Taylor Swift

amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis From Wikipedia, the free encyclopedia

Taylor Swift
Remove ads

Taylor Alison Swift (talaffuzi: Teylor Elison Svift; 1989-yil 13-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi[2], qoʻshiqnavis va aktrisadir. Pennsilvaniyaning West Reading shahrida tugʻilib[5], Wyomissing shahrida oʻsgan. Swift oʻn toʻrt yoshida kantri-qoʻshiqchi boʻlish uchun Tennesseening Nashville shahriga koʻchgan. U Big Machine Records mustaqil studiyasi bilan shartnoma imzolab, Sony/ATV Music yollagan eng yosh qoʻshiqnavisga aylangan. Swiftning 2006-yilda eponimik debyut albomi chiqishi uni yoʻlga tushgan kantri-yulduziga aylantirgan. Albomga kiritilgan „Our Song“ qoʻshigʻi Swiftni Hot Country Songs chartida birinchilikni olgan eng yosh qoʻshiqnavis va ijrochiga aylantirgan. 2008-yilda „Eng yaxshi yangi artist“ nominatsiyasida Grammy mukofotiga nomzod etib koʻrsatilgan.

Qisqa faktlar Umumiy maʼlumot, Tavalludi ...

Swiftning ikkinchi albomi – Fearless 2008-yilda chiqarilgan. „Love Story“ va „You Belong with Me“ singllarining pop krossover muvaffaqiyati bilan koʻtarilgan Fearless 2009-yilda eng koʻp sotilgan albom boʻlgan va miqyosli turnelar bilan dastaklangan. Albom 52-Grammy taqdirlash marosimida toʻrtta mukofot olib, Swiftni Yil albomi mukofotiga loyiq koʻrilgan eng yosh ijodkorga aylantirgan. Swiftning uchinchi albomi boʻlmish Speak Now 2010-yilda eʼlon qilingan. Albom AQShda birinchi haftadayoq bir milliondan ortiq nusxada sotilib, Speak Now World Tour konsertlari bilan dastaklangan. Albomning uchinchi singli – „Mean“ ikkita Grammy mukofoti bilan taqdirlangan. Swiftning toʻrtinchi Red nomli toʻrtinchi albomi 2012-yilda omma eʼtiboriga taqdim etilgan. Albom AQShda birinchi haftada 1,2 million nusxada sotilib, Swiftni birinchi haftada eng koʻp albom sotgan ayol ijrochiga aylantirgan. Albomning „We Are Never Ever Getting Back Together“ va „I Knew You Were Trouble“ singllari umumjahon boʻylab hit boʻlgan.

Swift qoʻshiqlarida oʻzining oʻsmirlik va ulgʻaygan hayotidagi tajribalari haqida kuylaydi. Qoʻshiqnavis sifatida u Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan izzatlanadi. Swiftning boshqa yutuqlariga 12 ta Grammy, 40 ta Billboard Music Awards, 40 ta American Music Award va 23 ta MTV Video Music Award mukofotlari kiradi. U dunyo boʻylab 26 milliondan oshiq albom va 75 milliondan ortiq raqamli singl sotgan. Forbes jurnaliga binoan uning boyligi $1,1 milliardga baholanadi[6][7]. Musiqa faoliyatidan tashqari, Swift Valentine's Day (2010) va The Lorax (2012) filmlarida ishtirok etgan. Filantrop sifatida Swift sanʼat taʼlimi, bolalar savodxonligi, tabiiy ofatlarda yordam, LGBT huquqlari va kasal bolalarga xayriyalarda qatnashadi.

Remove ads

Hayoti

Thumb
Swiftning bolaligi oʻtgan uy.

Taylor Alison Swift 1989-yil 13-dekabrda AQShning Pennsilvaniya shtatidagi West Reading shahrida tavallud topgan[8][9]. Otasi Scott Kingsley Swift birja brokeri sifatida „Merrill Lynch“ shirkatida ishlagan. Onasi Andrea Gardner Swift (qizlik familiyasi Finlay) marketing boʻyicha menejer boʻlgan[10]. Ota-onasi unga qoʻshiqchi James Taylor sharafiga „Taylor“ deb ism qoʻyishgan[11]. Taylorning Austin ismli ukasi ham bor[12]. Taylor kelib chiqishiga koʻra shotland, olmon va italyan millatiga mansub ajdodlarga ega[13].

Remove ads

Yutuqlari

Thumb
Swift „Reputation Stadium“ konsert safari davomida (2018).

Swift 12 karra Grammy,[14] 1 karra Emmy,[15] 40 karra American Music Award,[16] 39 karra Billboard Music Award,[17] 23 karra MTV Video Music Award,[18] 12 karra Country Music Association Award,[19] 8 karra Academy of Country Music Award[20] hamda 2 karra Brit[21] sovrindoridir. Shuningdek, 118 marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan[22]. Qoʻshiqnavis oʻlaroq Nashville qoʻshiqnavislar uyushmasi[23][24] va Qoʻshiqnavislar shuhrat zali tomonidan eʼtirof etilgan. 2015-yilda Rolling Stone jurnali tuzgan „Tarixdagi 100 eng yaxshi qoʻshiqnavis“ roʻyxatidan oʻrin olgan[25][26]. 2016-yilda BMI taqdirlash marosimida „Taylor Swift“ mukofoti sovrindori boʻlgan va oʻzining ismi bilan atalgan mukofot bilan taqdirlangan birinchi ayolga aylangan[27].

Remove ads

Diskografiyasi

  • Taylor Swift (2006)
  • Fearless (2008)
  • Speak Now (2010)
  • Red (2012)
  • 1989 (2014)
  • Reputation (2017)
  • Lover (2019)
  • Folklore (2020)
  • Evermore (2020)
  • Midnights (2022)
  • The Tortured Poets Department (2024)

Turnelari

Thumb
Taylor Swift „Speak Now“ turnesida (Sidney, Avstraliya, 2012-yil 9-mart).
  • Fearless Tour (2009–2010)
  • Speak Now World Tour (2011–2012)
  • The Red Tour (2013–2014)
  • The 1989 World Tour (2015)
  • Reputation Stadium Tour (2018)
  • The Eras Tour (2023–2024)

Filmografiyasi

Filmlar

Batafsil maʼlumot Yil, Nom ...

Televideniye

Batafsil maʼlumot Nom, Yil ...
Remove ads

Manbalar

Havolalar

Loading related searches...

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads