ot

From Wiktionary, the free dictionary

Remove ads

Oʻzbekcha (uz)

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ot

Aytilishi

Etimologiyasi

OT I ’ism’. Ukangning o t i nima? Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz a:t tarzida talaffuz qilingan (ЭСТЯ, I, 198; Devon, I, 107), oʻsha davrlardayoq a:    unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 361; DS, 64); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: a:t > at > ât.

OT II ’yirik ish-ulov hayvoni’. Yaxshi o t g a bir qamchi, yomon o t g a ming qamchi (Maqol). Qadimgi turkiy tilda ham shunday maʼnoni anglatgan bu soʻz at tarzida talaffuz qilingan (ПДП, 361; DS, 65); Mahmud Qoshgʻariy bu soʻzni "qattiq talaffuz qilinadigan alif bilan" deb alohida taʼkidlaydi (Devon, I, 70); oʻzbek tilida a unlisi â unlisiga almashgan: at > ât.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.

Maʼnoviy xususiyatlari

Maʼnosi I

  1. Yakka tuyoqlilarga mansub oʻtxoʻr, sutemizuvchi yirik ish-ulov hayvoni.  Oq ot.  Qashqa ot.  Yoʻrgʻa ot.  Ot abzali.  Otga taqa qoqmoq.  Otga minmoq.  Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. Maqol  Sidiqjon egarga yaxshiroq oʻrnashib, otning jilovini silkidi. Abdulla Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari“  Uzoqdan ot yeldirib keluvchi otliqni koʻrgan Sodiq koʻchaning oʻrtasida toʻxtadi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Ot zavodi - ot naslini yaxshilash va nasldor, yuqori sifatli otlarni koʻpaytirish bilan shugʻullanuvchi maxsus xoʻjalik, korxona.
    Ot kuchi - maxs. 75 kg/m sekundga yoki 0,736 kvtga teng quvvat.  80 ot kuchiga ega boʻlgan traktor.
    Ot sporti - otda yurish, mashq qilish musobaqalarining umumiy nomi.  Olimpiada oʻyinlari dasturiga ot sportining bir necha turlari kiritilgan.
    Ot oʻyin - esk. 1) ayn. sirk.  -Shu, teatr degani nima, ot oʻyinimi? — Abdishukurdan soʻradi choyfurush Sadriddin boyvachcha. Oybek, „Tanlangan asarlar“ 2) ayn. karusel.
  2. Otning boshiga oʻxshatib yasalgan shaxmat donasi, asp.  Otni yurmoq. Ot bshgan shoh bermoq.
  3. Muchal yil hisobida yettinchi yil nomi.  Uning yili ot.
    Ot yili - muchal yil hisobida yettinchi yil (q. muchal).
    Ot mindirmoq - ot sovgʻa qilmoq, ot bilan mukofotlamoq.  Eshitganlar shoirga rahmat aytib, biri tun kiydirib, biri ot mindiribdi. Shukrullo, „Saylanma“  Bugun biz kanal qazish muddatini tezlatishga tashabbuskor boʻlgan ikki dongdor quruvchiga ot mindirmoqchimiz. Said Ahmad, „Ufq“
    Ot solmoq - ayn. ot qoʻymoq 2.
    Ot qoʻymoq - 1) otning jilovini boʻsh qoʻyib yeldirmoq; 2) mingan otini biror kimsa tomon yoʻnaltirib hujum qilmoq.  Kecha-kunduz togʻma-togʻ dushmanga qarshi ot qoʻyib, ypyui ochamiz. M. Muhamedov, „Mashq“
    Otday boʻlib ketmoq - sogʻaymoq, kasallikni unutib yubormoq.  Ota, tashvish tortmang, sal oʻtmay otday boʻlib ketasiz. "Sharq yulduzi"
    Otdan tushsa ham, egardan tushmaydi - ilgarigi mavqei yoki martabasidan tushgandan keyin ham takabburligini tashlamagan kishi haqida.
    Otni qamchilamoq - q. qamchilamoq.

Morfologik va sintaktik xususiyatlari

ot

Aytilishi

Ma’nosi II

  1. Kishining shaxsiy ismi, nom.  Chaqaloqqa ot qoʻymoq.  Oti(ng) oʻchsin (oʻchgur)! qargʻ.  Oti(ng) qursin (qurgʻur)! qargʻ.  [Mirzakarimboy:] Oting nima jiyan? -Otim Yoʻlchi. Oybek, „Tanlangan asarlar“  Yaxshi qiz, kechirasiz, otingizni bilmayman, siz xotirjam boʻling, biron joyi bir nima boʻlsa, oʻzim tuzatib beraman. Said Ahmad, „Ufq“
  2. Oʻrgatilgan hayvonlarning nomi; laqab.  Buning oti Toʻrtkoʻz emas. Arslon.
  3. Umuman, narsalarning, hodisalarning nomi, nom biddiruvchi soʻz.  Bu.. togʻning oti Muzloq edi. Mirzakalon Ismoiliy, „Fargʻona tong otguncha“  Mingoʻrik mavzei otidan ham maʼlum - bunda ming chogʻliq oʻrik daraxti oʻsgani uchun.. edi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“  [Safar boʻzchi:] Choʻzma kekirdagingni, buqoq.. andishaning otini qoʻrqoq qoʻydingmi?! Abdulla Qodiriy, „Mehrobdan chayon“  [Jannat opa:] Qih.. haligi oti qursin.. Malikboyning maydonida! Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Ot qoʻymoq - nom bermoq, atamoq.
    Oti yoʻq - yev. chayon haqida aytiladi.
    Otiga(gina) - shunchaki, koʻrinishga, nomiga.  U otigagina rais, hamma ish muovin qoʻlida. yash Otigagina xon boʻlib oʻtiruvchi Xudoyorxon, Musulmonqul maydondan olinguncha oʻzining qoʻgʻirchoq sifat yura berishini tushundi. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
    Otimni boshqa qoʻyaman - qasam, ontni ifodalovchi ibora.  Boshlangan ishni oxirigacha olib bormasam, otimni boshqa qoʻyaman. Oydin, „Sadagʻang boʻlay, komandir“
  4. Unvon, mansab, nom.  Bir qari odamga "kuyovlik" otini berish ham uni kuyov boʻlganday quvontiradi. Sadriddin Ayniy, „Qullar“
  5. s. t. Zot, urugʻ.  [Sunnat:] Kel, oʻsha Muharraming boʻlmasa, boshqasi-da, qiz oti qurib ketibdimi? Shuhrat, „Shinelli yillar“
  6. Shuhrat, dong.  Yaxshidan ot qolar, yomondan dod qolar. Maqol  Izlar boʻldim Qorajonning qizini, Ot koʻtargan Zulxumorning oʻzini. Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
    Ot chiqarmoq - nom chiqarmoq, dong taratmoq, shuhrat qozonmoq, mashhur boʻlmoq, tanilmoq.  Qoʻlingdan kelgancha chiqar yaxshi ot. Yaxshilik qil, bolam, yomonlikni ot! Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
  7. Shaʼn, nomus, gʻurur.  [Usta Olim:] Sizga xabar berib oʻtirishni yigitlik otiga ep bilmay, menga ham bir narsa sezdirmagan. Abdulla Qodiriy, „Oʻtgan kunlar“
  8. tlsh. Predmetni bildirib, "kim?" yoki "nima?" soʻrogʻiga javob boʻladigan soʻz.  Turdosh ot.  Atoqli ot.  Mavhum ot.  Biror shaxs, narsa yoki joyga atab qoʻyilgan nomlar atoqli otlar sanaladi. "Ona tili" darsligi

Sinonimlari

Antonimlari

ОТ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.

Tarjimalari

Ot

ot (koʻplik otlar)

Tillarda

Ruscha ru

ot I
1 конь, лошадь; // лошадиный, конский; конный;  ot chopmoq (или choptirmoq) скакать на лошади;  otda yurmoq ездить верхом на лошади;  yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi посл. хорошей лошади довольно одного удара, а плохой - и тысячи мало;  ot tepkisini ot koʻtarar посл. удар лошади выдержит (только) лошадь;  otni kamchin bilan emas, yem bilan qayda посл. подгоняй лошадь не плетью, а кормом (соотв. не гони коня кнутом, а гони его овсом);  ot olmay oxur tuzat посл. исправь стойло до покупки лошади (во всяком деле надо быть предусмотрительным);  ot oriqlikda koʻrimsiz, qiz - yetimlikda посл. лошадь неприглядна в худобе, девушка в сиротстве;  otingni yaxshi koʻrsang, ayilini mahkam tort посл. если любишь свою лошадь - подтяни подпругу потуже (если любишь своего ребёнка - держи его в строгости);  otdan tushsa ham, egardan tushmaydi посл. см. egar;  ot solmoq (или qoʻymoq) скакать на коне (нападая на кого-л., догоняя кого-л.); совершить конный рейд, конный набег;  aravakash ot ломовая лошадь;  salt ot верховая лошадь;  ot zavodi конный завод;  ot kuchi физ. лошадиная сила;  ot yili год лошади (седьмой год двенадцатилетнего животного цикла; см. muchal);  ot-ulov тягло, тягловая сила; рабочий скот;  ot-ulovsiz xoʻjalik хозяйство, не имеющее тягловой силы;  ot-arava (букв. лошадь и арба) повозка;
2 шахм. конь;  

  • ot oʻyin уст. 1) карусель 2) цирк;  ot sovutar 1) проводка лошади; 2) отдых, передышка.


ot II
1 имя; название;  otingiz nima? как ваше имя?; как вас зовут?;  ot qoʻymoq или   ot bermoq назвать, дать (присвоить) имя;
2 известность, слава;  ot chiqarmoq прославиться;  oti borning oti chiqar посл. конный славу себе добудет (игра слов, основанная на омонимии);  yomon ot chiqarmoq получать дурную славу; приобретать плохую репутацию;
3 грам. имя существительное;  otga koʻchgan sifat субстантивированное прилагательное;  

  • oti yoʻq (букв. безымянный) эвф. скорпион;  otiga(gina) только и славы (что); только и названия; только номинально;  otimni boshqa qoʻyaman выражение клятвы; я изменю своё имя (если..., если не...), я буду не я (если.., если не...).
Remove ads

Ot

ot

dori, oʻt, zahar

Ot

ot

Sifat

ot


Novialcha (nov)

Andoza:nov-adj


Ot

ot

Ot

ot

Ot

ot

Ot

ot

Wikiwand - on

Seamless Wikipedia browsing. On steroids.

Remove ads