2022 From Wikipedia, the free encyclopedia
Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Samarqand sammiti — 2022-yilning 15–16-sentyabr kunlari tashkilotga aʼzo davlat rahbarlarining Samarqandda boʻlib oʻtgan sammiti[1][2]. Ushbu sammit tashkilot qayta tashkil qilingandan beri tartib boʻyicha 22-yigʻilish boʻldi.
Samarqanddagi Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammiti (2022) | |
---|---|
2022-yilgi sammit logotipi | |
Mezbon davlat | Oʻzbekiston |
Sana | 15–16-sentyabr 2022-yil |
Oʻtkaziladigan joy(lar) |
«Buyuk ipak yoʻli» turistik zonasi Kongresslar markazi |
Shaharlar | Samarqand |
Ishtirokchilar |
Oʻzbekiston Mongoliya |
Rais | Shavkat Mirziyoyev |
Keyingi | Dehli 2023 |
Avvalgi | Dushanbe 2021 |
Veb-sayti | http://sectsco.org/ |
ShHTning Samarqand sammiti Oʻzbekistonda oʻtkazilgan bu kabi tadbirlarning toʻrtinchisi boʻldi. Bundan avvalgilari 2004-, 2010- va 2016-yillarda Toshkentda boʻlib oʻtgan. Samarqand sammit mezbonligini qabul qilgan 15-shahar boʻldi[3]. Har yili bir marta ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari yigʻilishi oʻtkazilib kelinadi. Lekin pandemiya sababli 2020- va 2021-yillardagi sammitlar onlayn tarzda boʻlgan edi. 15-16-sentyabr kunlari prezidentlar Samarqand sammitida uch yil deganda ilk marta yuzma-yuz koʻrishishdi va unda 40 dan ortiq hujjat imzolandi. Yakunda Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi va tashkilot raisi maqomi Oʻzbekistondan ilk marta Hindistonga oʻtdi[4].
Invetitsiyalar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Laziz Qudratov Xalqaro press-klub yigʻilishida ShHTning 2022-yilgi sammiti Samarqand shahrida oʻtkazilishi haqida aytib, shunday degan edi:
Samarqandni qayta qurish boʻyicha katta dastur qabul qilingan. Shahar 2022-yilda ShHT sammitini qabul qiladi. Ushbu tadbirda 20 ga yaqin prezident va rahbarlar ishtirok etadi. Buning barchasi yangi infrastruktura obyektlari va mehmonxonalar qurishni taqozo etadi.
— Laziz Qudratov, in
„Samarkand City“ turistik zonasi va sammit oʻtkaziladigan obyektlarni joylashtirish boʻyicha Samarqand shahar bosh rejasi kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan „China Construction Engineering Design Group Corporation Ltd.“ arxitektura-loyiha kompaniyasi shugʻullangan[5]. Sammitga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi aeroport, 8 ta yangi mehmonxona va Xalqaro turizm markazi qurildi[6].
Sammit Samarqand tumani va Toyloq tumani oʻrtasida joylashgan sayyohlik markazida boʻlib oʻtdi[4].
Sammitda xizmat qiluvchi avtomobillar uchun vaqtinchalik SSS va SSP seriyali maxsus avtoraqamlar joriy etilib, ushbu avtoraqamlaridagi avtomobilning qaysi hududga mansubligini bildiruvchi raqamlar oʻrniga ShHT emblemasi tushirilgan[7]. Shuningdek, ShHTning inglizcha qisqartmasi boʻlmish — SCO seriyali, koʻk fonli avtoraqamlar ham chiqarildi[4]. Davlat rahbarlari harakatlanadigan avtomobillar uchun esa SCO VIP seriyali, yashil fonli avtoraqamlar chiqarildi.
FISh | Lavozim | Davlat |
---|---|---|
Shavkat Mirziyoyev | prezident | Oʻzbekiston |
Vladimir Putin[8] | prezident | Rossiya |
Si Tszinpin | rais | Xitoy |
Narendra Modi | bosh vazir | Hindiston |
Shahboz Sharif | bosh vazir | Pokiston |
Qosim-Joʻmart Toʻqayev | prezident | Qozogʻiston |
Sadir Japarov | prezident | Qirgʻiziston |
Imomali Rahmon | prezident | Tojikiston |
Aleksandr Lukashenko | prezident | Belarus |
Ibrohim Raisiy | prezident | Eron |
Uxnaagiyn Xurelsux | prezident | Mongoliya |
Rajab Toyyib Erdoʻgʻan[9] | prezident | Turkiya |
Ilhom Aliyev | prezident | Ozarbayjon |
Serdar Berdimuhamedov[9] | prezident | Turkmaniston |
Ushbu sammitda Afgʻoniston vakillari qatnashmayotgani haqida ShHTning Oʻzbekistondan milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov jurnalistlarga quyidagilarni maʼlum qildi:
Samarqanddagi sammitda Afg‘oniston vakili bo‘lmaydi. Shanhay hamkorlik tashkiloti bu davlat bilan vaqtincha aloqada emas[11].
— R. Nurimbetov, in
Shuningdek, «Sputnik Armaniston» 13-sentyabrga oʻtar kechasi Armaniston va Ozarbayjon chegaradagi vaziyat keskinlashgani tufayli Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ShHTning 15-16-sentyabr kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitida qatnashmasligi haqida xabar berdi[12][13][14].
ShHtning Samarqand sammitiga tashriflar jadvali | ||
---|---|---|
Tashrif sanasi | Davlat rahbari | Kutib oldi |
14.09.2022 | Uxnaagiyn Xurelsux | Abdulla Aripov |
14.09.2022 | Rosemary DiCarlo | ? |
14.09.2022 | Ibrohim Raisiy | ? |
14.09.2022 | Xi Jinping | Shavkat Mirziyoyev |
14.09.2022 | Sadir Japarov | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Emomali Rahmon | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Serdar Berdimuhamedov | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Vladimir Putin | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Shahboz Sharif | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Aleksandr Lukashenko | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Ilhom Aliyev | Abdulla Aripov |
15.09.2022 | Recep Tayyip Erdoğan | Abdulla Aripov |
Belarus prezidentiga ushbu majmua tarixi tanishtirildi[15].
Davlat rahbarlari Kongress markazi yonidagi maydonda daraxt ekish marosimida qatnashdilar[16]. Davlat rahbarlari «Boqiy shahar» majmuasida sayr qilishdi[17].
14-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqandda ShHTning navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun kelgan Moʻgʻuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv yakunida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish boʻyicha «yoʻl xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi[18].
Shuningdek, shu kuni Shavkat Mirziyoyev ShHTning sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan BMT bosh kotibining siyosiy masalalar va tinchlikni barpo etish boʻyicha oʻrinbosari Rozmari DiKarlo bilan uchrashdi.
Rozmari DiKarlo Mirziyoyevga BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning salomini yetkazdi va u 2022-2026 yillarda Yangi Oʻzbekistonni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qoʻllab-quvvatlashini bildirib oʻtdi. Uchrashuv soʻngida tomonlar Orol dengizi halokati oqibatlarini kamaytirish, Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, Markaziy Osiyoda barqaror taraqqiyotni ilgari surish va oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash borasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldilar[19].
Samarqanddagi Kongress markazida prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiyning uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda prezidentlar ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va madaniy-gumanitar sohalarda amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Afgʻoniston masalasi boʻyicha ham fikr almashildi. Ibrohim Raisiy Oʻzbekiston prezidentini oʻzi uchun qulay vaqtda javob tashrifi bilan Eronga borishga taklif etdi. Uchrashuv yakunida 18 ta hujjat imzolandi. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti Ibrohim Raisiy Qoʻshma bayonot imzoladi[20].
Muzokaralar yakunida ikki tomonlama imzolangan bitim va memorandumlardi:
15-sentyabr kuni Kongress markazida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinpingning uchrashuvi boʻlib oʻtdi[21]. Mintaqa taraqqiyoti va transport jihatidan oʻzaro bogʻliqligi uchun strategik ahamiyatga ega “Xitoy – Qirgʻiziston –Oʻzbekiston” temiryoʻli qurilishini boshlash toʻgʻrisida kelishuvga erishilgani qayd etildi. Gumanitar hamkorlik, sogʻliqni saqlash, vaksinalar ishlab chiqarish, fan, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qoʻshma dasturlarni kengaytirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. 2023-yilda oʻzaro doʻstlik va anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan «Oʻzbekiston va Xitoy xalqlari madaniyati va sanʼati yili»ni oʻtkazishga kelishib olindi. Uchrashuv yakunida umumiy qiymati 15 mlrd dollarlik loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Muzokaralar yakunida Si Jinping Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni javob tashrifi bilan Xitoyga borishga taklif etdi.
Shundan soʻng Xitoy raisi Si Jinpingga Oʻzbekistonning oliy davlat mukofoti — «Oliy Darajali Doʻstlik» ordenini topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Xitoy raisi ushbu ordeniga sazovor boʻlgan birinchi xorijiy davlat rahbari boʻldi.
Ushbu tadbirlar tugagach ikki rahbar Samarqanddagi «Buyuk ipak yoʻli» xalqaro turizm markazi bogʻida birgalikda daraxt ekishdi[22].
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan uchrashuv oʻtkazdi. Shahboz Sharif samimiy qabul tashakkur izhor etdi[23].
Raxbarlar ikki tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-tranzit sohasidagi hamkorlik, logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratishdi. Transafgʻon temir yoʻli loyihasini tezlashtirish, savdo uchun toʻsiqlarni bartaraf etish, tovarlarni oʻzaro yetkazib berish masalalarini batafsil koʻrib chiqildi.
15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda Oʻzbekiston-Ozarboyjon strategik sheriklik va amaliy hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash asosiy vazifalari batafsil koʻrib chiqildi. Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti kun tartibi kelishib olindi[24].
15-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan muzokara oʻtkazdi. Prezidentlar ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil kengayib, mustahkamlanayotganini qayd etishdi. Davlat rahbarlari mamlakatlar va butun mintaqa manfaatlariga javob beruvchi loyiha — «Yavon» GESni barpo etish boʻyicha ishlar boshlangani muhim ahamiyat kasb etishini takidlashdi, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashishdi[25].
Oʻzbekiston prezidenti 15-sentyabr kuni ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga kelgan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan ham uchrashuv oʻtkazdi. Eʼtiborlisi Lukoshenko ushbu uchrashuvga galustuk taqmagan holda keldi. Lukoshenko Belarusni ushbu nufuzli xalqaro tuzilmaga qabul qilish tartibotini boshlash masalasini qoʻllab-quvvatlagani uchun Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar ikki mamlakatda savdo uylari va logistika markazlari tarmogʻini kengaytirish, oziq-ovqatni tezlashtirilgan tarzda yetkazib berish boʻyicha «Agroekspress» loyihasini ishga tushirish, tovarlar kelib chiqishini sertifikatlashtirish boʻyicha elektron tizimni joriy qilishga kelishib oldilar.
Oʻzbekiston va Belarus rahbarlari mashinasozlik, agrosanoat, kimyo, farmatsevtika va elektrotexnika tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi boʻyicha oʻzaro manfaatli sheriklikni ilgari surish zarurligini qayd etib, davlatlar hududlari salohiyatidan samarali foydalanish muhimligi taʼkidladilar. Mirziyoyev Oʻzbekistonda ikkinchi hududlararo forumni oʻtkazishni taklif qildi[26].
15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev ShHT sammiti faxriy mehmoni sifatida Samarqandga kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Turkmaniston prezidenti Oʻzbekistonda unga koʻrsatilgan mehmondoʻstlik uchun Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi. Turkmaniston milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomini yetkazdi[27].
15-sentyabr kuni Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatga kelgan Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Japarov Mirziyoyevga mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Butun Markaziy Osiyo mintaqasi rivojiga xizmat qiladigan «Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston» temiryoʻli va «Qambarota-1» GESi qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga eʼtibor qaratilib, oliy darajadagi muloqotlar rejasi va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi[28].
15-sentyabr kuni prezidenti Shavkat Mirziyoyev va ShHT sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara oʻtkazdi[29].
Raxbarlar elektronika, farmatsevtika, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida industrial-texnologik sheriklikni rivojlantirish boʻyicha kompleks harakatlar rejasini qabul qilishga, Oʻzbekiston hududlarida qoʻshma sanoat parklarini tashkil etish, joriy yil oktyabr oyida Oʻzbekiston va Rossiya hududlarining navbatdagi forumini oʻtkazishga kelishib oldilar. Ushbu tashrif doirasida mashinasozlik, kimyo, neft-kimyo va geologiya sohalari boʻyicha 4,6 milliard dollarlik yangi investitsiya bitimlari imzolanishi qayd etildi.
Oʻzbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishiga koʻra, Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Oʻzbekiston bilan Rossiya oʻrtasida keng qamrovli strategik sheriklik toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar.
Putin Oʻzbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni Rossiyaning «Aleksandr Nevskiy» ordeni bilan taqdirladi[30].
16-sentyabr kuni ShHTning Samarqand sammiti doirasida prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan bilan uchrashdi. Uchrashuvda Samarqandda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining rejasi koʻrib chiqildi. Qishloq xoʻjaligi, toʻqimachilik va charm sanoati, elektrotexnika, transport, innovatsiyalar, yuqori texnologiyalar, turizm va madaniyat sohalarida yangi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi[31].
16-sentyabr kuni Samarqandda prezident Shavkat Mirziyoyev ShHT sammitida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mirziyoyev Modini Hindiston mustaqilligining 75 yilligi bilan tabrikladi. IT, sogʻliqni saqlash, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalarida investitsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Oʻzaro savdo hajmini 1 milliard dollarga yetkazish muhokama qilindi. Oʻzbekiston Hindiston bilan transport aloqalarini, shu jumladan «Chobahor» portidan foydalangan holda mustahkamlashdan manfaatdor ekani taʼkidlandi. Afgʻonistonga insonparvarlik yordamini koʻrsatish va uning iqtisodiy tiklanishiga koʻmaklashish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Hindiston tomoniga BMT Bosh Assambleyasining Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash toʻgʻrisidagi rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirildi[32].
The Wall Street Journal nashrining xabariga koʻra, ushbu sammit doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Xi Jinping 16-sentyabr kuni uchrashuv oʻtkazishi mumkin[33].
Eronning „Tasnim“ nashri Suriya prezidenti Bashar Asad ham Samarqandda boʻlib oʻtadigan sammitga kelib Turkiya prezidenti Rajab Erdoʻgʻan bilan uchrashi haqida xabar berdi, lekin ShHT boʻyicha Oʻzbekistonning milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov esa bu maʼlumotni tasdiqlamadi[34][35].
Turkiyaning Hurriyet nashri eʼlon qilgan maqolaga koʻra Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Samarqandda boʻlib oʻtadigan uchrashuvda Vladimir Putinga yana bir bor Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishni taklif qilishini xabar qildi[36]
Erdoʻgʻon va Putin uchrashuvining eng muhim mavzusi Ukrainadagi vaziyat boʻlib, bunda asosiy eʼtibor Erdoʻgʻon rossiyalik hamkasbiga Turkiya vositachiligida urushni tugatish va oʻt ochishni toʻxtatishga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarini davom ettirishini, muammoni diplomatik yoʻl bilan hal qilishga qaratiladi. Shuningdek, asosiy masalalardan yana biri «don yoʻlagi» haqida boʻlishi ham xabar qilingan[37].
Shuningdek, Putin sammitda Ozarbayjon, Eron, Turkmaniston, Qirgʻiziston, hindiston, Pokiston rahbarlari bilan ham uchrashuvlar oʻtkazadi[38].
15-sentyabr kuni RF prezidenti Putin Eron prezidenti Raisiy bilan uchrashdi[39][40]. Uchrashuvda Putin Raisiyga kelayotgan haftada Rossiyaning 80 ta yirik kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiya Eronga tashrif buyurishini maʼlum qildi[41].
Biz Eron SHHTning toʻlaqonli aʼzosiga aylanishi uchun barcha ishni qilamiz, faqatgina soʻnggi rasmiyatchiliklar qoldi halos[42].
— V.Putin, in
Shu kuni V. Putin Pokiston bosh vaziri Shaxboz sharif bilan ham uchrashdi[43]. Ular iqtisodiy hamkorlik va energetika, Pokistonga gaz quvuri qurilishi masalalarini muhokama qilishdi[44].
Ikki davlat rahbari ShHT sammiti doirasida uchrashdi[45].
16-sentyabr kuni Samarqand shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda ShHT faoliyatining muhim sohalaridagi hamkorlik holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinib, ShHT Davlat rahbarlari tadbirning bosh yakuniy hujjati boʻlgan Samarqand deklaratsiyasini qabul qilishdi[46][47].
Tashkilot tarixida rekord darajadagi bitimlar, konsepsiyalar, dasturlar va boshqa qarorlar imzolanib, ularning soni umumiy hisobda 44 tani tashkil qildi. Bular:
ShHT Davlat rahbarlari kengashining bayonotlari:
Tadbir doirasida imzolangan hujjatlar:
Eronning ShHTga toʻliq aʼzo boʻlish majburiyatlari toʻgʻrisida memorandum imzolandi[48][50]. 2021-yilda Eronning ShHTga toʻlaqonli aʼzo boʻlish jarayoni boshlangan edi. 2022-yil 15-sentyabr kuni Samarqandda ShHT bosh kotibi Chjan Min va Eron tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon Eronning tashkilotga toʻlaqonli aʼzo boʻlish toʻgʻrisidagi memarandumni imzoladilar. ShHT bosh kotibi Chjan Min bugungi kunni Eron va tashkilot uchun muhim kun deb atadi. Abdullohiyonning soʻzlariga koʻra, Eronning ShHTga aʼzo boʻlishi jarayoni bilan bogʻliq barcha hujjatlar mamlakat vazirlar mahkamasi tomonidan maʼqullanib, koʻrib chiqish uchun parlamentga yuborilgan[51].
Bundan buyon turli iqtisodiy, savdo, tranzit va energetik hamkorlikning yangi bosqichiga qadam qo‘ydik
— Husayn Amir Abdullohiyon, in
Eron Islom Respublikasining mintaqadagi kuchli va barqaror mamlakat sifatidagi holati ShHT uchun muhim hisoblanadi. Eronning a’zo mamlakatlar guruhiga qo‘shilishi Shanhay hamkorlik tashkilotini mustahkamlaydi
— Chjan Min, in
Shuningdek, rasmiylar sammit boshlanishidan bir necha kun avval quyidagilarni maʼlum qilishdi:
Biz Samarqand sammitiga taqdim etiladigan qo‘shimcha hujjatlar ro‘yxati ustida ishlashni davom ettiryapmiz. Sammitning asosiy yakuniy hujjati davlat rahbarlarining Samarqand deklaratsiyasi bo‘lib, unda ShHT mamlakatlarining mintaqaviy va global muammolarni hal etishga bo‘lgan umumiy yondashuvlari aks ettiriladi, tashkilotni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilanadi[48].
— Oʻzbekistonning ShHT ishlari boʻyicha milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov, in
ShHT faoliyatida toʻliq aʼzo, kuzatuvchi va muloqot boʻyicha hamkor sifatida ishtirok etish uchun 10 yaqin davlatning arizasi koʻrib chiqiladi[52].
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining matbuot kotibi Laylo Rustamovaning Kun.uz axborot saytiga maʼlum qilishiga koʻra, Samarqand viloyati XTB tomonidan vazirlikka Samarqand shahridagi maktablarda oʻquv jarayonlarini kechroq boshlashga rozilik berish yuzasidan xat yuborilgan[53]. Vazirlik bir nechta variantlarni koʻrib chiqmoqda:
Sammit sababli Samarqand viloyatdagi OTMlarda ham anʼanaviy taʼlim sentyabr oyi oxiridan boshladi. Unga qadar talabalar taʼlimni masofaviy koʻrinishda (onlayn) olib bordi[4].
Sammit oʻtkaziladigan kunlari xavfsizlik nuqtai nazaridan 14-sentyabrdan 17-sentyabrgacha Samarqand shahridagi Ibn Sino, Boʻstonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Registon, Rudakiy, Shohizinda, Usta Umar Joʻraqulov, Islom Karimov, Afrosiyob, Beruniy, Mirzo Ulugʻbek, Gulobod, Muqimiy va Dahbed koʻchalarda transport vositalarining harakatlanishi cheklandi. Faqatgina tez tibbiy yordam va FVV maxsus transport vositalarigina harakatlanishiga ruxsat berildi[54].
5-sentyabrdan 20-sentyabrga qadar Samarqand shaharga yuk mashinalari hamda maxsus texnika vositalari kirishi ham vaqtincha cheklandi. Viloyat hududidan oʻtuvchi M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi, M-37A va M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻllarining Samarqand shahar hududiga kirish-chiqish qismlarida transport vositalarining harakati ham vaqtincha cheklandi. M-37A Samarqand halqa yoʻli avtomobil yoʻlining 40-43-kilometrlari oraligʻida joylashgan avtomobillar ehtiyot qismlari bozori ham ushbu sanalarda vaqtincha ishlamadi.
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Every time you click a link to Wikipedia, Wiktionary or Wikiquote in your browser's search results, it will show the modern Wikiwand interface.
Wikiwand extension is a five stars, simple, with minimum permission required to keep your browsing private, safe and transparent.