yashil
From Wiktionary, the free dictionary
Remove ads
Morfologik va sintaktik xususiyatlari
ya-shil
Aytilishi
Etimologiyasi
YASHIL 』barg rangidagi』. Chap tomonda — tog etaklari, oʻng tomonda — ya sh i l paxtazor, oʻrtada — qishloq (Ibroqim Raqim). Bu sifat qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, 』barg rangiga ega boʻl-』 maʼnosini anglatgan ya:sh- feʼlidan -(ï)l qoʻshimchasi bilan yasalgan (ЭСТЯ, IV, 164), keyinroq a: unlisining choʻziqlik belgisi yoʻqolgan (ПДП, 386; Devon, III, 26; DS, 246); oʻzbek tilida a unlisi ä unlisiga almashgan, ï unlisining qattiqlik belgisi yoʻqolgan: ya:sh- + ïl = ya:shïl > yashïl > yäshil.
Oʻzbek tilining etimologik lugʻati (I-jild) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q. Adabiyotlar roʻyxati.
Maʼnoviy xususiyatlari
Maʼnosi
1 Sariq bilan koʻk rang oʻrta-ligidagi, barg yoki maysa rangiga ega boʻlgan rang. ◆ Yashil bargli oʻsimliklar. Yashil parda. Yashil boʻyoq. yash ◆ Chap tomonda togʻ etaklari, oʻng tomonda yashil paxtazor, oʻrtada qishloq. I. Rahim, „Chin muhabbat「 . ◆ Boshidagi yashil roʻmoli qorachadan kelgan yuzini boʻgʻibroq qoʻygan boʻlsa ham, oʻziga xoʻp yarashgan.. A. Qahhor, „Qoʻshchinor chiroqlari「 . ◆ Erkin qushlar daraxtlarning quyuq yashili ichidan jonli naylarini tinlikka quyardi. Oybek, „Navoiy「 .
2 Yashil rangli yosh maysalar va oʻsim-liklar bilan qoplangan. ◆ Yashil vodiy. Yashil dala. Yashil qirlar. m ◆ Oʻngroqda, yashil tepa ustida qoʻylar, qoʻzilar, echkilar oʻtlab yuribdi. \. Gʻulom, „Mashʼal「 .
Antonimlari
ЯШИЛ. Oʻzbek tilining izohli lugʻati (2022) maʼlumotlaridan foydalanilgan; q.Adabiyotlar roʻyxati.
Tarjimalari
Sifat
yashil
Tillarda
rang
Ruscha ru
yashil
зелёный; // зелень; ◆ yashil rang movut сукно зелёногоцвета; ◆ yashil nur зелёный луч; ◆ yashil dala зелёное поле; ◆ yashil daraxtlarda qushlar sayray boshladi на зелёных деревьях запели птицы; ◆ yashil boʻlib koʻrinmoq зеленеть.
Shuningdek qarang
| Ranglar Belgilangan va · ranglar (layout · text) | ||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| qizil | jigarrang | sariq | yashil | churrok | koʻk | nil boʻyogʻi | ||||
| pushti | olov rang | krem rang | ohak | shisha kindigi | lojuvard | binafsha | ||||
| manaksha | magenta | qora | kulrang | oq | ||||||
Remove ads
Wikiwand - on
Seamless Wikipedia browsing. On steroids.
Remove ads