suv

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Qisqa faktlar

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

suv

Aytilishi

Etimologiyasi

SUV 'vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikuvidan iborat tussiz shaffof suyuqlik'. Hamma s u v deb talpinar, hamma s u v g a intilar edi (Mirzakalon Ismoiliy). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu ot asli sub tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 422; DS, 512); keyinroq b undoshi v undoshiga almashgan (Devon, III, 142; DS, 515), hatto v undoshi talaffuz qilinmagan ham (ПДП, 422; ТРС, 550): sub > suv [> su].
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi

1 Vodorod bilan kislorodning kimyoviy birikmasidan iborat rangsiz, hidsiz shaffof suyuqlik; tabiatda muz va bugʻ holida ham uchraydi, barcha tirik or-ganizmlarning va koʻpgina moddalarning tarkibiy qismini tashkil qiladi.  Qor suvi. Dengiz suvi. Oqar suv. Turgʻun suv. shsh Zi-lol suvlar, eram kabi bogʻu boʻstonlar, Me-ning sovgʻam koshonalar, oltin tuproqlar. Gʻayratiy .  Atmosferada suv bugʻ, tuman, bu-lut, yomgʻir, qor holatida boʻladi.. "OʻzME" .

2 Shunday suyukdik ichimlik sifatida.  Mineral suvlar. yat Sadaqaning afzali chan-qoq odamlarga suv ulashmoqdir. "Fan va turmush" .  Organizmga yod oziq-ovqat va suv bilan kiradi. "Fan va turmush" .

Jon (yoki hayot) suvi 1) hayot bagʻishlov-chi, hayot-mamot masalasini hal qiluvchi suv.  Ular oʻzlariga, oʻz yerlariga, oʻz uylariga hayot suvi keltirish uchun.. kurashga boradilar. M. Ismoiliy, „Fargʻona t「 . o; 2) koʻchma hayot ba-gʻishlovchi, jon, fayz kirituvchi narsa.  Tash-qarida bir qoʻsha sozandalar dutor, tanbur, gʻijjak, rubob, pay bilan dunyoga jon suvi sepib, shaharning mashhur hofizlari ashula aytadilar. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 .  Mashq boiianishi bilan butun vujudimga hayot suvi yugurdi. A. Qodiriy, „Kichik asarlar「 . Suv ichmoq 1) suv isteʼmol qilmoq.  Ot boshiga ish tushsa, suvligʻi bilan suv ichar. Er boshiga ish tushsa, etigi bilan suv kechar. Maqol; 2) sugʻorilmoq .  Sholining orqasidan kurmak suv ichibdi. Maqol . ■■  Koʻz tikib turgan yerla-rimiz eski ariqdan suv icholmaydi, yangi arik,-dan taqir icholmaydi, yana azalgiday qaqrab yotaveradi. M. Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha「 . Suv yoʻli Kemalar qatnaydigan yoʻl. Suv qoʻymoq Sugʻorish uchun suvning yoʻlini ochmoq, su-gʻormoq.  Ekinga suv qoʻymoq.

3 Soy, koʻl, daryo va shu kabilarning suvli sathi haqida.  Suv boʻyi. Suvning narigi beti. Suvning koʻtarilishi.

4 Tarmeva, sabzavot va sh.k. tarkibidagi shira, sharbat, suyutslik.  Anor suvi. Sabzi-ning suvi. sht Bogʻingda ochilgan qizil gulla-ring, Uzumning suviday shirin tillaring. "Qoʻshiqlar" .

5 Tirik organizm va aʼzolardan ajra-lib chiqadigan suyuqlik, shira.  Oshqozon suvi. yat [Yormat] Tumov orqasida burnidan toʻxtovsiz oqqan suvni ham sezmaydi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 .

Ogʻzining suvi keldi Havasi keldi; yegi-si, ichgisi keldi.  Undan narida kattakon doshqozonda osh damlab qoʻyilibdi. Zarchuva solingan, sap-sariq. Ogʻzining suvi kelib ketdi. "Yoshlik" .

6 Umuman, turli narsalar tarkibidagi namlik.  Suvi qochgan non, olmachoy bilan nonushta qilishayotganda, Gadoyboy paydo boʻldi. H. Gʻulom, „Feruza「 .

7 koʻchma s. t. Maza-matrasi, shirasi yoki jiri yoʻq (meva yoki ovqat haqida).  Qovun qip-qizil suv chiqdi. Bu shoʻrva emas, shildir suv.

8 Kashtachilikda: toʻgʻri yoki toʻlqinsimon chiziq shaklidagi gul elementa.  Suvi oq, guli turli qiyiqcha.

9 esk. Oʻn tanobga teng yer oʻlchov birligi.  Har oʻn tanob yer bir suv hisoblanib, mana shu maydon hisobidan ariq tozalashga bir hasharchi yuborilar edi. I. Jabborov, „Koʻhna xarobalar siri「 .

10 Turli birikmali nomlar tarkibida keladi, maye.,  suv kalamushi, suv echkilari, suv osti kemasi.

Ancha (yoki koʻp, qancha-qancha) suvlar oqdi Koʻp zamonlar oʻtib ketdi, ancha vaqt boʻldi.  Ha, qizim, undan buyon qancha-qancha qorlar yogʻdi, qancha-qancha suvlar oqdi, u vaqtlarda yosh ekanmiz, farosat oz ekan, koʻp-koʻp kam-chiliklar oʻtdi. Sh. Rashidov, „Boʻrondan kuchli「 . Sirkasi suv koʻtarmaydigan odam q. sirka
I. Sirtiga suv yuqtirmaslik q. sirt. Suv boʻlmoq 1) terlab jiq hoʻl boʻlmoq, terga botmoq.  Bemor isitmalab, suv boʻlib yotibdi; 2) erib suvdek boʻlmoq .  Temirchining qoʻlida temir erib suv boʻlar. Maqol . Suv yoʻgʻida tayammum q. tayammum. Suv tekin q. tekin. Suv qilib (yoki suvdek) ichmoq (yoki ichib yubor-moq) ayn. suv qilmoq 2. Suv qilmoq 1) zim-dan oʻzlashtirmoq, oʻzlashtirib, gumdon, yoʻq qilmoq.  Navroʻzda duv-duv gap tarqalgandi: Saidxon kolxozning faloncha pulini gumdon qilib, qamalib yotganmish, pismadonchi mol-ni suv qilib, qoʻlga tushib qolganmish. Sh. Toshmatov, „Tongdagi koʻlanka; 2) miridan sirigacha puxta egallamoq, besh qoʻlday bi-lib, yodlab olmoq「 .  Oʻn yetti kun deganda [Moʻ-minjonning] xati keldi.. yana xati kelgun-cha, bilmadim, necha marta oʻqib chiqqanmi-kinman uni. Xuddi suv qilib yubordim. Q. Maqsumov, „Muhabbat qoʻshigʻi「 . Suv quygandek (tinch, jimjit) Churq etgan ovoz yoʻq, jimjit.  Navoiynshg uyi suv quygandek jimjit, hamma oyoq uchida yurar, bir-birlari bilan shivirlashibgapirishar edi. M. Osim, „Sehrli soʻz「 . Suvga oqizmoq (yoki tashlamoq) Behudaga ketkizmoq, sovurmoq, shamolga uchirmoq. U  [dehqon] molini sotmadi — suvga oqizdi. Yoʻq, suvga oqizgandan battar boʻldi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 . Suvga tushgan nondek boʻshash-moq Juda ham boʻshashib ketmoq, hovridan tushmoq.  [Otabek] Suvga tushgan nondek boʻ-kib, boʻshashib, yuz xuii sovuq, yaramas xayollar qoʻlida ezilib, oʻzining dunyoda bormi-yoʻqligiga ham tushunmay keta beradir. A. Qodiriy, „Oʻtgan kunlar「 . Suvga tushsa, quruq chiqadigan Juda quv, ayyor, har qanday mushkul va-ziyatdan sip-silliq qutulib chiqadigan. Suvga urib ketmoq Zim-ziyo boʻlib ketmoq, bedarak yoʻq boʻlmoq, yoʻqqa chiqmoq.  Dunyodan umidi boʻlmagan odamda did ham, orzu-havas ham suvga urib ketar ekan. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 . Suvda maza bor, bunda maza yoʻq kest. Juda bemaza narsa haqida. Suvday bilmoq (yoki ichmoq, ezib ichmoq) Juda yaxshi bilmoq, chuqur, puxta bilib olmoq, egalla-moq.  [Ertoʻgʻon ota] Suv ilmin suvday ichgan Daryolarning sultoni. Qirq kolxozga suv sur-gan Miroblarning polvoni. Q. Muhammadiy . Suvday serob boʻling Hech narsadan kamchi-ligingiz boʻlmasin. Tagiga suv ketdi Tagi, zamiri boʻshashdi.  Boylikning tagiga suv ketdi. Oybek, „Tanlangan asarlar「 . Tushingizni suvga ayting q. tush. Oʻzini oʻtga (ham), suvga (ham) urmoq q. oʻt I. Oʻt bilan suvdek Bir-biri bilan sira ham kelisha olmaydigan darajada zid, qarama-karshi, it-mushuk.  Ilgarilari oʻt bilan suvdek boʻlgan kundosh-lar endi sirdosh boʻlib, chekka-chekkada pi-chirlashadigan boʻldilar. A. Muxtor, „Opa-sin-gillar「 . Qoʻlini sovuq suvga urmaydi q. qoʻl. Gʻalvirni suvdan koʻtarmoq q. gʻalvir.

Sinonimlari

Antonimlari

СУВ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

OʻTIL

Ot

suv (koʻplik suvlar)

Ruscha ru

suv
1 вода; // водный, водяной;  oqar suv проточная вода;  sizot suv грунтовые воды;  turgʻun suv стоячая вода;  qor suvlari талые воды;  hizr suvi фольк. живая вода;  suv balosi водная стихия;  suv balosidan, oʻt balosidan saqla! уст. упаси (боже) от воды и от огня;  suv ombori водохранилище;  suv parisi русалка;  suv sporti водный спорт;  suv tomchilari водяные капли;  suv xoʻjaligi водное хозяйство;  suv osti kemasi подводная лодка;  suv tashlash kanali водосброс, водоотводящий канал;  suv koʻtaradigan guruch сорт риса, сильно разбухающего, требующего много воды;  suvdan foydalanish водопользование;  suvning koʻtarilishi геогр. прилив;  suvning tushishi геогр. отлив;  suv bermoq 1) давать воды; поить; подивить; 2) закаливать;  poʻlatga suv bermoq закаливать сталь;  suv bogʻlamoq запружать воду и пускать её на поля;  suv purkamoq прыскать, опрыскивать, обрызгивать водой;  suv sepmoq поливать (напр. улицу);  suv tortmoq доставать воду (из колодца);  suv chiqarmoq поднимать воду (водоподъемным колесом, насосом и т. п.);  suv surmoq пустить воду в нужном направлении (по оросительным каналам);  suv tomizmoq см.  tomizmoq; suv quymoq пускать воду, поливать (поле);  suvni taramoq пропускать воду по бороздам (на поле);  suvini tortmoq (или termoq) впитывать в себя воду, пропитываться водой;  suvga qonmoq напиться; насыщаться водой (напр. о растениях);  suv urib ketdi (букв. вода ударила и ушла) вода размыла (напр. запруду);  suv olib ketdi 1) смыло водой; унесло водой; 2) перен. свело на нет;  ishni suv olib ketdi (вся) работа пошла насмарку;  biroviing tegirmoniga suv quymoq лить воду на чью-либо мельницу;  suv - dehqonning qoni, yer - uning joni посл. вода — кровь крестьянина, земля — его душа;  oldingdan oqqan suvning qadri yoʻq посл. у воды, текущей перед тобой, нет цены; соотв. что имеем — не храним, потерявши — плачем;  suvda maza bor, bunda maza yoʻq вода и то вкуснее этого (о совершенно безвкусной пище);  suv yoʻgʻida tayammum погов. (букв. когда нет воды — омовение песком) на безрыбье и рак рыба;  suv kelsa - simirib, tosh kelsa - kemirib см.  simirmoq; yalangʻoch suvdan toymas погов. голый не боится воды; соотв. щуку водой не испугаешь;  suv keltirgan xor-zor, koʻza sindirgan aziz см.  aziz 1; ot boshiga ish tushsa, suvluq bilan suv ichar, er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar см.  suvluq 2; suvni kurmay, etik chechma посл. не видя воды, не снимай сапог; соотв. не зная броду, не суйся в воду;  dunyoni suv olib ketsa, toʻpigʻiga chiqmaydi погов. см. toʻpiq;
2 арык; речка, река; водоём; озеро;  suv boʻyida на берегу, у реки;  suv yoqalab (или boʻylab) bormoq идти вдоль берега;  suv keltirmoq 1) принести воды; 2) проводить арык; 3) обводнять;
3 сок;  anor suvi сок граната;  ogʻiz suvi (или   suvlari) слюна;  oshqozon suvi желудочный сок;  suv olmoq наливаться соком (о плодах);  suvi qochgan non чёрствый хлеб;  ogʻzining suvi keldi у него слюнки потекли;  siqib suvini olmoq 1) выжимать сок; 2) перен. выжимать соки;  siqib suvini chiqarmoq выдавливать сок;
4 вышивка стебельчатым швом;
5 ист. мера площади земли, равная десяти танапам (см. tanob 1);  

  • suv burgut зоол. орлан-белохвост;  suv ilon зоол. уж;  suv koʻrak или   suv koʻsak коробочка хлопка, побитая морозом и остановившаяся в развитии;  suv piyoz бот. сусак зонтичный;  suv chechak ветряная оспа;  suv chumchuq зоол. оляпка;  suv yalpiz бот. дербенник, плакун-трава;  suv qalampir бот. гречиха почечуйная;  suv tekin почти даром, по дешёвке;  suv qilmoq сплавить (краденое);  suv qilib ichmoq или  suvdek bilmoq хорошенько усвоить, запомнить; знать наизусть; знать, как свои пять пальцев;  suv quygandek jimjit (букв. тихо, словно водой залито) мёртвая тишина;  suvga oqizmoq или   suvga tashlamoq (букв. бросать в воду) тратить впустую, бросать на ветер;  suvga tushsa, quruq chiqadigan odam человек, всегда выходящий сухим из воды; проныра, пройдоха;  suvga urib ketmoq исчезнуть, пропасть;  suvdek serob boʻling см.  serob; suvdan silliq chiqmoq см. silliq;  yer-suv (букв. земля-вода) недвижимое имущество;  sirkasi suv koʻtarmaydigan odam см.  sirka I; tagiga suv ketdi 1) подмок; 2) перен. расшатался, еле держится, вот-вот развалится;  tushingni suvga ayt (букв. расскажи свой сон воде) не говори напрасно;  suvdan halvo yasaganday (букв. словно халву сделали из воды) сделанный кое-как, дрянной.
Remove ads

Ot

suv

Ot

suv

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads