Yu Hai
futbolchisi From Wikipedia, the free encyclopedia
Remove ads
Yu Hai (talaffuzi: Yuy Hay) (xitoycha: 于海 1987-yil 4-iyunda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasida „Shanghai SIPG“ jamoasida oʻynaydi.
Remove ads
Klubdagi faoliyati
Yu Hai futbolchilik faoliyatini 2004-yilgi mavsumda „Shaanxi Chanba“ jamoasida boshlagan va u klubdagi debyutini 2004-yilning 16-may kuni „Qingdao Etsong“ga qarshi oʻyinda (2:2) oʻtkazgan[1]. Mavsum davomida asosan zaxira oʻyinida oʻynaganiga qaramay, mavsum oxirida Shaanxi uchinchi oʻrinni egallashida muhim rol oʻynagan. Keyingi 2005-yilgi mavsumda u jamoada oʻsib borayotgan salohiyatga ega futbolchi sifatida oʻzini namoyon qilgan va jamoada koʻproq oʻyinlarda maydonga tusha boshlagan.
2006—2007-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Yu Eredivizionning „Vitesse“ jamoasiga oʻtgan va u yerda 2007-yilning 18-martida „Utrecht“ga qarshi oʻyinda (2:0) klub uchun debyut qilgan. Uning „Vitesse“dagi faoliyati omadsiz boʻlgan, chunki u jamoada oʻzini koʻrsata olmagan. Yu 2008-yil iyul oyida xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun 2008-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan soʻng Vitesse jamosidan ozod qilingan.
Yu 2009-yilgi mavsum boshida Shaanxiga qaytgan, u yerda ligada 29 ta oʻyin oʻtkazgan va mavsum oxiriga qadar 3 ta gol urgan. Keyingi bir necha mavsumda u klubning doimiy oʻyinchisiga aylangan. 2012-yilgi mavsum boshlanishiga kelib, Yu Guizhouga koʻchib oʻtishga qaror qilgan klubga ergashgan va oʻz nomini Guizhou Renhega oʻzgarttigan jamoa tarkibida qolgan[2].
2015-yilning 27-fevralida Yu Xitoy Superligasi vakili „Shanghai SIPG“ga o‘tgan[3]. U klub uchun birinchi golini 2015-yil 7-mart kuni Jiangsu Saintyga qarshi oʻyinda (2:1) kiritgan[4]. 2018-yilgi Xitoy Superligasi mavsumiga kelib bosh murabbiy Viktor Pereira Yuni chap qanot himoyachisiga aylantirgan, buning natijasida Shanxay SIPG birinchi liga chempionligini qoʻlga kiritgan[5].
Remove ads
Xalqaro faoliyati
Yu 23 yoshgacha boʻlgan Xitoy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan va 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida jamoani sardori boʻlishi kutilgan edi, ammo xochsimon bogʻlamlari shikastlangani uchun u Olimoiya oʻyinlarida ishtirok eta olmagan. Oxir-oqibat, u Xitoy Superligasiga qaytganidan soʻng Shaanxi Chanba bilan muntazam oʻyinlar oʻtkazgan. U xalqaro maydondagi debyutini 2009-yilning 4-iyunida Saudiya Arabistoniga qarshi oʻyinda (4:1) oʻtkazgan[6]. Magʻlubiyatga qaramay, Yu oʻzini kuchli futbolchi sifatida koʻrsatishni davom ettirgan va 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan tarkibga kiritilgan. Bu esa 2011-yilgi OFK Osiyo Kubogida ishtirok etgan terma jamoaga chaqirilishiga sabab boʻlgan.
2014-yilning 24-dekabrida Yu Xitoyning 2015-yilgi Osiyo Kubogi uchun terma jamoasiga kiritilgan[7]. Guruhning dastlabki oʻyinida Xitoy Saudiya Arabistoni ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozonganida u gʻalaba golini kiritgan[8].
Remove ads
Faoliyat statistikasi
Klub statistikasi
Xalqaro statistikasi
Xalqaro maydondagi gollari
Remove ads
Yutuqlar
Klub
Guizhou Renhe
- Xitoy FA kubogi : 2013[9]
- Xitoy FA Superkubogi : 2014-yil
Shanghai SIPG
Xalqaro
Xitoy terma jamaosi
- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads