Rustam Ashurmatov
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Rustam Elyorovich Ashurmatov (ruscha: Ашурматов, Рустам Элёрович; 1996-yil 7-iyulda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik futbolchi, Tehronning „Esteghlal「 klubida himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.
- Vikipediyada ismi Rustam va familiyasi Ashurmatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Remove ads
Futbolchilik faoliyati
Klub
2019-yilning 7-fevral kuni „Bunyodkor「 klubi Ashurmatovni „Gvanju「 jamoasiga oʻtganini eʼlon qilgan[1].
2021-yil 19-yanvarda Gvanju klubi Ashurmatovni Gangvonga oʻtganini eʼlon qilgan[2]. Gangvon 2022-yilning 15-fevralida Ashurmatov klubni tark etganini eʼlon qilgan[3]. Janubiy Koreyadagi faoliyati davomida ikki klub safida 65ta oʻyinda ishtirok etib 3 ta gol muallifi boʻlgan.
2022-yilning 18-fevralida Ashurmatov Namanganning „Navbahor「 klubi bilan shartnoma imzolagan[4]. 2022-yilgi mavsumda namanganliklar jamoasi bilan muvaffaqiyatli oʻtgan mavsumdan soʻng Rossiyaning „Rubin「 klubi bilan 3,5 yillik shartnoma imzolagan[5].
Xalqaro
2017-yildan buyon futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻyinchisi. Ashurmatov Oʻzbekiston yoshlar terma jamoalari safida 2013-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati, 2015-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionati,[6][7] va xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2018-yilgi U-23 Osiyo chempionatida 23 yoshgacha boʻlgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bilan soʻnggi turnirda gʻolib chiqgan va final oʻyinida gol urgan.
Remove ads
Yutuqlar
- Oʻzbekiston Superligasi ikkinchi oʻrin: 2022
- Oʻzbekiston Kubogi Ikkinchi oʻrin: 2022
Gvanju FK
- K liga 2: 2019-yil
Oʻzbekiston U-23
Mukofotlari
2025-yil 6-iyunda Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan taqdirlangan[8].
Manbalar
Havolalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads