PyCharm

From Wikipedia, the free encyclopedia

Remove ads

PyCharm  — Python dasturlash tili uchun moʻljallangan integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (inglizcha: IDE — integrated development environment soʻzlaridan olingan) hisoblanadi. Ushbu dastur JetBrains kompaniyasi tomonidan Intellij IDEA dasturlash muhiti asosida ishlab chiqarilgan. PyCharm orqali dastur kodlarini analiz qilish, loyihani testdan oʻtkazish, shuningdek, Django web-freymvorki bilan ishlash imkoniyatlari mavjud. Shuningdek, dastur Linux operatsion tizimida terminalni ham qoʻllab quvvatlaydi, yaʼni foydalanuvchi yoki dasturchi, PyCharm ilovasining oʻzidayoq terminal bilan ishlay oladi.

Hozirgi kunda PyCharm dasturining uch xil toifasi mavjud, bular:

  • PyCharm Edu — dasturlashni oʻrganuvchilar uchun moʻljallangan;
  • PyCharm Community — dasturchilar uchun moʻljallangan, ushbu toifaning shiori from developers to developers;
  • PyCharm Pro — ancha mukammallashgan versiya boʻlib, baʼzi xizmatlari pulli ekanligi bilan ajralib turadi.

Umuman olganda, PyCharm — bepul dasturiy paket boʻlib, Windows, Linux, MacOS operatsion tizimlarida ishlay oladi.

Remove ads

Imkoniyatlari

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads