Rustam Azimov

Oʻzbekistonlik siyosatchi From Wikipedia, the free encyclopedia

Rustam Azimov
Remove ads

Rustam Sodiqovich Azimov (oʻzbekcha: Рустам Содиқович Азимов; 20-sentyabr 1958-yil, Toshkent) — "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.[1] Uning otasi — Azimov Sodiq Azimovich — taniqli oʻzbek olimi, akademik.

Qisqa faktlar "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi., Hukumat boshligʻi ...
Remove ads

Tarjimai holi

Thumb
Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Qodir Gʻulomov (oʻngda) 2003-yil 16-aprel kuni Pentagonda AQSH Mudofaa vaziri Donald Ramsfeld (old tomonda) bilan uchrashdi. Gʻulomov, Ramsfeld va ikki davlatning boshqa yuqori martabali rasmiylari ikki tomonlama xavfsizlikka oid bir qator masalalarni muhokama qilish uchun uchrashmoqda. Muzokaralarda ikki mudofaa yetakchisi bilan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Iqtisodiyot vaziri Rustam Azimov ishtirok etdi

1958-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati-oʻzbek[2].

Oliy maʼlumotli. Toshkent davlat universitetini va Toshkent qishloq xoʻjaligini irrigatsiyalash va mexanizatsiyalash muhandislik institutini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.

1982-1988 — yillarda Jizzax viloyati va Toshkent viloyati partiya tashkilotlarida turli ijroiya va rahbarlik lavozimlarida ishlagan.

1990-1991 — Oʻzbekiston Respublikasi „Ipak yoʻli“ banki boshqaruv raisi.

1991-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruv raisi.

1998-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2000-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Moliya vaziri.

2000-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va statistika vaziri.

2003-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri.

2005-2008 — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri.

2008-yil 22-noyabrdan 2016-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Moliya vaziri, makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari.

2016-yil 15-dekabrdan 2017-yil iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiy rivojlantirish majmuasi rahbari[3].

2017-yildan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi raisi.

Remove ads

Manbalar

Yana qarang

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads