971 – 19-noyabr 1984 yy. – OʻzSSR Ministrlar soveti raisi.
1986-yil 27-iyulda „Paxta ishi「 doirasida partiyadan boʻshatilgan.
23-fevral 1987-yilda pora olganlikda ayblanib, qamoqqa olingan. 9 yilga qamoq jazosiga hukm qilingan.
Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qaroriga muvofiq, 1991-yilda ozod etilgan. Barcha mukofot va unvonlari qaytarib berilgan[1][2][3][4].
Remove ads
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads