Shape of You
From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
„Shape of You「 — britaniyalik qoʻshiqchi Ed Sheeranning qoʻshigʻi. 2017-yil 6-yanvarda[2] Asylum Records tomonidan uchinchi studiyaviy ÷ albomidan birinchi singl sifatida chiqarilgan.
Remove ads
Tavsifi
2017-yil 4-yanvarda Ed Sheeran yangi qoʻshiqning birinchi qatorini oʻz ichiga olgan 6 soniyalik video tizerni joylashtirdi. 6-yanvar kuni BBC Radio 1da Breakfast Show efirida musiqachi „Shape of You「 qoʻshigʻi Rihanna[3][4] uchun yaratilganini, kompozitsiya Rihannaga mos kelishi haqida fikr bildirgan[5]. Sheeran qoʻshiqni yangi albom uchun maxsus yozmagan[6].
Tanqidchilar fikri
The New York Times gazetasidan Jon Karamanika shunday deb yozgan edi: „„Shape of You「 bu – Karib dengizi musiqasining tajovuzkor nafosatini oʻz ichiga olgan mohir, jonli va taʼsirli qoʻshiq」[7]. Spin jurnalidan Jeremy Gordon qoʻshiqqa ijobiy munosabat bildirdi: qayd qilinishicha, matnda jinsiy aloqa haqida juda koʻp gapiriladi[8]. Metro yangiliklar sayti[9] taʼkidlashicha, „Shape of You「 Sia Furlerning „Cheap Thrills「 qoʻshigʻiga juda oʻxshaydi.
Remove ads
Musiqiy klip
2017-yil 5-yanvarda YouTube kanalida „Shape of You「 musiqiy lirik videosi „Castle on the Hill「 qoʻshigʻi bilan birga chiqdi[10]. 2023-yil aprel oyi holatiga koʻra, rasmiy lirik video YouTubeda 915 million martadan koʻproq koʻrilgan[11].
2017-yil 30-yanvarda amerikalik raqqosa va model Jennie Pegouskie va sobiq professional sumo kurashchisi Yamamotoyama Ryuta („Yama「 nomi bilan olingan) ishtirokidagi qoʻshiqning rasmiy klipi chiqdi[12][13]. Video Seattleda suratga olingan[14]. 2017-yilning 8-mayida, chiqarilganidan 97 kun oʻtgach, videoklip YouTubeʼda eng tez 1 milliard koʻrishlar soniga ega boʻlgan musiqiy videolardan biriga aylandi. 2023-yil aprel holatiga koʻra, videoklip YouTubeʼda 5,9 milliarddan ortiq koʻrilgan va reyting boʻyicha 5-oʻrinni egallagan[15] .
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads
